Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena



Download 3,24 Mb.
bet75/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

Poligonlar — chiqindi-axlatlar tashlanadigan yer maydonlari. Ularni qurishdan maqsad aholi turar joylarida axlatlarni to’planib qolishi oldini olish. Tashqi muhitni — atmosfera havosini, suv havzalarini, yer osti suvlarini, tuproqni iflosla-nishdan asrash. Qolavyersa aholi turar joylarida tozalikni saqlash.


31-
rasm. Ko’p miqdordagi axlatni qabul qiluvchi poligon.
a, b, v — axlatni joylashtirish tartibi; 1 — ko’kalamzorlashtirilgan chegara; 2 — to’r panjara; 3, 4, 5 — yuqori va oraliq qavatlarning kesma holdagi ko’rinishi; 6 — elektr yoritish ustuni; 7 — tug’on; 8 — poligonga kelish yo’li; 9 — vaqtinchalik yo’l; 10 — xo’jalik hovlisi; 11 — tepalikdagi zovur; 12 — nasos stanciyasi; 13 — zararli chiqindilar uchun ajratilgan maxsus joy.



Poligonlar aholi turar joylaridan 500 metr uzoqlikda, shamol oqimi aholi turar joylariga qarama-qarshi tomonga esadigan maydonlardagi chuqurlikda tashkil qilinadi.
Poligonlarni vaqtinchalik qurib, keyinchalik tekislab yuborish va o’rniga daraxtlar o’tkazish mumkin. Poligonlarning tagi suv o’tkazmaydigan qilib ishlanadi. CHiqindi-axlat tashlangach, 0,2—0,3 metr qalinlikda yoyilib ular shibbalanadi, so’ngra tuproq bilan ko’miladi.
Axlatlardan sizilib chiqqan suvni yig’ib ularni bug’latiladi yoki zararsizlantiriladi. AQSH va Olmoniyada xo’jalik axlatlarining 80% ti poligonlar yordamida yo’qotiladi.
SANOAT CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASH POLIGONLARI VA ULARNI KO’MISH
Barcha ishlab chiqarish korxonalarida juda ko’plab chiqindi-axlatlar hosil bo’lishi hech kimga sir emas. Bu chiqindi-axlatlar atrof-muhitga va inson salomatligiga zararlidir.
SHuning uchun ham, butun dunyo mamlakatlari sanoat korxonala- rining asosiy maqsadi texnologik jarayonlarni rivojlantirib, korxonalarda hosil bo’ladigan chiqindilarni kamaytirish. Bu esa uz navbatida isrofgarchilikning oldini oladi. Ammo bu ish osonlikcha amalga oshadigan ish emas. Bu ishni amalga oshirish uzoq vaqt, ko’p
mablag’ talab qilish barobarida yuqori malakali mutaxassislarning ishidir. SHu muammolar hal bo’lgandagina atrof muhitni ifloslanishdan saqlagan bo’lamiz.
12-1-007-76-raqamli Davlat standarti bo’yicha sanoat korxona chiqindilari o’zining tashqi muhitga ta’siri nuqtai nazardan to’rt turga bo’linadi.

  1. tur o’ta xavfli;

  2. tur o’ta kuchli ta’sir etuvchi;

  3. tur o’rtacha ta’sir etuvchi;

  4. tur kam ta’sir etuvchi tur,

Masalan, chiqindilar tarkibida simob, margimush, xrom, uch xlor sur’ma, benzpiren va boshqa shunga o’xshash hayot uchun xavfli kimyoviy moddalar bo’lsa, u holda bunday chiqindilar xavfliligi jihatdan 1-turga kiradi. Agar chiqindilar tarkibida mis xlorid, xlorli nikel’, uch oksidli surma, qo’rg’oshinli azot-tuz va boshqalar bo’lsa, o’zining xavfliligi jihatidan 2-turga kiradi. Korxona chiqindi-axlatlarida mis sul’fati, misning shovul kislotali tuzlari, nikelning xlorli tuzi, qo’rg’oshin oksidi, to’rt xlorli karbonlar bo’lsa o’zining kishi organizmiga ta’siri jihatidan 3-turga kiradi.
CHiqindi tarkibida fosfat, marganec, ruxning sul’fat tuzlari bo’lsa, 4- turga kiradi.
Kanadada sanoat-korxona chiqindilari 10 turga bo’linadi — organik ximikatlar, eritmalar, yog’lar, moylar, kislota va ishqorlar, metall chiqindilari, plastmassa chiqindilari, to’qimachilik chiqindilari, tyeri va rezina chiqindilari, yog’och va qog’oz chiqindilari. GFR da esa alohida chiqindilar ro’yxati bo’lib, yangi chiqindilar turi paydo bo’lsa ro’yxatga qo’shib boriladi va ularni zararsizlantirish chora-tadbirlari ko’riladi.
YUqorida zikr qilinganlardan ma’lum bo’ldiki, korxona chiqindi axlatlarining muayyan bir tasnifi yo’q ekan.
Lekin e’tiborga molik bo’lgan tasnif Moskva shahar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tavsiya qilingan tasnifdir. Bu quyidagilar:

  1. Gal’van kukunlari, loyqa cho’kmalari, reagentlar va kimyoviy reakciya chiqindisi kiradi. Ular o’z tarkibida kobal’t, nikel’, qo’rg’oshin, xromni ushlaydi. Kimyo sanoatining kislotali, ishqorli va noorganik chiqindilari ham kiradi.

  2. Turli suvlar cho’kmasi, neft mahsulotlarini ushlovchi sanoat korxona chiqindilari, sanoat korxonalari zonasidagi turli mahalliy va boshqa tozalash inshootlarida hosil bo’ladigan cho’kma chiqindilar.

  3. Neft chiqindilari, neft shlamlari, engil alanga byeruvchi suyuq

sovituvchi moylar, lak, moy, sanoat chiqindilari.

  1. Polimyer, plastmassa, sun’iy tolalar va boshqa chiqindilar.

  2. Vulkanizaciya chiqindilari.

  3. YOg’och sanoati chiqindilari.

  4. Qog’oz sanoati chiqindilari.

  5. Rangli, qora metallar, po’lat chiqindilari.

  6. SHlaklar, kullar, changlar.

10.0ziq-ovqat chiqindilari.

  1. Engil sanoat chiqindilari.

12.0yna ishlab chiqarish korxonalari chiqindilari.
13.Qurilish industriya chiqindilari.
SHu tasnif asosida sanoat korxonalarining chiqindilari tekshirib ko’rilib, xillarga ajratiladi. Ulardan xalq xo’jaligida xom ashyo sifatida foydalanish mumkin bo’lganlari ajratib olinadi. Foydalanishga yaroqsiz chiqindilar axlatxonalarga tashlanadi, suyuq chiqindilar esa kanalizaciyalarga oqiziladi. Keyingi vaqtlarda zararli chiqindilar dan xalq xo’jaligida foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Sanoat-korxona chiqindilari ikki turga bo’linadi, ya’ni foydalanish mumkin bo’lgan chiqindilar va foydalanish mumkin bo’lmagan chiqindilar. Foydalanish mumkin bo’lgan chiqindilardan xalq xo’jaligining turli sohalarida foydalaniladi.
Sanoat-korxona chiqindilaridan o’g’it sifatida, qurilish sohasida, ba’zi
bir mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish yoki qayta ishlanib yana yangi bir mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Masalan, ximiya, neft-ximiya sanoati sohasida ajraladigan shlam qoldiq qatlamlarining 1 mln tonnasi qayta ishlanib 4300 tonna kobal’t olish mumkin. SHuningdek, metallurgiya kombinatlarida ajraladigan shlaklardan va yonilg’ilarning yonishi natija­sida hosil bo’ladigan chiqindilardan cement, o’g’it, minyeral tolalar olinadi. Beton uchun to’ldirgichlar sifatida ishlatsa bo’ladi, kislotaga chidamli, izolyaciya matyeriallari tayyorlash ham mumkin. Sanoat chiqindi suvlarini ma’lum bir normada qishloq xo’jaligi sohasida ekinlarni sug’orish uchun ishlatish mumkin. Xulosa qilib aytganda, sanoat korxonalaridan chiqadigan hamma foydalanish mumkin bo’lgan chiqindilarni xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida ishlatsa bo’ladi. Bu gigienik va moddiy jihatdan katta ahamiyatga egadir.
Endi, foydalanish mumkin bo’lmagan korxona chiqindilariga kelsak. Ular zararsizlantirish uchun ko’mib tashlangan holda kelgusida inson salomatligiga zarar qilmasligini hisobga olib ish tutiladi.
O’mi kelganda shuni ham aytib o’tish kerakki, sanoat chiqindilari tarkibida turli-tuman xususiyatga ega bo’lgan kimyoviy moddalar bo’ladi. Ular uchuvchan, bug’lanuvchi, eruvchan va yana boshqa xossalarga ega bo’lishi mumkin.
Xavfliligi jihatidan birinchi turga tegishli neftni qayta ishlash natijasida hosil bo’ladigan zararli chiqindilar yiliga 5000 tonnani tashkil qiladi. Ularni faqat yoqish yo’li bilan zararsizlantirish mumkin. O’ta zararli moddalar birikmasi esa metall idishlarga (konteynyerlar) solinib, maxsus joylarga gigienik talablarga amal qilingan holda ko’mib yuboriladi.
Butun dunyo mamlakatlari amaliyotida foydalanish mumkin bo’lmagan chiqindilarni asosan yoqish yoki qizdirish usuli bilan zararsizlantiriladi va sanoat korxonalari uchun mo’ljallangan poligonlarga ko’miladi.
CHiqindilarni tyermik, ya’ni issiqlik usuli bilan zararsizlantirishda maxsus o’choqlarda 1000—1200oS da kuydiriladi, ularni yonishi oqibatida hosil bo’ladigan zararli gazlar gaz ushlagich moslamalarida, changushlagich qurilmalarida ushlanib qolinadi, bu bilan atmosfera havosi ifloslanishining oldi olinadi. Goho, sanoat erxona chiqindilari xo’jalik axlatlari bilan ham birga yoqilishi mumkin.
Uzoq vaqt foydalanish mumkin bo’lmagan chiqindilar sanoat korxonalarida maxsus joylarga to’planadi. Masalan, Olmaliqda joylashgan sanoat korxonalarining shu usul bilan yig’ilgan chiqindilari hozirda taxminan 40 mln tonnani tashkil qiladi. Kelgusida ularni qayta ishlashga jo’natiladi. Korxonalarda yig’iladigan chiqindilar juda zararli bo’lsa, keyinchalik maxsus poligonlarga ko’mib tashlanadi (sxema).
Poligonlar atrofi aylanasiga kanal bilan o’raladi. Bu kanallarda yig’ilgan gurunt, yomg’ir va qor suvlari yig’ilib, boshqa suv havzalariga quyiladi. Bu tadbir poligonni suv bosishdan asraydi. Bu kanal suvini suv havzalariga quyishdan oldin namuna olib tekshirib ko’riladi. Poligon atrofi tuproq bilan 1,5—1,7 metr balandlikda, kengligi 3—3,5 metr qilib shibbalanadi. Bu esa poligonni atrofdan keladigan sel, yomg’ir va qor suvlaridan asraydi. Poligonda ikki zona tashkil qilinadi. Biri ishlab chiqarish zonasi, ikkinchi si poligondan 25 metr uzoqlikdagi yoramchi xo’jalik zonasi.
Ishlab chiqarish zonasi besh uchastkaga bo’linadi, to’rtta uchastkada chiqindilarni turiga qarab zararsizlantirish ishlari olib boriladi. Besh in chi uchastkada esa chiqindilar yuqori haroratda yoqilib zazrsizlantiriladi.
Ishlab chiqarish zonasining to’rt uchastkasida zaharli chiqindilarning turiga qarab turli hajmdagi o’ralar qaziladi, har bir turga tegishli chiqindilar alohida-alohida, ko’miladi (jumladan, qattiq chiqindilar, pastaga (qaymoqsimon) o’xshash chiqindilar, suyuq va changsimon chiqindilar va boshqalar. Qaziladigan o’ralar hajmi chiqindilarning miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Agar ikki-uch xil chiqindi bir-birlari bilan qo’shilib zaharli birikmalar hosil qilmasa, ularni birga ko’mib yuborish mumkin.
Poligonga olib kelinadigan har bir chiqindi pasportida uning texnik xaraktyeristikasi, miqdori, tarkibi va ular bilan ishlashda texnika xavfsizligi chora-tadbirlari ko’rsatilishi kerak. Ayniqsa ularni qizdirganda, yoqqanda va ular bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlanganda qanday ehtiyot choralari ko’rish kerakligi belgilanishi kerak.
Suvda eruvchan va uncha ko’p bo’lmagan chiqindilar o’ta zaharli bo’lsa, o’ralarga 10 mm qalinlikdagi konteynyerlar bilan ko’miladi. O’raning tagi, yonlari begonlangan bo’lishi kerak. Qattiq, pastaga o’xshash va suvda yaxshi eriydigan zaharli chiqindilar o’ralarga ko’miladi, ammo o’raning tagi, atrofi 1 metr qalinlikda loy bilan chaplab suvaladi. CHangsimon, qattiq chiqindilar o’ralarga qavatma-qavat qilib, jipslashtirib ko’miladi. CHiqindilarning o’radagi eng ustki qismi yer yuzasidan 2 metr chuqurroqda bo’lishi va bu o’raga yaqin xududlar 8 metr kenglikda tekislanishi kerak. CHiqindilar ko’miladigan o’ra tuprog’ining fil’trlash koefficienti 10- sm/sekunddan oshmasligi ke-rak.
Poligonlarga yer maydoni sanepidstanciya xodimlarn bilan kelishilgan holda ajratiladi. Ammo, poligon tashkil etilmasdan oldin gidrogeologiya mutaxassislari poligon uchun mo’ljallangan maydonni sinchkovlik bilan o’rganib o’zlarining yozma xu1osa.1a.rim berishlari kerak.
Poligonlarni loyihalash davrida uning «pasporti» tuziladi. Pasportda tuproqning kimyoviy tarkibi, yer osti suvlari, atmosfera havosining kimyoviy tarkibi, chiqindilarning tarkibiy qismi, miqdori aks ettiriladi. Poligon ishga tushgach vaqti-vaqti bilan 3000 metr masofa radiusidagi atmosfera havosi, yer osti suvlarining tarkibi, o’simliklarning tarkibi, poligon yaqinidagi tuproq tarkibi tekshirib turiladi.
Sanoat-korxona chiqindilari maxsus transportlar yordamida poligonlarga maxsus yo’llar bilan olib boriladi. CHiqindilarni transportga ortish, tushirish va ularni ko’mish mexanizmlar yordamida yopiq sharoitda bajarilishi kerak. Avtomobil’ transportlari poligonning maxsus betonlangan maydonida yuvilib tozalanadi va zararsizlantiriladi. Bunday joylar poligondan 50 metr uzoqlikda joylashtiriladi. YUvindi suvlar, korxona suyuq chiqindi suvlari zararsizdantirish maydonlariga oqiziladi.
Gal’vanika ishlab chiqarish korxona chiqindilari chuqurligi 11— 12 metr bo’lgan o’ralarga tashlanadi. CHiqindilarning namligi 95— 98% bo’lib, tarkibida kislota-ishqorli tuz eritmalari va og’ir metallarning gidroksidlari bo’ladi. Bunday chiqindilarni neytrallash uchun kislotalar yoki ishqorlar qo’shiladi. CHuqur o’ralar to’ldirilgach 2—2,5 metr qalinlikda tuproq bilan ko’miladi.
Organik suyuq chiqindilar — emul’siya va emul’sollar, bo’yoq qoldiqlari, laklar, fenol suvlari, to’rt xlorli karbon, epoksid, akril va yarim efir qora moylari va polietilen pardalarning qiyqimlari, kleyonkalar, plastmassa ishlab chiqarish korxona chiqindilari 1,5 metr chuqurlikdagi o’ralarga ko’miladi. Bu moddalar bilan to’lgan o’ralarni 2—2,5 metr qalinlikda loy bilan ustidan byerkitiladi. Uning ustiga o’simlik o’stirish uchun go’ngli tuproq yotqiziladi. Bu yerga manzarali daraxtlar ekiladi.
O’ta zaharli chiqindilar — tarkibida simob, margimush, sinil kislotasi, fosfor, uglyerod sul’fid bo’lgan chiqindilar beton yoki
metall konteynyerlarda chuqur o’ralarga taxlanadi, konteynyerlar orasi tuproq bilan to’ldiriladi. Konteynyerlar taxlanib, o’ralar to’ldirilgach, usti

  1. 2,5 metr qalinlikdagi loy bilan byerkitiladi, keyin ustiga tuproq tortilib o’simlik ekiladi.

YOnish xususiyatiga ega bo’lgan korxona chiqindislaridan foydalanish yoki ularni qayta ishlash qiyinchilik tug’dirganda ularni suvdan ajratib olinib gorizontal cilindrli yoqish o’choqlariga tashlanadi. Bunday chiqindilar forsunkalar yordamida havo yuborilib yondiriladi. CHiqindilarni yoqish kamyerasida harorat 1300°S ga etadi. Bunday poligon Sankt-Petyerburgda «Qizil Bo’r» degan joyda qurilgan, Toshkent vohasining G’azalkent yaqinida ham ana shunday poligon bor.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish