Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


ZAHARLI XIMIKATLARNING TASHQI MUHIT OB’YEKTLARI UCHUN NORMASI (ME’YORI) NI ISHLAB CHIQISH



Download 3,24 Mb.
bet99/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

ZAHARLI XIMIKATLARNING TASHQI MUHIT OB’YEKTLARI UCHUN NORMASI (ME’YORI) NI ISHLAB CHIQISH
Zaharli kimyoviy moddalarni qo’llash jarayonida ularning tashqi muhit ob’yektlaridagi qoldiq miqdorlarining inson organizmiga bo’ladigan ta’sirining oldini olish dolzarb masala hisoblanadi. Bu borada sanitariya muassasalarining olib boradigan sanitariya nazorat ishlari odamlarni zaharli kimyoviy moddalarning qoldiqlari ta’siridan asrashga qaratilgan.
Zaharli kimyoviy moddalar qo’llanganida, ularning qoldiqlari atrof muhit ob’yektlari bo’lmish mehnat qilish zonasidagi havoda, turar joylarning atmosfera havosida, suv va suv havzalarida, tuproqda va boshqa ob’yektlarda pesticidlarning qoldiq miqdorini aniqlash, shu miqdorning kam yoki ko’pligani gigienik asosdan ishlab chiqilgan normalari bilan taqqoslash maqsadida gigiena ilmi hayotda qo’llaniladigan barcha zaharli kimyoviy moddalar uchun ruxsat etiladigan miqdorni belgilaydi.
Mazkur qo’llanmaning boshqa boblarida zaharli kimyoviy modda­larning atmosfera havosi, suv va suv manbalari uchun ishlab chiqil-gan gigienik normalarining asosi to’g’risida ma’lumotlar byerilgan edi. Bu bobda esa zaharli kimyoviy moddalarning tuproq uchun ishlab chiqilgan gigienik normalarining principlari ustida to’xtalib o’tamiz.
Tuproq uchun zaharli kimyoviy moddalarning ruxsat etiladigan miqdorini ilmiy-tajriba asosida ishlab chiqish tuproqlarning mazkur ta’sirchan moddalar bilan ifloslanish darajasini aniqlashga, qolavyersa, ularni gigienik nuqtai nazardan muhofaza qilishga imkon byeradi. Bu esa, o’z navbatida odamlarni ta’sirchan kimyoviy moddalardan tuproq orqali zararlanishining oldini oladi.
Rasmiy tasdiqlangan qo’llanmaga asosan tuproqqa tushadigan har bir zaharli kimyoviy moddaning gigienik normasi ishlab chiqilishi zarur. Qo’llanuvchi kimyoviy preparatning ruxsat etiladigan miqdorini ishlab chiqish usul va principlari metodik jihatdan to’g’ri va aniq bo’lmog’i shart.
Sababi, kimyoviy moddalar, zaharli preparatlar va minyeral o’g’itlarning tuproq uchun gigienik normalari
ishlab chiqilganidagina atrof muhitni himoya qilish va inson salomatligini saqlash imkonini byeradi.
Zaharli kimyoviy moddalarning tuproqdagi normasini ishlab chiqishda quyidagi talablarga alohida ahamiyat byeriladi. Birinchi navbatda chidamli pesticidlar va ularning metabolitlari, metal tuzlari, mikroelementlar, neft mahsulotlari, sul’fit birikmalari, minyeral o’g’itlar va muntazam ravishda tuproqqa tushib turadigan boshqa moddalar normallashtiriladi. Biroq kimyoviy moddalarning tuproq tarkibida ruxsat etiladigan miqdorini o’sha moddalarning avvalo atmosfera havosi, suv va suv havzalari, oziq-ovqat mahsulotlari uchun ruxsat etiladigan miqdori ishlab chiqilgan bo’lishi shart, shuningdek mazkur preparatlarning toksikologik va boshqa tomonlari atroflicha o’rganilgan bo’lishi darkor.
Tuproq uchun ruxsat etilgan kimyoviy moddaning miqdori tuproqning

  1. kg sidagi ta’sirchan moddaning mg miqdori) bevosita yoki bilvosita odam sog’lig’iga zarar etkazmaydi. Tuproqning tabiiy o’z-o’zini zararsizlantirish (tozalash) jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.

Zaharli kimyoviy moddalarning tuproq uchun gigienik normasini ishlab chiqishda uning 4 ta zararli ko’rsatkichi nazarda chunonchi:

  1. zaharli moddalar qishloq xo’jaligi ekinlarining ildiz sistemasi orqali o’tishi, uning ko’k massasi va mevalarida to’planishini ta’riflash:

  2. zaharli moddalarning tuproq orqali yer osti, yer havzalariga tarqalishini ta’riflash;

v) zaharli moddalarning tuproqdan atmosfera havosiga o’ta olish xususiyatini ta’riflash;
g) tuproqqa tushgan zaharli moddalarning tuproqqa xos umumsanitariya, ya’ni o’z-o’zini tozalash jarayoniga va uning biologik aktivligiga ta’sirini ta’riflashdir.
Zaharli kimyoviy omillar uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan 4 ta zararli ko’rsatkichlarni aniqlash, ularning bo’sag’a osti koncentraciyasini aniqlash yo’li bilan olib boriladi. Bo’sag’a osti koncentraciyasi esa tuproqdagi kimyoviy ta’sirchan moddalarning mutlok quruq tuproqning kg siga nisbatan mg lar hisobida olinadi. Bunda:
- tuproqning o’z-o’zini tozalash jarayonlariga va tuprokdagi mikrobiocenozga (umumsanitariya ko’rsatgachi) ta’sir kursatmaydigan xamda mazkur moddaning o’simlik tanasiga, uning mevasiga (yig’ib-tyerib olinayotgan vaqtda) to’plangan kimyoviy modda o’simlik uchun ruxsat etilgan miqdordan ko’payib ketmasligi inobatga olinadi.
yer osti, yuza suv manbalariga tuproq orqali tarqaladigan zaharli kimyoviy moddalar suv uchun belgilangan miqdordan oshib ketmasligi kerak.
atmosfera havosiga tuproq orqali tarqaladigan zaharli kimyoviy moddalar atmosfera havosi uchun ruxsat etilgan miqdordan oshib ketmasligi nazarda tutilmog’i darkor.
Mazkur kimyoviy moddalarning zaharlilik darajasini belgilaydigan 4 ta miqdoriy ko’rsatkichlarning eng kichigi cheklovchi ko’rsatkichi bo’lib, uning tuproqdagi ruxsat etiladigan miqdori, ya’ni normasi hisoblanadi.
Zaharli kimyoviy moddalarning tuproq uchun yo’l qo’ysa bo’ladigan miqdori maxsus laboratoriyalarda tegashli tajribalar asosida aniqlanadi.
Zaruriyat tug’ilganda bunday tajribalar tabiiy sharoitlarda, ya’ni dala sharoitida o’tkaziladi. Bunda tuproqning tiplari, tarkibi, xususiyatlari, muhiti (rN), gumus miqdori, namlanish hajmi, xullas tuproqning agrokimyoviy pasportidan ma’lum darajada foydalaniladi.
Misol: Tuproq tarkibidagi zaharli kimyoviy moddaning miqdori 3 mg/kg bo’lsa, unda o’simlik ildizlari orqali o’tgan preparat mazkur o’simlikning hosildor o’simliklar uchun ruxsat etiladigan miqdoridan
oshib ketmaydi;
Tuproqdagi zaharli kimyoviy moddaning miqdori 10 mg/kg bo’lsa, tuproqdan atmosfera havosiga o’tadigan zaharli moddaning miqdori atmosfera havosi uchun belgilangan normadan oshmaydi.
Agar tuproq tarkibidagi zaharli kimyoviy modda 25 mg/kg atrofida bo’lsa, uning tuproqdan suv manbalariga o’tadigan miqdori suv uchun belgilangan normadan oshmaydi.
Tuproq tarkibidagi 50 mg/kg miqdoridagi kimyoviy modda tuproq sharoitida kechadigan mikrobiocenozga va o’z-o’zini tozalash jarayoniga ta’sir ko’rsatmaydi.
YUqorida zikr etilgan kimyoviy moddaning tuproqdagi 4 ta kon­centraciyasi (3; 10; 25; 50 mg/kg) ichida eng kichik bo’sag’a osti miqdori 3 mg/kg bo’lib, bu tuproqdagi norma hisobida ishlatiladi. YA’ni bo’sag’a osti eng kichik cheklovchi ko’rsatgich hisoblanadi.
Zaharli kimyoviy moddalarning tuproqdagi normasini belgilash ularning atmosfera havosida, suvda va oziq-ovqat mahsulotlarida ishlab chiqilgan normalari kabi muhim gigienik ahamiyatga ega. Ta’sirchan moddalarning gigienik nuqtai nazardan ruxsat etiladigan miqdorlarini belgilash, tashqi muhit ob’yektlarini muhofaza qilishda katta yordam byeradi.
Atrof muhitni muhofaza qilish hamda inson salomatligani saqlash uchun zaharli kimyoviy moddalarni qo’llashga taalluqli maxsus sanitariya va agrotexnika qoidalariga so’zsiz amal qilish lozim.
Tuproqning turli zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishini muhofaza qilish Davlat standarti (17.4.1.02-83) asosida olib boriladi. Mazkur standartga muvofiq tuproqni zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi ustidan nazorat qilish moddalarning zararli darajasiga qarab tasnif (klassifikaciya) qilinadi. Davlat standartiga asosan kimyoviy moddalarning xavfli (zararli) darajasiga qarab 3 sinfga bo’linadi,
chunonchi:

  1. O’ta xavfli moddalar.

  2. O’rta miyona xavfli moddalar.

  3. Kam xavfli moddalar.

Zaharli kimyoviy moddalarning xavfliligi qaysi sinfga taaluqli bo’lmasin, ular kamida 3 ko’rsatkich bilan aniqlanadi.



Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish