Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


Turli iqlimli nohiyalar Tempyeratura °S



Download 3,24 Mb.
bet114/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

Turli iqlimli nohiyalar Tempyeratura °S
Sovuq nohiya, 1 A mintaqasi 21-22
S
18-20
18-19

17-18

ovuq nohiya va qolgan territoriyalar 19-20

Mo’tadil o’rtacha mintaqa Iliq nohiyalar Issiq nohiyalar
Uy-joylarni loyihalash markaziy tajriba ilmiy tekshirish ins-titutlari - Moskva, Leningrad, Noril’sk, Pyerm, Astraxan va Kuy- bishev shaharlarida olib borilgan kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha uy-joy haroratining 2GS bo’lishi kishilarda normal holatni yuzaga keltirgan. Sanytariya normasi va qoidalariga ko’ra uy-joylarning issiqligi 20±2°S bo’lishi tavsiya etiladi. Ammo eng yuqori tempyeratura 20-22°S, past tempyeratura esa 18°S bo’lishi tavsiya etiladi. Bunda tashqi havo harorati 24°S va undan ham pastroq bo’lishi mumkin.
YUmshoq iqlimli AQSH da 22-24°S, SHveycariya va Olmoniya davlatlarida uy-joy tempyeraturasi 20°S da bo’lishi qabul qilingan.
Keyingi yillardagi kuzatishlarda uy-joy haroratini ozroq bo’lsada yuqori ko’tarish ko’zda tutiladi. Jumladan, sovuq iqlimli sharoitlarda uy- joy harorati 20-23°S, mo’tadil o’rtacha iqlim sharoitida - 20-22°S, issiq iqlim sharoitda - 23 dan 25° gacha tavsiya qilinadi.
Uy-joylarda odam organizmida issiqlik normal boshqarilishi uchun bu joydagi havo harorati bilan devor harorati o’rtasidagi farq gorizontal’ bo’yicha 2°S dan kam bo’lmasligi kerak. Bunday haroratni kiyinib o’tirga

n


odam sezmasligi mumkin.
Mabodo, devor harorati pastroq bo’lsa kishi organizmi nurla-nish yo’li bilan issiqlikni tashqi havoga byeradi, natijada orga-nizmda issiqlik almashinishi izdan chiqadi. Ayniqsa, uy-joydagi issiqlikni poldan 1,5 metr balandlikdagi farqi kishi organizmiga salbiy ta’sir qiladi. Bunga sabab pol tez soviydi, bu esa polda yurgan odamni ayniqsa bolalarni shamollashiga sabab bo’ladi.
Jumladan, poldan 1-2 m yuqoriroqdagi farq 4°S bo’lsa oyoq haroratini 7-10°S ga tushirib yuborar ekan. SHuning uchun ham pol bilan 1,5-2 metr balandlikdagi haroratlar farqi 2-3°S dan oshmasligi kerak. Bunday sharoitni tug’dirish uchun uy polini issiqroq tutish tavsiya etiladi.
Umuman, uy-joylarda mikroiqlim omillari normasini ishlab chiqishda asosiy ko’rsatkichlar bo’lib, bu ko’rsatkichlarga tana harorati, tananing turli joylaridagi haroratning topografiyasi, oyoq-qo’l harorati bilan tana haroratining bug’lanish oqibatida tyer orqali namlik yo’qotish va issiqlikni sezish kiradi. Keyingi vaqtlarda bularga qo’shimcha ko’rsatkich bo’lib tanadan tashqariga issiqlikni nurlanish va konvekciya orqali ajratish, markaziy va vegetativ nyerv sistemasining holatini baholash, tana issiqligini boshqarishning o’zgaruvchanligi, kuch-quvvatni sarflash, issiqlik kamligi va boshqalar hisoblanadi. Mikroiqlim omillaridan muhimi uy- joydagi havoning harakatidir.
Havo harakati inson organizmiga har xil ta’sir ko’rsatishi mumkin, ya’ni fizik va fiziologik ta’sir. Mayin havo harakati sezgi a’zolari orqali kishi organizmiga yoqimli ta’sir ko’rsatadi. Havo harakati nulga teng bo’lsa organizmdan issiqlik ajralishi qiyinlashib, inson o’zini noxush sezadi. Aksincha, tez harakatlanuvchi havo, ayniqsa sovuq sharoitda tyeri orqali issiqlik ajralishini kuchaytiradi, bunda bug’lanish konvekciya yo’li bilan organizmning sovqotishiga sabab bo’ladi.
Uy-joy sharoitida havo harakati uchun gigienik norma havo haroratiga qarab 0,1-0,25 metr/sek belgilangan.
SHunday havo tezligida inson o’zini yaxshi his qiladi. Kishi
organizmida issiqlik almashinishi normal borishiga havo namliga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Havoning nisbiy namligi 30-60% atrofida bo’lganda kishi o’zini yaxshi his qiladi. Nisbiy namlikning ayniqsa qish oylarida ortishi organizmdan issiqlikning ko’proq ajralishga sabab bo’ladi. CHunki nam havo o’zidan issiqlikni yaxshi va tez o’tkazib, issiqlik hajmini o’ziga ko’p singdiradi. Natijada issiqlik tyeridan nurlanish va konvekciya orqali tez ajralib organizmning sovushiga va shamollashiga olib keladi.
Uy-joylarda nisbiy namlikning odam organizmiga qulay normasi 30­45% teng. Havo namligi 30% dan kam bo’lsa burun-tomoq shilliq qavatlari, nafas yo’llari qurib qoladi. Bundan tashqari xonalarga osilgan va polga solingan gilamlar yuzasida statik elektr zarrachalari hosil bo’ladi. Bu inson sog’ligi uchun befarq emas.
Ilm-fan, texnika taraqqiy etgan bir davrda uy-joy va jamoa binolarida mikroiqlimning inson organizmiga mos qilish, meteorologik omillarning gigienik normalarini ta’minlash quruvchilarga ham bog’liq. Ammo, keyingi yillarda pala-partish qurilayotgan uy-joylar va jamoa binolaridagi kamchiliklar inson sog’lig’iga katta putur etkazmoqda.
Oqibatda uy-joylarning mikro iqlimi gigienik normalar ga javob byermayapti. Uy-joy havo harorati temir-beton uylarda jazirama issiq kunlarda 30-35°S atrofida ko’tarilib, nisbiy namlik esa 20-30% atrofida bo’lmoqda. Tashqi havoning harorati 38-42°S ga etganda havo harakatining juda past yoki shtil’ (nul’) holatida bo’lishi, ayniqsa yosh bolalarga, qariyalarga, bemorlarga yomon ta’sir qiladi. Demak, uy-joy qurilishida gigienik talabga javob byeradigan qurilish matyeriallarini ishlatish maqsadga muvofiqdir.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish