52-jadval.
Qurilish uskunalariniig tovush o’tkazuvchanligi
Uskunalar
|
Tovush o’tkazuvchanlik (dBda)
|
Qalinligi 40-70 sm bo’lgan tashqi devorlar
|
50-70
|
25-35
45-55
20-25
35-40
Qalinligi 6-12 sm li xonalar oralig’idagi devorlar
Bir qavatli taxtadan tayyorlangan eshiklar
Ikki qavatli eshiklar
Bir qavatli oynali romlar Ikki qavatli oynali romlar
SHuni aytish lozimki, paxsa devorlar, g’ishtdan qurilgan devorlar yuqori tovush o’tkazmaydigan xususiyatga ega. SHuningdek, ikki qavatli romlar, eshiklar ham tovushdan ancha muhofaza qilish xususiyatiga ega.
Demak, qurilish matyeriallarining tovush o’tkazuvchanlik xususiyatini nazarda tutib, uylarni va jamoa binolarini qurishda tovush chiqarish manba’larini hisobga olib undan odamlarni muhofaza qilish yo’l- yo’riqlarini izlab topish kerak bo’ladi. Jumladan, baland ovozda gapirish 70 dB, bir xonadan o’tib ikkinchi xona tinchligini buzmasligi uchun 30 dB xona orasidagi devor qalinligini, tovush o’tkazuvchi xususiyatini 40 dB ga teng bo’lishi bilan ta’minlanadi, tovush o’tkazuvchanlik undan kam bo’lsa 30 dB tovush ikkinchi xonaga bemalol o’tishi mumkin, uy-joylarning qavatlari orqali shovqin o’tmasligi uchun, qurilish matyerialining tovush o’tkazuvchanligi 48 dB ga teng bo’lishi tavsiya etiladi.
Qurilish matyeriallarining yoki uskunalarning shovqin o’tkazmaslik xususiyati 1m ga to’g’ri keladigan og’irligining kattaligiga bog’liqdir. Demak, og’irroq, qalinroq, salmoqli devorlar, eshiklar tovushni yaxshi o’tkazmaydi. Lekin, devor va eshiklarni hamda boshqa qurilish matyeriallarini og’ir, qalin qilib tayyorlash iqtisod tomondan qimmatga tushadi.
SHuning uchun ham, hozirgi zamon uy-joy qurilish tajribasida kuzatilishicha shovqin-surondan asrashni, shovqin-suron manba’larini yo’qotishni uy-joylarvi loyihalashda hisobga olish kerak. Hozir qurilishda tovushni singdiradigan matyeriallardan ya’ni rezina, oyia paxta, shlakli jun va maydalangan po’kaklardan foydalanilmoqda. Bu matyeriallar bila
n
devorlarning ustki qavati, uylarning shiplari qoplanmoqda.
Ko’cha shovqinlarining uyga eshitilmasligining oldini olish uchun qo’shqavatli dyerazalar, eshiklar quriladi. Uy xonalaridagi kovaklar, yoriqlar va dyerazalarning tepshklari zichlab byerkitilishi kerak.
Ko’p qavatli uylarniig devorlari orasidagi bo’shliqni oyna paxta bilan to’ldirish kerak bo’ladi. SHundagina xonalarga shovqin kir-masligi mumkin. Ko’p qavatli uylarda tinchlikni saqlash maqsadida radio, televizor va musiqa asboblaridan baland ovozda foydalanish soat 23 dan ertalab 8 gacha man etiladi. Uy-joy binolariga yaqin yerga suv isitish qozonlari, nasosli transformatorlar, nasos stanciyalari va boshqa shovqinli ob’yektlar qurilmaydi.
Uy-joylardagi noqulay iqlim sharoiti organizmga surunkali ravishda ta’sir ko’rsatsa organizmning issiqlik sezish va issiqlikni boshqarish xususiyati buziladi. Organizmning isib ketishi yoki sovib ketishi kuzatiladi. Bunda organizmning infekciyaga qarshi kurashish qobiliyati- immuniteti pasayadi. Bu esa, yuqori nafas yo’llarining shamollashi, angina, revmatizm va nevralgiya kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ammo, uy-joydagi mikroiqlim sutka davomida o’zgarib turadi. Bunday o’zgaruvchan mikroiqlim odam organizmini chiniqtiradi, ya’ni uni turli tashqi ta’sirotlarga moslashtiradi.
Uy-joyning iqlim sharoitiga uning keng yoki kichik-oynavonli bo’lishi ancha ta’sir ko’rsatadi. Ulardan tashqari uy-joy kichik iqlimiga isitish, shamollatish, injenyerlik sistemasi ham katta ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |