Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


UY-JOY SHAROITIDA HAVONING HOLATI



Download 3,24 Mb.
bet117/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

UY-JOY SHAROITIDA HAVONING HOLATI
Uy-joy xonalaridagi sharoitning yaxshi bo’lishi uning havosiga bog’liq. Uy-joy xonalaridagi mo’tadil iqlim kishi organizmiga ijobiy ta’sir qiladi. Buning uchun uy havosini vaqti-vaqtida almashtirib turish, havoni oksigen bilan boyitishning ahamiyati juda katta. Tashqi havo bilan uy havosining tabiiy ravishda almashinib turishi shamol bosimi va gravitaciya
23
harakatlariga bog’liq. Odatda 1 m devordan o’tadigan havo 10 m ga teng bo’lib bu bir soat davomida amalga oshadi. Havo devor g’ovaklari orqali juda sekin harakatlanadi.
Havoning sifati miqdoriy ko’rsatkichlar yordamida aniqlanishi mumkin. Jumladan, havo tarkibida baktyeriyalar, kimyoviy moddalar va gazlar bo’lishi mumkin. Havoning bunday ifloslanishi kishi organizmida modda almashinishi, ovqat pishirish va boshqa jarayonlar oqibatida kuzatiladi.
Uy-joy havosi ifloslanishining asosiy sabablaridan biri inson organizmining fiziologik jarayonlari oqibatida ajralib chiqadigan gazlarning yig’ilib qolishidir. Bunda ammiak, karbonat angidrid, vodorod sul’fid, uchuvchi yog’ kislotalari, ammoniy birikmalari, indol, skabol va boshqa zararli moddalar yig’ilib qoladi.
Birinchi bo’lib M. Pettenkoffyer karbonat angidridi gazining miqdoriga qarab uy-joy havosining ifloslanishi mumkinligini aniqlagan. Ammo karbonat angidrid gazining havoda kam yoki ko’p miqdorda aniqlanishi uy havosini toza yoki iflosligidan dalolat byermaydi. Ko’pchilik olimlarning fikricha xona havosida ammiak va uning birikmalarining topilishi xona havosining ifloslangan-ligidan darak byeradi.
Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, ammiak va uning birikmalari bo’lgan havodan bir necha soat nafas olgan odamning boshi og’rishi, charchashi va ishlash qobiliyati pasayishi mumkin.
Havoning oksidlanish normasi 1 m havoda taxminan 6 mg oksigenga teng bo’lsa bunday havo toza hisoblanadi. 1 m3 havoni oksidlash uchun 10­20 mg O2 sarflansa u havo ifloslangan havo hisoblanadi.
33
Inson 1 soat mobaynida 0,057 m oksigen yutib, 0,014 m SO2 g chiqaradi.
Uy-joylarni shamollatishdan maqsad xona havosini yangilash, ya’ni bulg’angan uy havosini tashqi yanga havo bilan almashtirish. Uy-joylardagi havoning almashtirish masalasi birinchi M. Petten-koffyer va K. Flyugge tomonidan ko’tarnlgan edi. Ularning fikricha uy-joylarda karbonat angidridning gigienik jihatdan yo’l qo’yiladigan normasi 0,07% ga teng.
O.B. Eliseevaning fikricha bu norma 0,05% tashkil etadi. Ammo M. Pettenkoffyer va K. Flyugge tavsiya qilgan norma shu vaqtgacha o’zini oqlab kelmoqda.
SO2 odam organizmida moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’ladigan gazdir. Kishi organizmidan SO2 moddasidan tashqari boshqa bir qancha moddalar ham ajralib, bu uy-joylarda yoqimsiz hidlar tarqalishiga sabab bo’ladi.
Har bir kishiga uy havosi tozaligini saqlash uchun soatiga qancha m toza havo kerak bo’ladi?
Bu savolga javob berish uchun M. Pettenkoffyer, A.P. Dobros-lavin, F.F. Erisman, K. Flyuggelarning fikriga ko’ra yashash joyida har bir kishi uchun qancha havo hajmi kerakligani aniqlash kerak bo’ladi. Bu esa uy-joy havosi tarkibida SO2 ning gigienik normasi bilan, atmosfera havosidagi SO2 ning tabiiy miqdori (0,04 %)ni aniqlashga yordam byeradi Hisob- kitoblar natijasida har bir odam uchun havo hajmi - m da - 37,7 ga teng. Ammo, Medicina fanlar akademiyasiga qarashli Umumiy va kommunal gigiena ilmiy-tekshirish institutining olib borgan ishlari oqibatida har bir kishi uchun kerakli bo’lgan havo hajmi anchagina o’zgardi.
Sababi shundaki, tekshirish oqibatida uy havosida juda ko’p zararli gazlarning, ya’ni, dimetilamin, vodorod sul’fid, sirka kis-
lotasi, aceton, fenol, azot oksidi, dietilamin, dietanelamin, metanol, metiletilketon, butan, butilen, benzol, geksan, toluol, xinolin va boshqalarying yig’ilib qolishi, odamlarning uy xonalarida qancha vaqt turib qolishiga bog’liq bo’lib qoldi.
Bu moddalarning koncentraciyasi uy havosiga qancha toza havobyerilishiga bog’liq. Masalan, soatiga 120 m havo byerilsa yig’ilgan uy havosidagi zararli gazlar miqdori 80-85% ga kamayadi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki har bir kishi uchun 1 soatda 120 m havoni uy- joyga berish atropotoksiyalarni, mikroblarni va chang zarrachalarining kamayishiga yoki yo’qolishiga olib keladi.
Demak, uy havosini normal holatini saqlash uchun har bir kishining yashash joyi maydoni 17,5 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Ayniqsa hojatxona, oshxonalarni tez-tez shamollatib turish kerak. SHamollatish vositalarining yaxshi ishlamasligi uy havosining buzilishiga sabab bo’ladi. Uylarda tabiiy gazdan foydalanish uy havosini buzadi.
Tabiiy gazning yonishi oqibatida havo tarkibidagi musbat zarrachali og’ir ionlar miqdori oshib ketadi. Masalan, gaz plitasining 4 ta gorelkasini bir necha minut yonishi bir qancha minutdan so’ng 1 sm havodagi og’ir ionlar soni 20-30 marotaba oshib, 200000 va undan ortiq musbat zarrali ionlarni hosil qiladi. Uy xonasiga har bir kishi uchun 1 soatga - 30 m , kichik bolalar uchun - 20 m havo berish tavsiya qilinadi. SHunda havo tarkibi buzilmaydi. Ammo, bu norma qayta ko’rib chiqilishi kerak.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish