Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


- rasm. Axlatni kompostlash maydoni



Download 3,24 Mb.
bet73/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

3 0 - rasm. Axlatni kompostlash maydoni.
1 — kompost maydoniga
keladigan yo’l; 2 — tosh bilan
shibbalangan yo’l; 3 — o’tish
ko’priklari; 4 — suvlarni oqizib
ketuvchi kanallar; 5 — kompost
g’aramlar; 6 — ik-kinchi darajali xom
ashyo; 7 — mashina va asbob-
uskunalar; 8 — xo’jalik maydoni.
Kompostlashning biotyermik jarayonida uch bosqich kuzatiladi: 1) haroratning ko’tarila borishi; 2) haroratning juda yuqori darajaga ko’tarilishi; 3) haroratning asta-sekin pasaya borishi.
Birinchi bosqichda sporasi bo’lmagan mezofil mikroorganizmlar jadal ko’payavyeradi. Ularning yashashi va ko’payishi uchun 25—30°S eng qulay harorat hisoblanadi. Bu mikroorganizmlar uchun issiqlik enyergiyasini axlat tarkibidagi parchalanayotgan organik birikmalar, ya’ni
karbon suvlar, organik kislotalar, oqsillar va boshqalar byeradi. Demak, kompostlashning birinchi bosqichida harorat sekin-asta ko’tarilib, organik moddalarning parchalanish jarayoni boshlanadi. Bu bosqichda ayni shu haroratga moslashgan sporali tyermofil mikroorganizmlarning ko’payishiga va rivojlanishiga sharoit tug’iladi. Mezofil mikroblar o’z-o’zidan qirila boshlaydi. Tyermofil mikro-organizmlar esa taxminan 42—45°S da ko’paya boradi.
Kompostlashda haroratning ko’tarilishi bir kundan o’n kungacha davom etishi mumkin. Kompostlash jarayonining ikkinchi bosqichi-da yuqorida aytganimizdek harorat ko’tarila borib mezofil mik-roorganizmlar tyermofil mikroblarining ko’payishiga sharoit tug’diradi. Bunday sharoitda bu baktyeriyalar tez rivojlanib, harorat har 10°S ga ko’tarilganda ularning ko’payishi ham 2—3
barobar ortib boradi. Bu jarayon kompost harorati 70°S ga ko’tarilguncha davom etadi.
Kompostlashning uchinchi bosqichida harorat sekin-asta pasaya bo­radi, ammo mikroorganizmlar soni kamaymaydi. Agar axlat tarki-bini ko’proq oziq-ovqat chiqindilari tashkil qilsa va uning namligi 65% bo’lsa bunday axlatni kompostlash yo’li bilan zararsizlantirib bo’lmaydi. CHiqindi axlatlarda namlik bo’lsa, ularda shamollash jarayoni buziladi. SHuning uchun ham chiqindi-axlatlarning namligi 45—55% atrofida bo’lgani maqsadga muvofiqdir.
Kompostlash maydonlari shahardan tashqarida yoki aholi turar joylaridan 500 metr uzoqlikda sanitariya-himoya chegarasida joylashtiriladi. Kompostlash maydoni tekis, yog’ingarchilik vaqtada suv bosmaydigan bo’lishi kerak. Kompost maydonlarining atrofi halqob suvlar oqib ketadigan aylanma ariqlar bilan o’raladi. Ariqlar cheti 25—30 sm ko’tarilgan bo’lib, kompost g’arami atrofiga manzarali daraxtlar ekiladi.
Har bir 1000 aholiga 0,13 ga yer maydoni kerak bo’ladi. Axlat g’aramlarini tashkil qilish uchun yer maydonlari oldindan rejalashtiriladi. Bu maydonning uzunligi 25—30 metr, eni — 3 metr bo’ladi. G’aramning balandligi esa 1—1,5 metr bo’lib, kompost tagiga shox-shabba yoki hashak yoyilib uning ustiga axlat bosiladi (30-rasm). G’aram faqatgina axlatlardan iborat bo’lib, usti va yon atrofi 15—20 sm qalinlikda tuproq bilan byerkitiladi, mabodo ilgarigidan qolgan gumusli kompost bo’lsa unda yangi kompost gumus bilan byerkitiladi. Tuproq va gumus bilan kompostlashda maxsus mikrofloralar qo’shiladi. Bunday qilinsa kompostga pashsha kirolmaydi, qo’lansa hidli gazlar tashqariga chiqmaydi.
S. Aglickiyning o’n uchta tajriba uchun tashkil qilgan kompostlari etilganda qilingan baktyeriologik analizlar shuni ko’rsatdiki, kompost harorati 45°S ko’tarilganda 1 gramm kompostda mikroblar soni 3,5—28 mln dan 0,2—3 mln gacha kamayadi, koli-titr 0,00001— 0,001 dan 1, hatto 10 gacha ko’tariladi, gijja tuxumlari ham o’la-boshlaydi. Kompost tarkibida azot — 0,75; fosfor - 0,4—0,86; kaliy — 0,5—0,75% ni tashkil qiladi. Kompost 5—12 oyda etiladi. Kompost etilganda rangi qoramtir jigarrang tusga kirib hidsiz, pashshalarni o’ziga jalb qilmaydigan moddaga aylanadi. Kompost etilgach to’r ogmda elanib, ulardan tosh, temir bo’laklari, oyna siniqlari ajratib olinadi. Hosil bo’lgan unsimon kompost bir gektar yerga 25—50 tonna atrofida tuproq unumdorligini oshirish uchun solinadi. Hosildorlik 6—9 c gacha oshadi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish