Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena



Download 3,24 Mb.
bet64/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

VI BOB
TUPROQ GIGIENASI VA TURAR-JOYLARNING SANITARIYA HOLATINI YAXPSHLASH
Tuproq tashqi muhitning asosiy elementlaridan biridir, Viruslardan tortib odamzodgacha, o’simliklardan hayvonlargacha bo’lgan jonivorlarning hayoti tuproq bilan bog’langan. Tuproqda yashaydigan jonivorlar tuproqdan oziq olsa, odamzod yerdan unib chiqqan mahsulotlardan bahramand bo’ladi. Odam va hayvonlarning salomatligi tuproqning sanitariya holatiga bog’liq.
Geolog va tuproqshunoslarning fikricha, tuproq tog’ jinslarining ustki qavati bo’lib, o’sha jinslarga suvning, shamolning, havoning birgalikdagi ta’snri ostida vujudga kelgan tashqi muhitning asosiy elementidir.

  1. R. Vil’yamsning fikricha, tuproqni bamisoli bir o’lik tana deb hisoblash xato hisoblanadi. Tuproq juda murakkab minyeral va organik moddalar aralashmasi bo’lib, u bir daqiqa ham tinch holatda bo’lmaydi. Tuproqdagi jonivorlar ham bir-birlari bilan bog’liq holda yashaydi. Tuproqning tinch turishi uning o’limi demakdir, deydi olim.

Tuproq qoplamida paydo bo’ladigan o’zgarishlar faqatgina yerning chiroyini ochib qolmay, balki uning tarkibini ham o’zgartirib yubo-radi. Masalan, katta maydonlarga daraxtlar ekib, o’rmonlar barpo
qilish, yerlarning melioraciyasini yaxshilash maqsadida zovurlar kovlash, hosildorlikni oshirish maqsadida organik va minyeral o’g’itlar ishlatish va hokazolar yerning tuzilishini, uning tarkibini, fizik va kimyoviy xususiyatini o’zgartirib yuboradi.
Tuproq qoplamining o’zgarishi turar joylarda yaqqol ko’rilmoqda. Sanoat korxonalari zich joylashgan territoriyalarda tuproq turli kimyoviy elementlar, organik moddalar bilan to’yinmoqda. Demak, tuproq tarkibining o’zgarishiga insonlar sabab bo’lmoqda.
Texnika taraqqiyoti hatto yerning relyefini ham o’zgartirib yubormoqda. Ba’zi joylar chuqurlashib, ba’zi joylarda tepaliklar paydo bo’lmoqda. Hozir korxonalardan, konlardan juda ko’plab chiqindilar chiqmoqda.
Tuproq tarkibida juda ko’p mikroorganizmlar mavjud. Tuproq yuzasidagi mikroorganizmlar quyoshning ul’trabinafsha nurlari ta’sirida qirilsa, 5—10 sm chuqurlikdagilari esa aksincha ko’payadi. Tuproq mikroblarni ovqat, namlik va havo bilan ta’minlaydi. Bu omillar tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning yashashi uchun yaxshi sharoit yaratadi. Mikroorganizmlar organik moddalarning parchalanishiga yordam byeradi. Tuproqda mikroorganizmalardan tashqari, bir hujayrali sodda hayvonlar, mog’orlar, chuvalchanglar, baktyeriofaglar, viruslar, kana va pashsha tuxumlari va boshqalar yashaydi. Bunday jonivorlar tuproqdagi organik moddalarni parchalab tuproqning chiqindilardan tozalanishiga yordam byeradi.
Gigienik va epidemiologik jihatdan xavfli tomoni shundaki, tuproqda mikroorganizmlar ancha uzoq yashaydi. Masalan, qoratuproqli, qum- tuproqli yerlarda ichburug’ mikroblari 25 kundan 100 kungacha, qorin tifi va paratif mikroblari esa 100 kundan 400 kungacha yashashi mumkin.
Masalan, poliomielit viruslari, ESNO 1, ESNO 9, Koksaki VZ kabilar oddiy qum-tuproqda, qumoq tuproqda 100—150 kungacha yashashi mumkin. Ba’zi bir sporali baktyeriyalar, jumladan gazli gangrena, botulizm, kuydirgi va boshqalar o’n yillab yashashi mumkin.
Mikroblar kishi organizmiga to’g’ridan-to’g’ri yoki shu infekciyalar bilan ifloslangan meva va sabzavotlar orqali yuqishi mumkin.
Tuproqning tabiiy holatini ayniqsa sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindilar buzmoqda.
Sanoat korxonalaridan 2—12 km uzoqdagi masofadan simob, margimush, ftor, qo’rg’oshin, mis, marganec, temir va boshqa shu kabi elementlar topilgan. Ular o’simlik tanalariga o’tib, ularni zarar-lashi mumkin. O’simlik tarkibida sanoat chiqindilarining mavjud-ligi hayvon va insonlar sog’ligi uchun juda katta xavf tug’diradi.
N.I. Xlebnikov ximiya kombinatidan 1,5—2 km uzoqdagi masofadan sul’fat kislota koncentraciyasini topgan.
Tuproqqa ximiya zavodlari va boshqa manbalardan rak kasalli-gini keltirib chiqaruvchi kancyerogen moddalar ham tushishi mumkin. Bu jihatdan benzpiren moddasi juda xavfli. Ayniqsa, benzpiren 3,4 ko’p miqdorda Sankt-Petyerburg, Dnepropetrovsk shaharlari tuprog’idan topilgan.
Qishloq xo’jaligida zaharli ximikatlarning tobora ko’p ishlatilishi tuproqda kimyoviy moddalarning to’planib qolishiga sabab bo’lmoqda. Ular havo orqali, yerga chiqindilarni to’g’ridan-to’g’ri tashlanishi oqibatida yoki dorilangan urug’lar orqali tushib yerni ifloslantirmoqda. Ayniqsa, xlororganik moddalarning tuproqda parchalanmay 4—10 yilgacha yashashi odamlarni tashvishga solmoqda.
Keyingi yillarda tuproq fosfororganik moddalar va gyerbicidlar bilan ifloslanmoqda. Tuproqning kundan-kunga ifloslanib borishi olimlarni tashvishga solib qo’ymoqda. Ular tuproqning ifloslanishi oldini olish yo’lida bir qancha tadbirlar ishlab chiqmoqdalar. Ular sanoat korxonalarini qoidaga bo’ysungan holda ishlashini kuzatmoqdalar, iqlim sharoitiga ahamiyat bergan holda tuproqlar uchun ruxsat etiladigan miqdorlarni ishlab chiqmoqdalar. Zaharli ximikatlar ko’p ishlatilayotganligi sababli tashqi muhit ob’yektlari ifloslanmoqda. SHu sababli darslikka zaharli moddalarga bag’ishlangan bob kirgizildi.
Hozirga vaqtda tashqi muhit ob’yektlariga turli sanoat korxonalaridan, turar joylardan, molxonalar va qurilish ob’yektlaridan juda ko’p miqdorda chiqindilar tushmoqda. Bu tuproqni ishdan chiqarib, odamlar sog’lig’ining puturdan ketishiga sabab bo’lmoqda. Demak, tuproqni ifloslanishdan muhofaza qilmaslik, tashqi muhitning boshqa elementlariga, jumladan odamlarning sog’lig’iga putur etkazishi mumkin.
Tuproqning sanitariya muhofazasi deyilganda kompleks tarzda bajariladigan tashkiliy ishlar tushuniladi. Ular gigiena, sanitariyaga oid ishlar bo’lib, tuproqni kimyoviy va biologik jihatdan ifloslanishining oldini oladi. Ular tuproqning o’z-o’zini tozalash jarayoniga zarar byermaydi. Tuproq sanitariya jihatdan tozalanganda o’simliklarga, odam va hayvonlarga zarar byermaydi, atmosfera havosi ifloslanmaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, hozirgi kunda sanitariya vrachining gigiena sohasini rivojlantirishdaga roli nihoyatda katta ekan.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish