Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


TUPROQNING ASOSIY XUSUSIYATI VA GIGIENIK AHAMIYATI



Download 3,24 Mb.
bet65/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

TUPROQNING ASOSIY XUSUSIYATI VA GIGIENIK AHAMIYATI
Tuproqning 90 ga yaqin turi olimlar tomonidan aniqlangan. 7 turdagi tuproq ko’proq tarqalgan.
Tuproqlar foydalanilishiga qarab 3 turga bo’linadi:

  1. Turar joylardan tashqaridagi tabiiy tuproq. Bunday tuproqdan

qishloq xo’jaligi ekinlarini ekishda, qurilishlarda foydalaniladi.
Turar joylar uchun ishlatiladigan sun’iy tuproq. Bunday tuproqla

r

  1. qatoriga aholi turar joylarida hosil bo’ladigan, sanoat korxrnalaridan

chiqadigan axlat va chiqindi aralash tuproqlarni kiritish mumkin. Bunday
t uproqlar turar joylarning madaniy qavati deb yuritiladi.
29-rasm. Gofman chegarasi.
1 — bug’lanish chegarasi; 2 — fil’trlanish chegarasi; 3

  • suqlikning kapillyar bo’ylab ko’tarilish chegarasi; 4

  • suv tashuvchi chegara;

5 — suvbardosh chegara.

  1. Tuproqlarni sun’iy qoplama, ya’ni asfal’t, beton va shag’al bilan qoplash.

Tuproqlar mexanik tarkibiga qarab sinflarga bo’linadi. Tuproqning mexa-nik tarkibini o’rganish uning fil’tr-lash xususiyati, havo o’tkazuvchanligi va boshqalarni o’rganish uchun zarur. Tup­roqning mexanik tarkibi quyidagicha: qumli, qum tuproqli, qumoq tuproqli bo’ladi.
Gigienistlar uchun tuproqning eng yuqorigi qavati katta ahamiyatga ega.
Tuproqning 25—-30 sm li yuqorigi qavati haydalib, unga qishloq xo’jalik ekinlari ekiladi. SHu qavat orqali atmosfera havosi, qishloq xo’jalik ekinlari ifloslanadi. YUza suv havzalari, yer osti grunt suvlari ham
yuza tuproq qatlamidan ifloslanadi. Yerning shu qavatida tup-roqning o’z- o’zini tozalash jarayoni jadal o’tadi. Tuproqning undan chuqurroq qavati ham ancha ahamiyatli. Bu qavatda organik moddalar, axlat va chiqindi suvlar zararsizlantiriladi. Tuproqning shu qavatiga kanalizaciya

,
vodoprovod trubalari yotqiziladi, grunt suvlaridan foydalanish uchun quduqlar kovlanadi, binolarning poydevori qo’yiladi.
Tuproq qavatida suvlarning shakllanishi ro’y byeradi. Bu qavat Gofman zonasi deb ataladi. Suv tuproqning eng yuqori qavatida fil’trlanadi.— bu bug’lanish zonasi bo’lib, uning qalinligi 1 metr atrofida bo’ladi. Organik moddalarga, gumusga boy shu qavatda o’simliklar ildiz otadi, iddizlar suvni so’rib, tuproqning bug’lanishining oldini oladi yoki kamaytiradi. Lekin sholi, kunga-boqar kabi o’simliklar borki, ular tuproqdagi namni bug’latib, tuproqni namsiz holatga olib keladi.
Suv bug’lanish zonasidan fil’traciya zonasiga o’tib fil’trlanadi. Bu tuproqning eng kuchli qatlami bo’lib, unda fil’trlangan suv ishlanishi mumkin. Qatlamning suv shimish xususiyatiga qarab har bir m tuproqda 150 dan 350 litrgacha suv ushlanishi mumkin. Bu qatlamning qalinligi

  1. 2 metr bo’lib, yog’in suvlari shu yerda ushlanib qoladi. Qatlamdagi g’ovaklar yog’in suvlari bilan to’lgandan so’ng, ortiqcha suvlar tuproqning pastki qavatiga fil’trlanib o’tadi. Ular qatlamning suv o’tkazmas joyida to’planib, yer osti suvlarini (quduq suvlari) hosil qiladi. Yer osti suvlarining bir qismi ingachxa suv yo’li naychalari orqali yuqoriga ko’tariladi, bu tuproqning nechog’li g’ovakligaga bog’liq. Bu suvning kapillyarlar bo’yicha ko’tarilish zonasi deyiladi.

Tuproqning g’ovakligi. Tuproqdagi g’ovaklar procentlarda ifodalanadi. Tuproqning g’ovakligi qancha yuqori bo’lsa, uning fil’trlash xususiyati shuncha past bo’ladi, ya’ni u nosog’lom tuproq deb ataladi. Masalan, qum tuproqning g’ovakligi 40%, torfniki 82%. G’ovaklarning katta-kichikligi uning mexanik tarkibiga bog’liq. Eng yirik g’ovaklar toshloq tuproqlarda, eng maydasi esa loy tuproqlarda bo’ladi.
Tuproqda tabiiy g’ovaklardan tashqari tabiiy yoki sun’iy darzlar ham bo’lishi mumkin. Bu darzlar kemiruvchi hayvonlar, insonlarning hayot faoliyati davomida paydo bo’ladi.
G’ovaklar yirik bo’lsa yoki darz ketgan joylarda kanallar hosil bo’lsa, kimyoviy va biologik moddalar chuqur qatlamlardagi suvlarni ifloslantirishi mumkin. Bu odamlar salomatligiga putur etkazadi. Agar tuproqning g’ovakligi 60—65% ni tashkil qilsa, tuproqning o’z-o’zini tozalash jarayoni yaxshi o’tadi.
Tuproqning havo o’tkazuvchanligi. Tuproqning havo o’tkazishi uning g’ovakligiga ham bog’liq. Agar mayda qumdan 1 minutda1 hajm havo o’tsa, xuddi shundek sharoitda o’rtacha qumdan 84 hajm havo o’tadi. Yirik qumdan 961 hajm, mayda shag’al toshdan 5195 hajm havo o’tadi. Barometrik bosim ortishi bilan tuproqning havo o’tkazuvchanligi ham ortib boradi. Tuproq nam va qatlami qalin bo’lsa ham havo o’tkazuvchanligi kamayadi.
Tuproq kovaklari suvga to’lsa, uning havo o’tkazishi pasayib ketadi, agar hamma g’ovaklar suvga to’lsa va yaxlasa havo o’tishi nolga tenglashadi.
Atmosfera bosimi, uning harorati va tuproq suvlarining o’zgarib turishi tuproq havosining almashib turishiga ta’sir etadi.
Tuproqning havo o’tkazuvchanligi va oksigen bilan ta’minlanganligi katta gigienik ahamiyatga ega. Tuproqqa tushadigan organik moddalarning parchalanishi, oksidlanishi tuproqning ifloslanishini kamaytiradi. Bunday tuproq sog’lom bo’ladi va ularning o’z-o’zini tozalash jarayoni yaxshi o’tadi. Abu ali ibn Sino fikricha, kasal tuproq deb ataluvchi yer maydonlariga uy-joy qurib bo’lmaydi. Uning fikri hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Tuproqning fil’trlash xususiyati. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi deb uning yuza suvlarni o’ziga shimib olishi tushuniladi. Tuproqdagi suvning shimilishi fil’traciya jarayonining birinchi bosqichi bo’lib, bunda hamma g’ovaklar suvga to’ladi. Namlik ko’p bo’lsa, tuproqning suvni shimishi kamayadi. Suvga to’yingan tuproq og’irlik kuchi ta’sirida suvni harakatga keltirib ikkinchi, ya’ni fil’trlash bosqichiga o’tadi. Tuproqning suv o’tkazuchanlik xususiyati tuproqdaga suvlarni yig’ishda, yer osti suv havzalarini hosil qilishda katta ahamiyatga ega.
Yer osti suvlari aholini ichimlik suv bilan ta’minlashda va xalq xo’jalik ob’yektlarining suvga bo’lgan ehtiyojini qondirishda muhim rol’ o’ynaydi.
Tuproqning fkl’trlash xususiyatidai aholi turar joylarida paydo bo’ladigan chiqindi suvlarni zararsizlantirishda ham foydalaniladi.
Tuproqning suv sig’imi. Bu tuproqning shimish va kapillyar kuchlar vositasida o’ziga namlikni singdirib qolish xususiyatidir. Tuproqning g’ovakligi qancha kichik bo’lsa va hajmi qancha ortiq bo’lsa, uning sig’imi shuncha katta bo’ladi.
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, o’rtacha kattalikdagi shag’al 7% suv ushlaydi, yirik qum — 23%, o’rtacha qum 47% va mayda qum — 65% gacha suv ushlashi mumkin.
Namligi yuqori bo’lgan tuproq gigienik jihatdan kam ahamiyatga ega. CHunki namlik ko’p bo’lganda binolarning poydevori zax bosadi, havo yaxshi o’tmaydi.
Tuproqning kapillyarligi. Bu tuproqning chuqur qatlamlarida yotgan namlikni kapillyar naylar yordamida yuqori qatlamga ko’tarish xususiyatidir. Tuproqning donadorligi qancha kam bo’lsa, uning g’ovakligi shuncha kam va kapillyarlarga boy bo’ladi. Demak, suv ham shuncha yuqori ko’tariladi.
Tuproq kapillyarligining yuqori bo’lishi gigienik jihatdan talabni qondirmaydi. CHunki bunday tuproqlarga poydevor qurib bo’lmaydi. Binolar qurilayotganda tuproqning shu xususiyati hisobga olinmasa, imoratlar qurib bitkazilgandan so’ng uning podvaliga suv sizib chiqishi mumkin

.




  1. Download 3,24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish