Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


UY-JOY QAVATLARINING GIGIENIK AHAMIYATI



Download 3,24 Mb.
bet124/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

UY-JOY QAVATLARINING GIGIENIK AHAMIYATI
Darhaqiqat, uy-joylarning ko’p qavatli bo’lishining odamlar uchun gigienik tomondan ahamiyati juda katta. Negaki uy zinalaridan, ayniqsa yuk bilan ko’tarilish organizmda turli fiziologik o’zgarishdarga sabab bo’ladi. Ayniqsa yurak-qon tomir sistemasining ishi, o’pkaning nafas olish xususiyati anchagina o’zgaradi. O’zbekiston sharoitida olib borilgan kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, uchinchi qavatdan boshlab yurak urishi, nafas olish tezlasha boshlaydi, to’rtinchi beshinchi qavatlarga ko’tarilishda yurak 19-33 marta ko’proq uradi, nafas olish 53-55 taga oshadi, artyeriya qon bosimi 5,5-27 taga ko’tariladi.
Ammo, yurak-qon tomir sistemasidagi o’zgarishlar, nafas olishning ko’payishi, kishining yoshiga, sog’lig’iga, ko’tarayotgan yukining og’irligiga bog’liqdir. Jumladan, 50 yoshli sog’lom kishilar uchinchi qavatgacha bemalol ko’tariladilar, ammo 4-5 qavatga ko’tarilish ancha qiyinlashadi, oqibatda yurak urishi, nafas olishning normal fiziologak holatga qaytishi 10-30 minutda kuzatiladi. Semiz va yoshi ulug’ odamlar uchinchi qavatga ko’tarilish bilanoq o’zlarini yomon seza boshlaydilar.
Demak, gigienik va fiziologik nuqtai nazardan 4-5 qavatli uylarga iloji boricha lift o’rnatish katta ahamiyatta ega.

  1. B O B.

HAMMOMLAR, KIRXONALAR VA CHO’MILISH HOVUZLARINING GIGIENASI
Bu ob’yektlar gigienik va epidemiologik jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan maishiy xizmat muassasalaridir.
Bular qatoriga keyingi yillarda yana bir qator boshqa muassa-salar ham qo’shildi. Jumladan, katta-katta sartaroshxonalar, kiyim-kechak va uy- ro’zg’or buyumlarini kimyoviy vositalar bilan tozalash korxonalari va boshqalar. Bu ob’yektlar bir tomondan, aholining salomatligani ta’minlashga yordam byersa, ikkinchi tomondan, bundan hosil bo’lgan chiqindilar tashqi muhit ob’yektlarining sanitariya holatini
buzadi. Demak, bunday ob’yektlarni
loyihalashda, aholi turar joylariga yaqin joylarga qurishda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilish kerak.
Hammomlarning gigienik va epidemiologik ahamiyati. Hammomlar qurilishining aholi orasida tozalik va sog’liqni saqlashda ahamiyati juda katta. Ma’lumki, kishi tanasi, ya’ni tyerisi turli omillardan ifloslanadi. Natijada ifloslangan tyeri o’zining fiziologik funkciyasini yaxshi bajara olmaydi.
Odam tyerisi uni tashqi ta’sirdan, ya’ni issiq va sovuqdan, ja- rohatlanishidan, organizmga infekciyalar tushishi dan asraydi, Tyerining epidyermis qavatidagi hujayralar o’lishi oqibatida hamda tyerlash va tyeri ustiga chang o’tirishi, mikroblar yopishishi oqibatida tana kirlanadi, tyeri osti yog’ bezlarining yog’ ajratishi, uning kirlanishi tyerining turli yiringli kasalliklariga sabab bo’ladi. SHuning uchun tyerini tez-tez sovunlab, bulut (mochalka) bilan yuvib turish kerak. Bu o’z navbatida tyerining fiziologik funkciyasini normal bajarishiga imkon byeradi.
Qadimdan hammomda tez-tez yuvinish ko’pgina tyerapevtik kasalliklarni, ya’ni revmatizm, radikulit, miozit, nevroz va boshqa kasalliklarni davolashda katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Hammomga tushib turish, badanni toza tutishlik aholining madaniy saviyasidan dalolat byeradi. Ko’rib turibmizki, hammom gigienik, epidemiologik, davolash va umumiy madaniyatni ko’tarish ahamiyatiga ega.
Hammomning insonga yaxshi ta’sir qilishi uchun ham mom ichidagi namlik, harorat normada bo’lishi kerak.
Hammom yuvinish uchun qurilgan maxsus bino. Hammomlar Yevropa, SHarq mamlakatlarining me’morchilik uslubida quriladi. Arxeologik ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, X--XII asrlarda O’rta Osiyo (Buxoro, Jambul, Niso va boshqa shaharlar) da, issiqlikni saqlash maqsadida hammomlar yerni chuqur qazilib yarim yerto’la tarzida qurilgani aniqlandi. Arxeologik qazilmalar shuni ko’rsatdiki, Buxoroda XVI asrda qurilgan Misgaron, Sarrofon hammomlari shu davrgacha saqlanib qolgan. Bu hammomlar me’morchilik jihatdan bir-biriga o’xshash bo’lib, hammomlarning echinadigan, dam oladigan katta yog’och ustunli ulkan zali bo’lib, zinapoyalar yordamida pastga tushilib, hammomning asosiy xonalariga kirilgan. O’rtada usti gumbaz qilib yopilgan katta zal (massaj - uqalash uchun), atrofida esa yuviniladigan xonalar joylashgan, ularning tomi ham gumbaz shaklida qurilgan. G’isht yoki tosh tyerib ishlangan hovuzchalarda (bavslar) issiq suv bo’lgan, xonalar tagi issiq havo bilan isitilgan. Ammo, har bir xonaning harorati har xil bo’lib, har bir kishi o’zining sog’lig’iga to’g’ri keladigan xonalarga kirgan.
Turkiyada XV-XVI asrlarda qurilgan hammomlar shu davrgacha saqlanib qolgan, Jumladan, Boyazid hammomi (1501 y.) me’mor Xoja Sinon loyihasi bilan qurilgan bo’lib, bu hammom o’zining syerhashamligi bilan kishi diqqatini tortgan.
Ma’lum bo’lishicha, qadimgi Rimda shaxsiy gigienaga qattiq rioya qilishgan. SHaxsiy gigienaning eng asosiy elementlaridan biri tanani toza tutish. Bunga rioya qiliga uchun Rimliklar qayerda yashamasin, hammom yoki tyermalar qurishgan (issiq xonalar). Vaqtlar o’tib hammomlar ham
takomillashib bordi.
Keyinchalik hammomlar Greciyada, Rimda, Turkiyada, O’rta Osiyo, va SHarq mamlakatlarida, Rossiyada ko’plab qurila boshladi.
Hammom (banya) so’zi lotincha so’z bo’lib (bal’neum), ya’ni kasallikni quvish degan mazmunni bildiradi. Hammomning foydasi to’g’risida Gyerodot, Arastu, Gippokrat, Galen, Abu Ali ibn Sino va boshqa tibbiyot namoyandalari o’z fikrlarini bildirganlar.
Hammomlar bir necha turlarga bo’linadi. Keyingi yillarda quruq havoli saunalar Boltiq bo’yi respublikalarida, Rossiyada, keyinchalik O’rta Osiyo respublikalarida ham qurila boshlandi. Hammomlar asosan uch turli bo’lib turk, Rim, rus ham mom lari dir. Rim ham mom lari da. issiqxonalarda quruq issiq havo, rus hammomlarida issiq havo bug’li bo’lsa, turk hammomida namli issiq havo bo’ladi.
SHahar va nohiyalarda hammomlar keyingi yillarda zamonaviy loyiha asosida 50-300 kishiga mo’ljallab qurilmoqda.
Zamonaviy ha.mmomla.rda. bir necha xonalar bo’ladi. Bular hovuz,
dezinfekciya kamyeralari, fiziotyerpiya tadbirlari o’tkazish xonasi, vanna, dush va boshqalardan iborat.
Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, yuvinish jarayonida kishi organizmida talay o’zgarishlar yuzaga keladi. YA’ni tana harorati ko’tariladi, nafas olish va yurak urishi tezlashib ma’lum bir vaqt o’tgach o’z holiga qaytadi. Kishining nafas olishi - 15-20 minutdan so’ng, tana harorati va yurak urishi 30 minutdan keyin normallashadi. CHo’miladigan xonalarning harorati 27-33°S, namligi- 74-79% bo’lganda, echinish va ki yin ish xonalarining harorati esa 23-25°S va nisbiy namligi - 40-60% bo’lganda kishi o’zini yaxshi sezadi. Echinish xonasidagi harorat bilan hammomlarga kirish yo’lagidagi harorat o’rtasidagi farq 70S dan oshmasligi kerak.
Respublikamizning Toshkent, Andijon, Buxoro, Farg’ona va boshqa viloyatlarida qurilayotgan hammomlar XV-XVI asrlarda qurilgan
hammomlar asosida qurilmoqda. Ular uch-to’rt xonadan iborat bo’lib, echinish va kiyinish xonasi, umumiy katta xona, bir necha yuvinadigan mayda xonalar va kutib turish xonasidir. Tomlari gumbaz qilib yopilib, hammom poli ostidan issiq havo bilan isitiladi.
Bug’ xonali hammomlarda odamlar ataylab tyerlab ko’pgina kasalliklardan forig’ bo’ladilar. Umuman olganda hammomning odam organizmiga ta’siri ijobiy bo’lib, organizmda moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Bunda issiqdan kengaygan mayda qil tomirlar ichki organlardan qonni o’ziga oladi va bu bilan dimlanish holatlari bartaraf bo’ladi. Kishi cho’milish jarayonida, bir tomon­dan, badan kirini ketkazsa, ikkinchi tomondan, turli yo’llar bilan qon tomirlarni bir kengaytirib (issiq suv bilan yuvinganda), bir toraytirib (sovuq suv bilan) qon tomirlarni massaj qilib sklyeroz kasalining oldini oladi.
Ibn Sinoning fikricha, hammomga qorinni to’ydirib tushiga zarardir, To’q qorindagi ovqatlar issiqdan achib qorinda, ichaklarda gaz yig’ilib qolishi va bu yig’ilgan gazlar qorinni shishirib, ichaklarning buralib qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Demak, qorinni haddan tashqari to’ydirib hammomga tushish zararlidir.
SHuni ham aytish zarurki, hammomning bug’xonasida uzoq vaqt qolib ketish ham organizm uchun zararlidir. Bug’xonada uzog’i bilan 5-7 minut o’tirish tavsiya qilinadi. Bundan ko’proq vaqt o’tirish organizmga salbiy ta’sir qilib bosh aylanishi, organizmning bo’shashishi, hansirash alomatlari kuzatiladi. Bug’xonadan qeyin sovuqroq xonaga o’tish tavsiya qilinadi, bunda 15 minutdan so’ng odam o’zini yaxshi his qilishi mumkin, dush tagida 3-4 minut turish etarli bo’ladi. Rossiya, Boltiqbo’yi respublikalarida qish kunlari odamlar bug’xonadan to’g’ri hovliga chiqib badanlarini qor bilan ishqaydilar. Bu albatta sog’lom organizm uchun tavsiya qilinadi. Aks holda kishi shamollab kasallanishi mumkin. Odam hammomga tushganda albatta sog’ligini va yoshini hisobga olib shp tutishi kerak. Isitmalab turgan, sil, yurak kasalliklari bilan og’rigan va og’ir oyoq ayollar bug’xonali hammomlarga tushishi qat’iyan man qilinadi.
Hammomning shifobaxsh xususiyatlarini Ismoil Jurjoniy shunday ifodalaydi: «Hammom hamma uchun foydali, charchoqni chiqazadi, tyeri teshiklarini kirdan ochadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi». Odatda har qanday suvda cho’milish mumkin, jumladan oddiy suvda, dengaz suvida va minyeral suvlarda dori-darmonlar qo’shib ham yuvinish mumkin. Hammomga tez-tez tushib turish kishini ozdiradi. Ammo, hammomni issiq xonasida uzoq vaqt qolib ketish bosh aylanishiga va hushdan ketishga olib boradi. Hammomdan so’ng birdaniga, ayniqsa havo harorati past bo’lganda sovuq suv ichish yaramaydi. Hammomga tyerining yiringli kasalligi va tanosil kasalliklari bilan og’rigan kishilarni qo’yilmaydi.
Ruslarning 1770 yili chop etilgan kitobida «hammom ikkinchi ona» deb tasvirlaydilar. Bu, bejiz aytilmagan. CHunki, hammomdan cho’milib chiqqan inson xuddi onadan yangi tug’ilgandek bo’lib qoladi. Uning kishi sog’lig’ini saqlashdagi ahamiyati cheksiz.
Hammomlar ochiq maydonlarga qurilishi va maydoni 0,2 gektardan kam bo’lmasligi kerak. Hammomlar aholi turar joylariga yaqinroq yerlarga quriladi. Ammo, hammomni tashqi muhitga oz bo’lsada ta’sirini hisobga olib, aholi yashaydigan joylardan 25-40 metr uzoqlikka joylash kerak.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish