Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


CHiqindi-axlatlarni issiqxonalarda (parniklarda)



Download 3,24 Mb.
bet74/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

CHiqindi-axlatlarni issiqxonalarda (parniklarda)
zararsizlantirish. CHiqindi-axlatlarni olimlarning isbotlashicha bemalol issiqxonalarda zararsizlantirish mumkin. Axlatlar tosh, temir, latta, oyna siniqlaridan tozalangach issiqxonalarga (parnik) fevral’ — mart oylarida solinadi. Axlatdagi bioximik jarayonlar ekzotyermik holda o’tishi natijasida hosil bo’lgan yuqori harorat issiqxonani isitadi, bu issiqlikdan unumli foydalanib, unga turli erta pishar ekinlar ekish mumkin.
Axlatdan hosil bo’lgan chirindi
o’simliklar uchun yaxshi ozuqa bo’ladi. Bu usuldan faqat bahor va qish oylarida foydalanish mumkin.
Mukammallashtirilgan axlatxonalar. SHu narsa ma’lumki, aholi
turar joylardan yig’ilgan axlatlardan har doim ham qishloq xo’jaligida foydalanilmaydi. SHuning uchun ham ortiqcha axlatlarni zararsiz holatga keltirish maqsadida mukammallashtirilgan axlatxonalarni shahardan 1000 metr uzoq masofada quriladi. Axlatxonaga ko’milgai axlatlar ustidan

  1. 25—0,5 metr qalinlikda tuproq yotqiziladi. Bu, axlatlarni pashshadan, atrof muhitni esa noxush hidlardan asraydi. Tuproqqa ko’milgan axlatda bioximik jarayonlar bo’lib o’tadi. Bu jarayonlar harorat ko’tarilishiga bog’liq holda bo-radi. Harorat bunda 60—70°S ga ko’tarilib, organik moddalar gumusga aylanadi, patogen mikroblar va gijja tuxumlari qiriladi. Mukammallashtirilgan axlatxonalar to’ldirilgandan so’ng ular ustiga tuproq tortilib, tekislanadi, so’ng daraxtlar ekiladi.

So’nggi yillarda axlatlarni mexanizmlar yordamida qayta ishlash uchun maxsus zavodlar qurilmoqda. Masalan, yiliga 65000 tonna axlatni qayta ishlash zavodi Sankt-Petyerburgda qurilgan. Bu zavodni loyihalashda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ishga tushirilgan «Dono», «Sifal’» «Djon-Tompson» firma loyihalaridan va tajribalaridan foydalanilgan.
Zavodda hishloq xo’jaligi uchun azotli o’g’itlar ishlab chiqariladi. Zavodda axlatlarni qabul qilish va xillarga ajratish bo’limlari bo’ladi. Zavodga keltirilgan axlatlar temir-tyersak, toshlardan va boshqa narsalardan tozalangach biobarabanlarga (diametri 4 m, uzunligi 60 metrli) solinadi. Biobarabanlarda axlatlar 1—3 kun shamollatiladi, so’ng ma’lum darajada namlik byerilgach, biobaraban aylanib ularni aralashtiradi. Aylanish natijasida chiqindilar qizib ularning harorati 50—60° S ga ko’tariladi. Bu tyermofil mikroblarning va organik moddalarning birgalikdagi bioximik jarayonlari natijasida yuzaga keladi.
Harorat 50—60°S ga ko’tarilganda patogen mikrofloralar va gel’mint tuxumlari qirila boshlaydi. SHu yo’l bilan axlat kompostga, deyarli zararsizlangan chirindiga aylanadi. Albatta, bunda umumiy mikroblar soni kamayadi, koli-titr 0,1—0,01 ga keladi, pyerfrings titri ham ko’tariladi. Ammo bu usulda axlatni zararsizlantirish darajasi yuqori bo’lmaydi. SHuning uchun bunday kompostlarni qo’shimcha kolxoz yer maydonlarida g’aramlar tashkil qilinib zararsizlantiriladi va etiltiriladi.
CHiqindi-axlatlarni yoqish yo’li bilan zararsizlantirish. Bu usulning boshqalaridan afzalligi shundaki, bunday zararsizlantirilgan chiqindi-axlatlar epidemiologik, gigienik tomondan xavf tug’dirmaydi. SHu bilan birga chiqindi-axlatlarni uzoq masofaga olib borish uchun ketadigan transport xarajatlari tejaladi hamda bu usulda chiqindi-axlatlar tez va tugal zararsizlantiriladi. Axlat yonishidan hosil bo’lgan issiqlik, shlak va bug’lardan xalq xo’jaligida foydalanish mumkin.
Axlat yoqish zavodlarini qurish quyidagi-hollarda tavsiya qilinadi.

  1. katta shaharlarda axlat miqdori juda ko’p bo’lganda, yer maydonlarini ajratish qiyin bo’lsa hamda axlatxonalar shahar xududidan ancha uzoq bo’lganda;

  2. dam olish uylari qurilgan shaharlarning chiqindilarini tez yo’qotish maqsadida;

  3. sanoat korxonalari joylashgan joylarda, ko’mir ishlatiladigan joylarda hosil bo’ladigan axlatlar tarkibida juda ko’p yonmagan ko’mir chiqindilari bo’lsa;

  4. epidemiologik jihatdan xavf tug’diradigan shifoxona, sanatoriy, vetyerinariya muassasalari va boshqalarning chiqindi-axlatlarini kuydirib zararsizlantirish tavsiya etiladi;

CHiqindi-axlatlarni yoqish yo’li bilan zararsizlantirishda ular quruq, yangi, chirimagan, namligi 45% dan yuqori bo’lmasligi, hosil bo’ladigan kul 45% lar atrofida bo’lishi kerak.
Hozir respublikamizda kam va shu bilan birga ko’p miqdordagi chiqindi-axlatlarni yoquvchi stanciyalar mavjud. SHuningdek markaziy shaharlarda sutkasiga 600—700 tonnagacha axlat yoquvchi maxsus zavodlar bor. Bunday zavodlarni aholi turar joylaridan 300—500 etr uzoqroqda qurish maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy texnika bilan jihozlangan zavodlar o’chog’ida chiqindilar 1000°S — 1300°S da yondiriladi. Axlat bunday haroratda yonganda tutun chiqmaydi, kuli esa maxsus kul ushlagichlar yordamida ajratib olinadi.
CHiqindilar yonishidan hosil bo’lgan issiqlikdan hammomlarni, kirxonalarni isitishda yoki elektr enyergiya olish uchun foydalanish mumkin. 1 kg chiqindi-axlatdan 0,5—1,0 kg bug’ hosil bo’ladi.
CHiqindilarni saralash stanciyalari. Markaziy shaharlarda juda ko’p axlatlar to’planishi hammamizga sir emas. Mutaxassislar-ning hisoblashicha yiliga har ming kishidan 200 tonna chiqindi-axlat to’planar ekan. Bu chiqindi-axlatlarning ichida qayta ishlash zarur bo’lganlari borligi sababli ham axlatlarni saralash zavodlari qurish talab qilinadi.
Axlatlarni saralash zavodida quyidagi ishlar bajariladi:
axlatni qabul qilib olish va saralash;
ulardan xalq xo’jaligida qayta ishlash mumkin bo’lgan narsalarni ajratib olish (qog’oz, temir-tyersak, shisha siniqlari va to’qimachilik mahsulotlari);
qolgan chiqindi-axlatlarni zararsizlantirish va ulardan o’g’it sifatida foydalanish;
qoldiq axlatlarni yoqish va ularning issig’idan, shlaklaridan foydalanish;

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish