Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


O’ SIMLIKLARNI HIMOYA QILISHDA ISHLATILADIGAN KIMYOVIY VOSITALAR



Download 3,24 Mb.
bet90/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

O’ SIMLIKLARNI HIMOYA QILISHDA ISHLATILADIGAN KIMYOVIY VOSITALAR
O’simliklarni kasalliklar, zararkunandalar va begona o’tlardan asrash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalarning umumiy atamasi pesticid (lotincha pestis — zahar, sid — o’ldirmoq, yo’q qilmoq degan so’zlardan olingan) bo’lib, ular kimyoviy tarkibi, qaysi maqsadlar uchun qo’llanishiga qarab, shuningdek zararkunandalar or­ganizmiga o’tish usuli hamda qanday ta’sir qilishiga qarab guruhlarga bo’linadi (klassifikaciya qilinadi).
Kimyoviy tarkibiga ko’ra pesticidlarning uchta asosiy guruhi qayd qilinadi:

  1. Anorganik birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, oltingugurt birikmalari, shuningdek xloratlar va boratlar).

  2. O’simliklar, baktyeriyalar zamburug’lardan olinadigan pesticidlar

(pirstiroidlar, anabazin, nikotin, baktyerial preparatlar, antibiotiklar va boshqalar).

  1. Organik birikmalar. Mazkur guruhga taalluqli pesticidlar fiziologik ta’siri jihatdan juda aktiv bo’lgan moddalarni tashkil qiladi. Bu guruhga tegishli moddalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. xlororganik birikmalar (geksaxlorciklogeksan, polixlorpinen, polixlorkampfen, geptaxlor, keltan, efir sul’fonat, DDT, azotoks, ditoks, geklatoks va boshqalar);

  2. fosfororganik birikmalar (metafos, trixlormetafos-3, metilnitrofos, rogor, karbofos, DDVF, cidial, fazalon, ftalafos, kil’val’, antio, metilmyerkaptafos, sayros, metation, bazudin va boshqalar);

v) karbomat kislota, tio va ditiokarbominat kislota hosilalari (sevin, - karbation, eptam, IFK, xlor IFK, cineb, ciram, TMGD va boshqalar);
g) fenollarning nitro hosilalari (DNOK, dinitroortokrezol, nitrofen, pentoxlorfenol, pentoxlorbenzol, pentoxlornitrobenzol va boshqalar);

  1. ftalamidlar (kaptan, ftalan va boshqalar);

  2. minyeral moylar va yana boshqa turdagi kimyoviy ta’sirchan moddalar.

Pesticidlar qavday maqsadda qo’llanilishiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. O’simlik zararkunandalariga qarshi qo’llaniladigan ta’sirchan vositalar: insekticidlar (insectum — hasharot, sid —o’ldirmoq, yo’q qilmoq degan so’zlardan olingan) nomi bilan yuritiluvchi moddalar, o’z navbatida hasharot va kanalarning tuxumlarini quritish, yo’q qilish uchun ishlatiladigan akaricidlar (asarius — kana) va lichinkalarni yo’q qiladigan lavricidlar, dumaloq chuvalchanglarni qirish uchun ishlatiladigan moddalar — nematocidlar (nematos); shilliq qurtlar va buzoqboshilarni nobud qiladigan limacidlar (lima — shilliq qurt); kemiruvchi hayvonlarni o’ldirish uchun ishlatiladigan pesticidlar bo’lmish zoocidlar (zoon — hayvon) kabi ta’sirchan moddalar turi qayd qilinadi.

  2. O’simliklarning zamburug’lar va baktyeriyalardan paydo bo’ladigan kasallanishiga qarshi ishlatiladigan moddalar: f u n g i -cidlar va baktyericidlar. Mazkur turkum moddalardan urug’liklarni, ekinlarni va tuproqni dorilashda keng ko’lamda foydalaniladi.

Begona, yovvoyi o’tlarga qarshi ishlatiladigan ta’sirchan kimyoviy modda turlari — gyerbicidlar nomi bilan yuritiladi.

  1. Paxta hosilini mexanizaciya vositasdda yig’ib-tyerib olishga g’o’zalarni tayyorlash maqsadida o’simlik barglarini sun’iy yo’l bilan to’kish uchun ishlatiladigan moddalar — defoliantlardir.

  2. O’simliklarni qovjiratib, ildizini quritish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar— desikantlardan ham foydalaniladi.

  3. Xalaqit byeradigan ortiqcha dov-daraxtlarni quritish uchun ishlatiladigan ta’sirchan kimyoviy moddalar — arboricidlardir.

  4. Suv o’tlarini yo’qotish uchun ishlatiladigan ta’sirchan kimyoviy moddalar-al’gicidlar deyiladi.

Pesticidlar qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab shartli ravishda guruhlarga bo’lingan. CHunki talaygina pesticidlar ko’p tomonlama ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega. Ular zararkunanda hasharotlar, ularning tuxumi, g’umbak-lichinkalarini ham nobud qila oladi. Bir qator gyerbicidlar normadan ortiq ishlatilsa, u holda mazkur moddalar dov- daraxtlarni, shuningdek boshqa o’simliklarni ham quritishi mumkin.
Pesticidlar zararkunandalar organizmiga qanday yo’l bilan tushishi, qanday ta’sir ko’rsatishiga qarab og’iz orqali va muloqat yo’li bilan ta’sir ko’rsatadigan pesticidlarga va fumigantlarga bo’linadi.
Kimyoviy ishlov byerilganda pesticidlar hasharot va lichinkalar ichagiga og’iz orqali tushadi. Bu xodisa ular zaharli kimyoviy moddalar sepilgan o’simliklar bilan oziqlanayotganda sodir bo’ladi. Bevosita muloqat yo’li bilan ta’sir qiladigan pesticidlar zararkunandalar organizmiga tanasi orqali o’tadi.
Pesticidlarning fumigantlar deb ataladigan turi hasharotlar va zararkunanda jonivorlarga gaz yoki bug’ ko’rinishida nafas yo’llari orqali o’tib, o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Pesticiddarning bunday tavsifi shartli hisoblanadi, chunki bir qator zaharli kimyoviy moddalar bir vaqtning o’zida ham og’iz orqali ham muloqat yo’li bilan ta’sir etish xususiyatiga ega.
Hozirda juda ko’p pesticid namunalari beeosita o’simlik orqali ta’sir ko’rsatib yaxshi samara berishi bilan qishloq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda. Ular o’simliklar tanasiga tez ta’sir qilib, zararkunanda hasharotlar — tripslar, kanalar, o’simlik bitlari va boshqalarga ozuqa bo’ladigan o’simlik shiralarini ma’lum davrgacha zaharlab qo’yish xususiyatiga ega. Zaharlangan shiralar bilan oziqlangan zararkunanda hasharotlar tez qiriladi. Og’iz orqali ta’sir ko’rsatadigan anorganik insekticidlardan kemiruvchi hasharotlar (g’umbaklar, qo’ng’izlar, chigirtkasimon hasharotlar va boshqalar)ni nobud qilish uchun foydalaniladi, bevosita o’simliklarga ta’sir ko’rsatadigan organik asosga ega bo’lgan insekticidlar esa asosan so’ruvchi hasharotlar (o’simlik bitlari, tripslar, shuningdek o’simlik-kanalari)ga qarshi ishlatiladi.
Zararkunandalarga o’simlik orqali ta’sir ko’rsatadigan pesticidlarning afzalligi shundaki, ular ishlatilganda foydali, ya’ni zararkunandalarning kushandasi bo’lgan hasharotlar va parazitlar zaharlanishdan asrab qolinadi. Ammo mazkur pestididlarning aksariyati odam va hayvonlarning favqulodda zaharlanib qolishiga sabab bo’ladi. Zaharlanish holati pesticidlar tasodifan og’izga tushib qolgandagina yuz byermasdan, balki tyeriga tushib qolganida ham sodir bo’ladi, sababi bu pesticidlar shikastlanmagan tyeri orqali ham or-ganizmga osonlik bilan o’tishi mumkin.
SHunday qilib, pesticidlar faqat o’simlik zararkunandalariga zaharli ta’sir etibgina qolmasdan, balki boshqa tirik organizmlarga ham, ya’ni odam, hayvon va parrandalar organizmiga ham zaharli ta’sir qiladi.
Pesticidlar barcha organizmlar uchun zaharli ekani tufayli, qishloq xo’jaligida o’simliklarni har qanday zararkunandalardan muhofaza etishda, kasalliklariga barham berishda va boshqa maqsadlar uchun qo’llanuvchi barcha kimyoviy ta’sirchan moddalar qo’llanishga tatbiq etilishidan oldin har tomonlama chuqur tekshiruvlardan o’tkazilib, turli jihatdan sinab ko’rilishi shart. Zaharli kimyo vrsh moddalarga baho berish deganda ana shu atroflicha tekshiruv va sinovlarda qo’lga kiritilgan ma’lumotlarga asoslanib chiqariladigan yakun — xulosa ko’zda tutiladi.
Pesticid namunasiniig ustidan o’tkaziladigan tadqiqot, tekshi-ruv va sinovlar asosan ikki maqsadni ko’zlab olib boriladi: birin-chidan, kimyoviy modda qishloq xo’jaligida igalatilganda uning qan-chalik samara berishi mumkinligini aniqlash maqsadida, ikkinchidan odam va hayvonlar organizmiga tushib qolgudek bo’lsa, qanchalik zaharli ta’sir ko’rsata olishiii aniqlash maqsadida olib boriladi.
Kimyoviy yo’l bilan sintez qilingan har bir zaharli kimyoviy moddaning qanday samara berishi dastlab qishloq xo’jalik muassasalarining laboratoriyalarida, tajriba uchastkalarida, maxsus maydonlarda sinab ko’riladi. Sinov natijalari ijobiy bo’lib chiqsa, mazkur kimyoviy modda kolxoz va sovxoz ekin maydonlarida ham sinab ko’rishga topshiriladi.
Ta’sirchan kimyoviy moddani ekin maydonlarida sinab ko’rish uchun davlat sanitariya inspekciyasidan tegashli ruxsat olingan bo’lishi va sinov yashlari o’sha kimyoviy modda uchun belgilangan vaqtinchalik — muvaqqat instrukciyalarga muvofiq olib borilishi darkor. Modomiki shunday ekan, ta’sirchan kimyoviy moddani gigiena va toksikologaya jihatidan tekshirish ekin maydonlarida sinab ko’rishdan avval boshlanadi. Pesticidlar tekshirilganda, uning turli hayvonlar uchun qanchalik zaharli ekanligi tajriba yo’li bilan amalda aniqlanadi.
Olib borilgan mazkur tajribalarda moddaning hayvonlarga ko’rsatadigan mahalliy (ayrim organlarga) va umumiy (butun organizmga) ta’siri, jumladan nafas yo’llari, me’da-ichak yo’li, shikast etmagan tyeri va shilliq pardalar orqali yaxshi so’rilish-
so’rilmasligi aniqlanadi va shu yo’sinda uning qay darajada zaharliligi belgilanadi.
Har bir pesticid namunasining organizm uchun zaharlilik darajasini belgilash uchun toksikologiyada eng kam zaharli doza, o’ldiradigan eng kam doza, o’ldiradigan o’rtacha doza, o’ldiradigan eng kam doza, o’ldiradigan o’rtacha doza, o’ldiradigan eng katta — absolyut doza deb nomlanuvchi iboralardan foydalaniladi.
3 a h a r deb organizmga juda oz miqdorda tushganida ham uning to’qimalariga ta’sir qiladigan va uning normal hayot faoliyatini izdan chiqaradigan moddaga aytiladi.
Zaharlanish — organizmga zaharli modda ta’sir etganida organizmning normal hayot faoliyati buzilib, kasal bo’lib qolishidir.
Zaharlilik, ya’ni toksiklik deb kimyoviy moddalar (pesticidlar) ning organizm hayot faoliyatini qanchalik izdan chiqarib, zaharlay olishiga aytiladi. Toksiklik — moddaning hayot bilan chiqisha olmaslik mezoni turli kattaliklar bilan belgilanadi1. Biror pesticidning toksikligi uning kimyoviy hamda fizik-kimyoviy xossalariga bog’liq bo’ladi va muntazam o’zgarib turadi. Zaharlanish, ya’ni organizmda ro’y byeradigan o’zgarishlar zaharlarning organizmga ta’sir qilishini belgilab byeradigan bir qancha shart-sharoitlarga bog’liq. Zaharning dozasi, organizmga qanday o’tishi, qancha muddat ta’sir qilayotgailigi, organizmning ahvoli va boshqalar ana shunday shart-sharoitlarning eng muhimlari hisoblanadi.
Zaharli moddalarning ta’sirini belgilab byeradigan asosiy omillardan biri ularning qanday doza yoki koncentraciyada organizmga ta’sir qilishidir. «Zahar» tushunchasining o’zi hamisha moddaning dozasi, miqdori, ta’sir etish vaqtining qisqa va uzunligiga aloqador bo’ladi.
D o z a deb zaharning ma’lum og’irlik yoki hajm birliklarida ifoda qilinadigan miqdoriga aytiladi. Odatda u mg/kg bilan belgilanadi.
Koncentraciya deb pesticidniyag turli (havo, suv, qon va boshqalarda) sharoitda suyulish darajasiga aytiladi va mg/l va mg/m lar bilan ifodalanadi.
Zaharli kimyoviy moddalar organizmga xoh bir yo’la kirgan bo’lsin, xoh ko’p marta qayta-qayta kirgan bo’lsin, ularning ta’sirchan miqdori bo’sag’a dozasi, toksik doza va o’ldiradigan dozaga bo’linadi.
Bo’sag’a doza yoki koncentraciya deb kimyoviy moddaning organizmni fiziologik funkciyalarida o’ta sezgir tekshirish metodlaridan foydalanilganda qayd qilinadigan ma’lum o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi eng kam miqdorga aytiladi. Bo’sag’a miqdori tufayli izdan chiqqan fiziologik funkciyalar tez orada tiklanib asl holiga qaytadi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish