Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


YORITISHNING FIZIOLOGIK VA GIGIENIK AHAMIYATI



Download 3,24 Mb.
bet123/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

YORITISHNING FIZIOLOGIK VA GIGIENIK AHAMIYATI
Ko’zning ko’rish apparati anchagina murakkab tuzilgan bo’lib, unda juda chuqur fiziologik jarayonlar kechadi. Ko’zni qitiqlovchi tashqi omillar uning ko’rish qobiliyatini anchagina pasaytirishi mumkin. Ko’zning ko’rish qobiliyatini pasayishi oqibatida ko’rish bilan bog’liq bo’lgan ishlarda xatoliklarga yo’l qo’yish mumkin. Bunday noxush holat ro’y byermasligi uchun ko’zning ish funkciyasini tekshirib turish kerak, shundagina ko’z ko’rish analizatorining holatini bilish mumkin.
Ko’zning fiziologik funkciyalari quyidagilardan iborat: ranglarni ajrata bilish, ko’rishga moslashish, ko’rish o’tkirligi, ko’rish yordamida narsalarni ajrata bilish.
Ko’rish analizatorining bir-biridan aytarli farq qilmaydigan yorug’lik ranglarni ko’rishi uning bo’sag’a sezgirligidir, Lekin, narsalar va umuman yorug’lik foni o’rtasidaga farq qanchalik katta bo’lsa, buni ajrata bilish ko’z uchun shunchalik engil bo’ladi. Ko’rish maydonidagi yorug’lik qanchalik ko’p bo’lsa, ob’yektlarni ko’rish oson bo’ladi. Ammo, yorug’lik shu’lasi 350 dan 5000-6000 NT bo’lsa ko’z analizatorining ob’yektlarni ko’rish qobiliyati pasayadi.
Ko’rishga moslanish - ko’zning ko’rish analizatorining ko’rish maydonining yorug’ligiga ko’nikishidir. Ko’z qorong’ilikni ham, yorug’likni ham ko’rishga moslanishi mumkin. YOrug’likdan qorong’ilikka o’tganda ko’zni moslanishi sekinlik bilan boradi. Bunda ko’zning yorug’likka yoki qorong’ilikka nisbatan sezgirlik darajasi sekin- asta ortib boradi yoki pasayib boradi.
Uy-joy va jamoa binolarining kungayligi. Qadimdan quyosh nuri inson uchun kerakli bo’lgan omillardan hisoblangan. Quyosh nuri inson organizmiga ijobiy ta’sir qiladi. Mikroblarning qirilishiga, atrof muhitdagi baktyeriyalarning yo’qolishiga yordam byeradi. Quyosh nuri faqatgina bino tashqarisiga ta’sir ko’rsatibgina qolmay, balki uy ichiga ham biologik jihatdan faol ta’sir qiladi. YAna shuni aytish kerakki, quyosh nuri etarli miqdorda tushgandagina yaxshi natija byeradi.
Uy-joy va jamoa binolarining kungay qilib qurishning gigienik nuqtai nazardan sanitariya normalari belgilanadi. Quyosh nurining baktyericid xususiyatini oshirish uchun uylarga quyosh nurini uzoqroq tushishi tavsiya qilinadi.
Quyosh nurining odam organizmiga ijobiy ta’sir qilishini hisobga olib, uy-joylar qurilishini loyihalashda ularning kungay bo’lishini hisobga olish kerak.
Uy-joy binolari uchun joy tanlash. Uy-joy qurilishida joy tanlashning gigienik ahamiyati juda katta. Buning uchun kungay, quruq, suv havzalariga yaqin joylarni tanlash ayni muddao. Joy tanlashda sanitariya vrachlarining qatnashishi talab qilinadi. Uy-joy binolarining loyihasini ko’rganda sanitariya vrachlari quyidagilarga ahamiyat berishlari kerak.

  1. Uy-joy binolarini quyosh tushib turadigan va shamol harakati yaxshi joylarga qurish maqsadga muvofiqdir.

  2. Uy-joy qurilishi uchun tanlangan joy ma’lum darajada qiyaroq, yer osti suvlari kamida 1,5 m chuqurroqda, tuprog’i toza va yog’ingarchilik bo’lganda halqob suv yig’ilib qolmaydigan bo’lishi kerak.

Uy-joylarning atrofini obodonlashtirish ham ko’zda tutiladi.
Uy-joylarning xillari. Uy-joy qurilishi loyihasida uy-joylarning turli xillari bo’lishi mumkin. Jumladan

  1. bir qavatli, bir yoki ikki xonadonli uylar:

  2. ikki qavatli, bir yoki ikki xonadon uchun uylar;

  3. bir-ikki qavatli ko’pxonadonli uylar;

  4. ko’p qavatli (3-5) va ko’p xonadonli uylar;

  5. yuqori qavatli (10 va undan ortiq) ko’p xonadonli uylar;

  6. ishchilar va o’quvchilar uchun umumiy va ayrim xonali yotoqxonalar.

Odatda bir yoki ikki xonadonli bir qavatli uylar ishchilar shaharchasi, kolxoz va sovxozlarda quriladi. Keyingi vaqtlarda ko’plab shaxsiy uy- joylar qurilmoqda. Bunday uy-joylarning tomorqasi bo’lib, unda turli ekinlar ekiladi.
SHahar sharoitida aholi talablarini hisobga olib uy-joylar qurish uchun 300-600 m yer maydoni ajratiladi. Bunda yer maydoniga ega bo’lgan aholi qattiq chiqindilarni, suyuq chiqindi suvlarni va najasni, mollarning go’ngini tezroq zararsiz holatga keltirishi mumkin. Axlatlarni kompost qilib keyinchalik o’g’it sifatida ishlatish mumkin.
Bir va ikki xonadonga mo’ljallangan ikki qavatli imoratlar bilan
bog’lanadi.
Bunday uylarning birinchi qavatida mehmonxona, oshxona, xojatxona, vanna joylashadi. Ikkinchi qavatida esa yotoqxona joylashtiriladi. Gigienik tomondan bunday kottedjlarda hovlining bo’lishi katta ahamiyatga ega.
SHuning uchun ham kottedj tipidagi loyihalarni shahardan tashqarida, ishchi shaharchalarida, kolxoz va sovxoz xududlarida qurish tavsiya etiladi.
Ko’p xonadonli kam qavatli uy-joylar - 2-8 xonadonga mo’ljallangan imoratlar bo’lib ko’pincha qishloq va kichik shaharlar sharoitida quriladi. Xonadonlarga ajratilgan yer maydonlari ularning o’zlarining ixtiyorida bo’lib, goho ko’pchilik xonadonlar bu yerlardrn umumiy foydalanadilar. Bunday xonadonlarni vodoprovod tarmoqlari bilan ta’minlash ancha qulaydir, hattoki mahalliy kichik kanalizaciya tarmoqlarini, tozalash inshootlarini ham qurish mumkin (masalan, septik).
Ko’p xonadonli va ko’p qavatli uy-joylar. Bunday uy-joylar shahrimizning barcha nohiyalarida qurilgan. Misol uchun CHilonzor nohiyasida, Qora qamish mavzesida, YUnusobod nohiyasida va boshqa nohiyalarda. Bunday kvartal va nohiyalarda odamlarning xordiq chiqarishi va dam olishi uchun katta yer maydonlari obodonlashtirilgan.
Bunday uy-joylarni gigienik nuqtai nazardan ozoda saqlash uchun quyidagi sanitariya talablari qo’yiladi:

  1. Uch qavatli uylar markaziy vodoprovod, kanalizaciya va isitish

sistemalari bilan ta’minlanishi kerak.

  1. To’rt qavatli uylar ayniqsa issiq iqlimli geografik mintaqalarda yuqoridagidan tashqari lift, axlat tashlash tarnov trubalari bilan ta’minlanishi kerak.

  2. Besh va undan ortiq qavatli uylarning hammasi lift bilai

ta’minlanishi kerak. SHuningdek ko’p qavatli uylarning barchasida gigienik jihatdan balkonlar bo’lishi talab qilinadi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish