51 - j a d v al
Turli iqlimli nohiyalar va issiqlikni sezish
Turli iqlimli nohiyalar
|
Tekshirilgan damlar soni
|
Normal issiqlik holatini sezganlar miqdori, da (uy-joy harorati)
|
20°S gacha
|
22°S gacha va undan ortiq
|
Birinchi (o’ta sovuq)
|
656
|
31,0
|
69,0
|
Ikkinchi (sovuq)
|
1096
|
53,5
|
46,5
|
Uchinchi (mo’tadil)
|
701
|
76,8
|
23,2
|
To’rtinchi (iliq)
|
1037
|
73,0
|
27,0
|
Beshinchi (issiq)
|
232
|
92,8
|
7,2
|
Turli iqlimli nohiyalardagi 2122 uy-joyning issiqlik rejimi o’rganilib quyidagi natija olindi:
juda sovuq va o’rtacha sovuq bo’lgan nohiyalardagi uy-joylarning
46-70% ning tempyeraturasi 20-22°S atrofida bo’lgan;
b) issiq va jazirama issiq iqlimli nohiyalarda joylashgan 63,1-95,2% uy-joylarning issiqligi 17-19°S atrofida bo’lgan; O’zbekiston hududining geografik IV iqlim mintaqasida joylashgan uy-joylarni loyihalashda mikroiqlimning gigienik talabiga mos ish olib borilishi kerak.
Ayniqsa, uy-joy iqlimiga O’zbekistonning o’ziga xos iqlimi katta ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ham uy-joylarni isitish, shovqin-surondan asrash, quyosh nuridan saqlash, havoning kondicion ionlar bilan boyitish, uning nisbiy namligani normallashtirish va boshqalar dolzarb masala bo’lib qoladi.
Ayniqsa, ko’p qavatli temir-beton uylarda mikroiqlimni normallashtirish og’ir masala bo’lib qoldi. Toshkent va boshqa shaharlarda olib borilgan kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha temir-beton uylarda (yoz oylarida) xonaning havo harorati 32-35,7° S gacha ko’tariladi. Tashqi havo harorati esa shu vaqtda 36°S ni ko’rsatadi. Bu uylarning 1 qavatidagi harorat tashqi havo haroratidan 4°S farqi qilsa, yuqori qavatdagi farq 1°S tashkil qiladi.
Issiq iqlim sharoitida uy haroratining bunday bo’lishi aholi sog’lig’iga yomon ta’sir qiladi. Uy harorati 24°S bo’lgan kishilardan so’ralganda 90% kishi qoniqarli deb javob berdi, uy harorati 32°S bo’lganlardan. so’ralganda 100% norozilik javobini berdilar. Ayniqsa, bunday uylardagi haroratning kechga tomon tashqi havo haroratidan farqi qolmaydi, bunda nisbiy namlik 10-20% tushib ketadi.
Uy haroratini kondicionyerlar yordamida gigienik norma talab-lariga moslashtirilsa odamlar o’zlarini yaxshi sezishlari mumkin. Ammo, tashqi harorat bilan ichki uy harorati o’rtasidagi 12-15°S farq inson organizmidagi moslanish qobiliyatini buzadi, bu esa o’z navbatida fiziologik o’zgarishlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
O’zbekiston hududida, jamoa binolarining harorati yoz faslida 21- 24°S, qish faslida 20-22°S, nisbiy namlik yoz faslida 45- 55%, qishda 30
-
50% bo’lishi tavsiya qilinadi. Davolash muassasalari uchun havo tempyeraturasi yoz faslida 24-25°S, qishda esa - 21-23°S; nisbiy namlik - 40-55%, qishda 35-49%, soatiga bir kishi uchun toza havo 90-100 m qabul qilish belgilangan.
M.S. Gromosov tomonidan olib borilgan ishlar natijasida turli iqlimli nohiyalar uchun qish vaqtlarida uy-joy havo tempyeraturasi quyidagi holatda alohida-alohida tavsiya qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |