Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


TURAR JOYLARDA YIG’ILADIGAN CHIQINDI-AXLATLARDAN TUPROQNI MUHOFAZA QILISH



Download 3,24 Mb.
bet70/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

TURAR JOYLARDA YIG’ILADIGAN CHIQINDI-AXLATLARDAN TUPROQNI MUHOFAZA QILISH
Tuproqni chiqindilardan muhofaza qilish uchun bir qancha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bu ularni yig’ish, olib chiqib ketish, zararsizlantirish va utilizaciya qilishdir.
Qattiq chiqindilarni tozalash. Turar joylarni turli chiqindi- iflosliklardan tozalash uy-joydan boshlanadi. Buning uchun ham 6—7 kishilik xonadonga kundalik chiqindilarni yig’ish uchun 12—15 litrli qopqoqli idish kerak bo’ladi. Jamoa joylarida bunday idishlar qopqog’ini ochish uchun moslama o’rnatiladi. Bunday idishlar bir sutkada bir marta bo’shatiladi.
CHiqindi-axlatlarni sanitariya, epidemiologiya jihatdan xavfliligini hisobga olib, axlat idishlarini bo’shatayotganda xavf-sizlik qoidalariga rioya qilish zarur. Uy-joylardan chiqqan axlatlar odatda tortadigan trubalarga yoki hovli chekkasidagi idishlarga
bo’shatiladi. Idishlar qopqoqli bo’lsa, pashsha va kemiruvchi hayvonlar kirmaydi.
Axlat tortuvchi trubalar. Bular odatda ko’p qavatli binolarga o’rnatiladi. Trubalar yuqoridan pastga qarab yo’nalgan bo’lib, binoning har bir qavatidagi maydonchasiga axlat qabul qiluvchi qopqoqli moslama o’rnatiladi. Binoning eng pastki qavatiga yig’ilgan axlatlar uchun qabulxona quriladi. Bu yerga maxsus bunkyer va shamollatish uchun moslama o’rnatilgan bo’ladi. Eshigi ham binoga kiradigan eshikdan ajratilgan bo’lishi, unga vodrovod va kanalizaciya o’rnatilgan bo’lishi kerak. Kamyeradagi bunkyerning hajmi xonadonlardan tushadigan axlat miqdoriga va necha marotaba tashib olib ketilishiga bog’liq.
Ko’pincha ko’p qavatli binolar da axlatlarni yig’ish, ularning olib chiqib ketilishini yaxshilash maqsadida axlatlar mexanizmlar yordamida transportirovka qilinadi yoki avval konteynyerlarga yig’ilib, so’ngra temir rel’slar yordamida mashinalarga ortiladi. Agar axlatning zichliga 0,2—0,3 t m ga teng bo’lsa, idishncng hajmi 100 litr bo’lishi zarur. Bunday idishni ikki kishi bemalol ko’tarib mashinaga orta oladi. Har bir kishi hisobiga yil davomida 0,4—0,5 m chiqindi to’g’ri kelsa, 100 litrli idish 50—60 kishi uchun etarli bo’ladi.
CHiqindi-axlatlarni yig’ishga mo’ljallangan 100 litrli idishlar asfal’t yo’l chekkasiga, turar joy dan 20 metr nariga o’rnatiladi, Dam olish zonalarida bunday idishlar yashil zonalarga joylashtiriladi. Axlat idishlari soni va ularni joylashtirish iqlim sharoitiga, maydonning tuzilishiga qarab o’zgarishi mumkin.
Kam qavatli turar joylarda, xo’jalik hovlilarida chiqindilar uchun shkaflar qurish mumkin.
Sovuq iqlimli regionlarda ko’p qavatli binolardan chiqadigan axlatlar
uchun shu uyning pastki qavatiga maxsus joy ajratiladi. U yerga isitish batareyalari o’rnatiladi, shamollatish moslamasi poliga trap o’rnatiladi. CHunki axlat to’planadigan xonaning harorati kamida + 5° S bo’lishi kerak. Axlat olingandan so’ng cementli pollar suv bilan yuvilib traplar orqali kanalizaciyaga tushiriladi.
Ko’pincha ko’p qavatli uylarning hovlisiga betondan qilingan maydonchaga axlat yig’ish uchun 400—700 litrli konteynyerlar o’rnatiladi. Bunday konteynyerlar po’latdan, qalinligi 2 mm li tunukalardan yasaladi. Uning og’irligi 106 kg ga teng. Konteynyerlarning qopqog’iga axlat tashlash uchun 420 x505 mm li teshik o’rnatiladi. Hajmi 700 litrli konteynyer 400—500 aholiga xizmat qiladi. Agar bunday konteynyerlar qo’yishning iloji bo’lmasa, tagsiz yashikka axlat yig’iladi. Bunday yashiklar betonli yoki asfal’tlangan maydonga o’rnatiladi. CHiqindi- axlatlarni olib ketish vaqtida yashik olinadi va maydondagi axlat mashinalarga ortiladi. Bunday taxta yashiklarning og’irligi 60 kg ga teng.
Planli tozalashni uyushtirish. Bunda hovli-joylarda yig’ilgan chiqindi- axlatlar sanitariya talablariga asosan planli ravishda, do-
im bir vaqtda maxsus transportlar yordamida olib chiqib ketiladi. Bunda turar joylarning sanitariya holatini saqlash shu yerda yashovchilar va turar joylarni boshqarish idoralarining boshliqlari zimmasiga tushadi.
Tozalashni planli ravishda uyushtirish anchagina tayyorgarlikni talab qiladi. Buning uchun har bir turar joydagi aholi sonini, paydo bo’ladigan chiqindi-axlatlar miqdorini aniqlash, ularni kerakli jihozlar bilan jihozlash zarur bo’ladi. Axlat, tashiydigan mashikalar, axlat yigish uchun maxsus idishlar va ishchilar bilan ta’minlash ham ular zimmasiga yuklatiladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish