10
Asbob-uskunalar xonasi
|
12
|
Xo’jalik ishlari xonlsi
|
10
|
Xodimlar xonasi
|
10
|
Aravachalar qo’yadigan xona
|
4
|
Bo’lim uchun oshxona, ayvon va dam olish xonalari umumiy bo’lishi mumkin. Bo’limlarda ayvonlarning bo’lishi bemorlarni toza havo va quyosh nuridan foydalanishiga imkon tug’diradi.
Palatalar va boshqa bo’limlarning oynalarini quyosh nuriga nisbatan joylashtirishning sanitariya normalari va qoidalari ishlab chiqilgan.
Opyeraciya, reanimaciya xonalari, o’liklarni yorish xonasi, laboratoriya va yuqumli kasallik bilan kasallanganlar uchun mo’ljallangan xonalar 45-55° shimoliy kenglikda SH, SHI va SHG’ da joylashtirilishi kerak.
Jadal davolash palatasi, 3 yoshgacha bo’lgan bolalar bo’limida 10% joyga karavot qo’yilishiga ruxsat etiladi. YUqumli kasallik bilan og’rigan bolalar palatasi shimoliy-g’arb tomonga qiyalatib, 10% karavot qo’yishga ruxsat etiladi. YOrug’lik 1:5-1:6 nisbatda, jarohatlarni bog’lash xonasi 1:41:5 nisbatda qilib quriladi.
SHifoxona koridorlarini yoritish uchun koridorning ikki bopshga dyeraza o’rnatiladi (agar palata xonalari koridorning ikki tomoniga qurilgan bo’lsa). Agar palatalar koridorning bir tomoniga qurilgan bo’lsa, unda qo’shimcha xonalar ham koridorning o’sha tomoniga joylashtiriladi, koridorning ikkinchi tomoniga dyerazalar o’rnatiladi. Har bir bo’limda laboratoriya xonasi uchun 12 m joy ajratilishi kerak. YAngi loyihalar asosida qurilayotgan shifoxonalar uchun alohida markazlashtirilgan bioximiya, klinik va boshqa laboratoriya xonalari qurilmoqda.
Ba’zi bir mutaxassislik bo’limlari qo’shimcha xonalar bo’lishini taqozo qiladi, jumladan ginekolog, urolog, onkolog va boshqalar uchun asbob-uskunalar o’rnashtirilgan xonalar ajratilib kami bilan 18 m2 maydon, neyroxirurg, quloq-burun tomoq vrachi va boshqalarga 22
22 m , kichik opyeraciya yoki opyeraciya oldi xonalari (24+8 m ), maxsus
laboratoriyalar uchun (12 m ) maydon ajratiladi.
Keyingi yillarda blokli qilib qurilayoggan shifoxonalar borgan sari kupaymoqda Bunday shifoxonalarning ijobiy tomonlari shundaki (bloklar) bir-biriga yo’laklar yordamida ulanib bo’limdagi bemorlar yuqori malakali vrachlarning konsul’tativ yordamini yaqindan olishlari mumkin. Masalan, tyerapiya bo’limidagi bemorga urolog vrachining yordami kerak bo’lsa, urologiya bo’limidan vrach taklif qilinishi mumkin.
YUqumli kasalliklar bo’limi. Bu bo’limlarning o’ziga xos tomonlari ularni qurish uchun maxsus loyihalar chizishni taqazo qiladi. Asosiy maqsad, bo’lim ichida boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olishga qaratilgan bo’ladi, hamda bo’limdagi bemorlar o’z kasalliklarini boshqalarga yuqtirmaslik chora-tadbilari kuriladi. SHuning uchun ham yuqumli kasalliklar bo’limi, shifoxonalar hududida alohida binoga joylashtiriladi.
YUqumli kasalliklar bo’limida har bir infekciya uchun boks yarim boksli xona bo’lib, tashqi tomondan bemorlarni kirishi uchun mo’ljallangan eshik qurish ko’zda tutiladi. Bu boksining ichki tomonida bemor uchun zarur sharoitlar tug’diriladi. U tuzalgandan so’ng o’sha tashqi eshikdan chiqarib yuboriladi.
Boks tarkibiga palata (1 yoki 2 o’rinli), hojatxona, vanna va xodimlar
kirib-chiqishi uchun mo’ljallangan shlyuz va yo’lakcha kiradi. Bir o’rinli boks uchun 22 m2 va ikki o’rinli boks uchun 27 m2 joy ajratiladi.
YArim boksli xonalarning o’ziga xos tomoni shundaki, ularning eshiklari tashqi tomonga ochilmaydi, kasallarni qabul qilish yoki jo’natish bo’lim yo’laklari orqali amalga oshiriladi
Ikki qavatli yuqumli kasalliklar shifoxonasida boks va yarim bokslar har bir qavatda tashkil qilinadi. Boksli yoki yarim boksli qismlardan tashqari, yuqumli kasalliklar shifoxonasida umumiy palatali bo’limlar ham bo’ladi. Bu palatalarda albatta bir xil kasallikka uchragan bemorlar davolanadi. Jumladan, qorin tifi bilan og’rigan bemorlar bir bo’limda, sarig’ kasali bilan og’rigan bemorlar ikkinchi bo’limda davolanadilar. Har bir yuqumli kasallik bo’limi alohida-alohida bo’lishi kerak.
Sog’liqni saqlash tajribasidan ma’lum bo’lishicha yuqumli kasalliklarni qabul qilish uchun eng kamida 4 bo’lim bo’lishi talab qilinadi. Jumladan, boks, yarim boksli bo’limlar va kichik palatali bo’limlar. Bu bo’limlarning ichki va tashqi eshiklari bo’lib, kasallar tashqi eshik orqali qabul qilinadi. Ichki eshik esa shifoxona xodimlarining kirib-chiqishi uchun mo’ljallangan bo’ladi. Idish-tovoqlar bo’limning o’zida tozalab yuviladi, qaynatiladi, bir bo’limning idish-tovog’i ikkinchi bo’limga byerilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |