Yangi tuxum biskvit hamir uchun asosiy masalliq hisoblanadi; gardi hamirga tushmasligi uchun foydalanishdan oldin u tozalab yuviladi. Biskvit hamirga oliy navli un ishlatiladi



Download 13,43 Kb.
Sana09.09.2021
Hajmi13,43 Kb.
#169297
Bog'liq
Biskvit


Yangi tuxum biskvit hamir uchun asosiy masalliq hisoblanadi; gardi hamirga tushmasligi uchun foydalanishdan oldin u tozalab yuviladi. Biskvit hamirga oliy navli un ishlatiladi. Biskvit hamirni kartoshka uni qo’shib ham tayyorlash mumkin. Lekin kartoshka uni qo’shib tayyorlangan biskvit quruqroq bo’ladi. Hamirga mayda shakar ishlatilgani ma’qul, qand upasi hamirni suyultirib yuboradi. Biskvit xushbo’y, xushta’m bo’lishi uchun limon sharbati yoki sedra qo’shish tavsiya etiladi. Hamirga kakao uni qo’shilsa, rangi to’qroq bo’ladi.

Biskvit pishirishda avval hamirdan tayyorlanadigan mahsulotlarni pishirish uchun ishlatiladigan qolipni hozirlash lozim. Qolip ichiga tekis qilib toza qog’oz (yog’ surtilgan) solinadi. Agar qog’oz bo’lmasa, qolipni yog’lab, ustiga elangan suxari tolqoni yoki un sepish ham mumkin.

Tuxumning oqi sarig’idan ajratilib, muzqaymoqqa qo’yiladi; sovitilgan tuxum oqi tez ko’piradi. Agar ko’pirtirish oldidan tuxum oqiga (1 ta tuxum oqiga 7g oshqoshiq hisobida) suv qo’shilsa, uning hajmi ko’payadi. Obdan ko’pirtirilgan tuxum oqi nisholdasimon quyuq bo’lmog’i lozim. Bunday tuxum oqi darhol ishlatilgani ma’qul, aks holda u cho’kib qoladi. Tuxum sarig’i shakar bilan atalanadi. Bu jarayon qanchalik uzoq davom etsa, massa shunchalik oqarib, hajmi ko’payadi, biskvit esa yaxshiroq chiqadi. Tuxum sarig’i bilan shakar obdan aralashtirilgach, hosil bo’lgan massaga un, so’ngra ko’pirtirilgan tuxum oqi qo’shiladi. Tayyor suyuq hamir qolipga quyiladi va darhol gaz duxovkasiga pishirish uchun qo’yiladi. Biskvit 200°S haroratda pishiriladi. Agar duxovka issiqligini aniqlash mumkin bo’lmasa, qolipni namroq qog’oz bilan (biskvitga yopishib qolmaydigan qilib) yopib, 10 minutlardan so’ng teksharib ko’rish lozim; agar biskvit och rangda bo’lsa, qog’ozni olib tashlab, pishirishni davom ettirish mumkin. Biskvit pishmaguncha duxovkadan olmaslik shart. Uning pishgan yoki pishmaganligini 30 minutlardan keyingina gaz patnisini ohistalik bilan tortib olib ko’rish mumkin. Tayyor biskvit qolipning o’zida sovitiladi.

Biskvitdan rulet, tort, pirojniy va pechenelar tayyorlash mumkin.

Agar biskvit rulet tayyorlash uchun mo’ljallangan bo’lsa, u sovitilmaydi, chunki rulet issiqligida o’raladi. Pishirish vaqtida rulet bir oz kuygan bo’lsa, sovigandan so’ng kuygan joyi qirib tashlanadi.

Yumshoq hamirdan pirog, pechene, shuningdek pirojniy tayyorlash mumkin. Yumshoq hamir tayyorlashning reseptlari ko’p bo’lib, ular uchun asosan bir xil masalliqlar ishlatiladi: yog’, shakar, tuxum va bug’doy uni, lekin tayyorlanadigan mahsulot turiga qarab ularning nisbati o’zgarishi mumkin.



Hamirga solinadigan sariyog’ (yoki margarin) yumshatilishi lozim, lekin olovda eritish tavsiya etilmaydi; yaxshisi kechqurun muzlatgichdan olib qo’yilgani ma’qul. Ishlatiladigan un quruq va elangan bo’lmog’i lozim. Un bilan yog’ bir tekisda aralashtirilishi kerak Hamir idishga yopishmay silliq bo’lsa, demak u tayyor hisoblanadi. Tayyor hamir bir oz qotishi uchun muzlatgichga qo’yiladidi, so’ngra esa undan mahsulot tayyorlanadi. Hamir ohistalik bilan yoyilishi kerak Agar hamir rulet uchun yoyiladigan bo’lsa, oldin qo’l bilan uzun-uzun tasmalar ajratilib, so’ngra bu tasmalar kerakli hajmgacha jo’valanadi. Jo’valangan hamir jo’vaga o’rab olinib, ohistalik bilan gaz patnisiga yozib qo’yiladi. Yumshoq hamirni yog’li va quruq qilib qorish mumkin. Yog’li hamir yog’lanmagan patnisda, quruq hamir esa yog’lanib, suxari tolqoni yoki un sepilgan qolip yoki patnisda pishiriladi. Yumshoq hamirga limon, vanilin, dolchin, shuningdek yong’oq, kakao va shokolad qo’shish mumkin. Mahsulotlar sirtiga ko’pirtirilgan tuxum yoki faqat tuxum oqi surtiladi.

Yumshoq hamir, ayniqsa yog’li yumshoq hamirni pishirish uchun duxovka oldindan qizdirilishi lozim. Yumshoq hamirdan tayyorlangan mahsulot gaz duxovkasida 180-200°S .da pishiriladi. Mahsulotning pishganligini rangidan (tilla rang bo’ladi) bilish mumkin. Mahsulot sovigandan so’ng kesiladi.
Download 13,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish