BOB
ZAHARLI KIMYOVIY MODDALAR GIGIENASI
Hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida hayotning turli jabhalarida kimyo sanoati mahsulotlari keng ko’lamda qo’llanilmoqda. SHuningdek qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirishda ham kimyoviy moddalardan foydalaniladi.
Syerquyosh O’zbekistonning o’ziga xos iqlim sharoiti ziroatchilikning barcha jabhalarini rivoj lantirish uchun qulay sharoit yaratish bilan birga, qishloq xo’jaligi ekinlariga zarar etkazuvchi har xil hasharotlar va zamburug’ kasalliklarining ko’payishiga sabab bo’ladi. Og’ir mehnatlar evaziga etishtiriladigan qishloq xo’jalik ekinlariga har xil kanalar, baktyeriyalar, zamburug’lar, viruslar va boshqa bir qator zararkunandalar juda katta zarar etkazishi aniq.
Jahonning ko’pgina mamlakatlarida xalq boshiga ocharchilikdek kulfatni soladigan, og’ir ofatlarning sababchilaridan biri o’simlik zararkunandalari va kasalliklaridir. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) ning bergan ma’lumotlariga qaraganda, dunyo bo’yicha yiliga qishloq xo’jaligiga har xil turdagi zararkunavdalar etkaza- yotgan zarar 75 milliard dollardan oshadi. CHigirtkalar bulutdek yopirilib million-million gektar maydondagi ekinzorlarni yo’q qilib yuborayotganligi haqida ma’lumotlar olingan. Butun-butun o’rmonlar, mevazor bog’lar, tokzorlar hasharotlar tufayli kasallikka uchrab qurib ketmoqda. Qishloq xo’jalik zararkunandalari va kasalliklariga karshi kurashning qanchalik muhim ekani shundan ko’rinib turibdi. O’simliklarni ofatlardan saqlashda yaxshi yordam byeruvchi pesticidlar hamda minyeral o’g’itlar qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi.
Butunittifoq o’simliklarni himoya qilish ilmiy tekshirish institutining bergan ma’lumotlariga ko’ra, o’simlik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash chora-tadbirlari yaxshi yo’lga qo’yilganida har yili qo’shimcha ravishda 600 ming tonna paxta, 25 million tonna don, 260 ming tonna qand lavlagi va boshqa qimmatli noz-ne’matlarni etishtirish mumkin bo’ladi.
Hozirda o’simliklarni himoya qilishda kimyoviy va boshqa turli omillardan samarali foydalanishning ahamiyati katta bo’lmoqda.
O’simliklarni zararkunanda va kasalliklar dan himoya qilish uchun ishlatilayotgan kimyoviy vositalarning aksariyati univyersal ta’sir kuchiga egaligi bilan ajralib turadi. Mazkur ta’sirchan kimyoviy moddalarni barcha ekin turlarida, har xil tuproq va suvlarda uchraydigan zararkunandalarga, kasallik tarqatuvchilarga, parazitlar va begona o’tlarga qarshi qo’llash mumkin. SHuningdek, omborlarni, xonalarni, tegirmon-elevatorlarni va boshqa inshootlarni dorilashda ham foydalanish mumkin.
Ayrim ta’sirchan kimyoviy moddalardan o’simliklarning barg-larini to’kishda, yana bir turidan o’simlikning o’sishini jadallashti-rishda, mo’l hosil olishda foydalaniladi. Jahonning turli mamlakatlarida hozirda 1000 ga yaqin turli xil kimyoviy moddalar keng miqyosda ishlatilmoqda. Yiliga minglarcha yangi xil kimyoviy moddalar kashf etilib, ularning ma’lum bir qismi qishloq xo’ja-ligida qo’llash uchun tavsiya etiladi. Har yili 100 mln gektardan ziyod ekinzor va mevazorlarga har xil kimyoviy vositalar bilan ishlov byerilmoqda.
Zaharli kimyoviy moddalarni keng ko’lamda ishlatilishi gigiena fani zimmasiga ko’p mua.mmo1a.rni yechish masalasini ko’ndalang qilib qo’yadi. Zaharli kimyoviy moddalar o’z nomi bilan zahardir. Mazkur moddalarning ta’siri faqatgina hasharotlar, o’simlik kasallik-larini chaqiruvchi mikroblar, viruslar uchungina bo’lmay, balki hayvonlar va inson uchun ham zararlidir. Keyingi vaqtlarda qishloq xo’jaligida kuchli kimyo moddalarning ishlatilishi tabiatda ekologik tashvishlarni keltirib chiqarmoqda. Qo’llanilayotgan zaharli kimyoviy moddalar biologik jihatdan aktiv ekanligini inobatga olgan holda, shuningdek ular xalq xo’jaligida ko’p ishlatilishi munosabati bilan mazkur moddalarning tashqi muhitga bo’ladigan ta’sirini hisobga olish lozim bo’ladi.
Ma’lumki, inson organizmi tashqi muhit bilan uzviy va chambarchas bog’langan. Demak, tashqi muhitning zaharli kimyoviy moddalar bilan zararlanishi (ifloslanishi), o’z navbatida aholi
sog’lig’iga va barcha jonivorlarga salbiy ta’sirini ko’rsatmay qo’ymaydi. SHuning uchun ham zaharli kimyoviy moddalarni xalq xo’jaligida ko’plab ishlatishning zararli oqibatlarini oldini olish kerak, shuningdek atmosfera havosini, suv havzalari va tuproqni korxonalarning chiqindi hamda oqavalaridan asrash yo’llarini o’ylab ko’rish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida qo’llanuvchi zaharli kimyoviy moddalarning turlari juda ko’p bo’lib, ular o’zining ta’sir ko’lami, kimyoviy tarkibi va xossalari bilan bir-biridan farq qiladi. Mazkur ta’sirchan kimyoviy moddalarni sinchiklab o’rganish, sinab ko’rish va lozim ko’rilganda qo’llanishiga oid tavsiyalarni ishlab chiqishga doir barcha masalalarni hal qilishda qishloq xo’jaligi bilan bevosita shug’ullanuvchi Davlat qomissiyasi bo’lib, u o’simlik zararkunandalari, kasalliklari hamda begona o’tlarga qarshi kimyoviy vositalar bilan kurash borasida faollik ko’rsatadi.
Zaharli kimyoviy moddalarga sanitariya-gigiena jihatidan baho berishga aloqador masalalar «Pesticidlar, polimyer va plastik massalar gigienasi va toksikologiyasini tadqiq etuvchi sobiq Butunittifoq ilmiy tekshirish instituti» tomonidan boshqarib turilgan. Hozirda respublika hududida ishlatilishga ruxsat byerilgan zaharli kimyoviy moddalarning barchasi toksikologik jihatdan mukammal va chuqur o’rganib chiqilgan. Sog’liqni saqlash vazirligining talabiga ko’ra, turli ilmiy muassasalarda kashf etilgan, ishlab chiqariladigan, shuningdek xorijiy mamlakatlardan xarid etib olinadigan zaharli kimyoviy modda namunalari har taraflama chuqur tekshirilmasdan turib qishloq xo’jaligida ishlatishga ruxsat etilmaydi.
Hayotga, qishloq xo’jaligiga tadbiq etiluvchi har bir kimyoviy ta’sirchan moddalarga oid maxsus hujjat, metodik tavsiyanomalar, ulardan foydalanish yo’llari, qo’llashdagi me’yori, favqulodda zaharlanganda ko’rsatiladigan dastlabki tibbiy yordam haqidagi ma’lumotlar bo’ladi. Bulardan tashqari, qishloq xo’jaligida qo’llanuvchi zaharli kimyoviy moddalarning omborlarda asrash yo’llari, saqlanish muddatini ko’rsatuvchi ma’lumotlar ham bo’ladi.
Zaharli kimyoviy moddalarni qishloq xo’jaligida qo’llash jarayonida aholi salomatligini o’ylab va muhofaza etishni nazarda tutib mazkur moddalarga nisbatan qo’yiladigan gigienik talablar ham ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |