Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena



Download 3,24 Mb.
bet61/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

SANITARIYA TADBIRLARI
Mazkur tadbirlar sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli chiqindilarni tozalash va bu usullarni takomillashtirishni o’z ichiga oladi.
Maxsus usulda qurilgan tozalash inshootlari mazkur sanoat kor-
xonalaridan ajralib chiqayotgan zararli omillarni kamaytirish yoki butunlay yo’qotish bilan shug’ullanadi. Tozalash inshootlari changlarni mexanik yo’l bilan, fil’trli apparatlar yordamida, elektrostatik fil’trlar va namlaydigan apparatlar vositasida ushlab qoladi.
Hozirgi vaqtda emg ko’p tarqalgan usul bu changlarni mexanik yo’l bilan quruq holda ajratib olish hisoblanadi. Bunga misol qilib cho’ktiruvchi kamyeralar, ciklonlar, maxsus kul ushlagichlarni ko’rsatish mumkin. Korxonalardan ajralib chiqayotgan chang zarralari nechog’li yirik bo’lsa, ularning cho’ktiruvchi kamyeralarda ushlanib qolishi shuncha samarali bo’ladi.
Ciklonlar hozirgi kunda eng ko’p foydalaniladigan usullardan biridir. Ular havoni yirik chang zarralaridan 85—90% tozalaydi.
Tuzilishining soddaligi va ishining samaradorligi jihatidan mitti batareyali ciklonlar ancha qulay hisoblanadi. Ular havoni hatto gazlardan ham tozalashi mumkin.
Mazkur turdagi apparatlarga aylanuvchi qismli vositalar ham kiradi. Ish samaradorligi yuqori bo’lgan, tutun va kullarni, gazlarni ushlaydigan, ayni vaqtda havoni almashtirib (ventilyaciyalab) byeradigan qurilmalar, inshootlar yaratish shu kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
CHanglarni cho’ktirish, fil’trlash uchun turli matolardan, sopol- kyeramika, metall-kyeramikalardan ham foydalaniladi. O’ta discyers gazlarni bunday havoli fil’trlardan o’tkazish natijasida gazlar changlardan yuqori darajada tozalanadi. SHu boisdan sanoat korxonalari tomonidan turli markali fil’trlar ishlab chiqilmoqda. Ayniqsa keyingi vaqtlarda sintetik va shisha tolali fil’trlar ancha ko’payib qoldi. Bunday fil’trli apparatlar yuqori haroratdagi gaz va changlar uchun juda qulay. Gaz tarkibidagi yopishqoq, yuqori haroratli changlarni tozalash uchun fil’trlovchi yuzalardan ham foy­dalaniladi. Bunga qum, mayda tosh, granulalar va boshqalar kiradi.
Elektrostatik fil’trlar (elektrofil’trlar) kichik zarrali changlarni yuqori kuchga ega bo’lgan elektr toki yordamida zaryadlab, qarama-qarshi zaryadli elektrodlarga yopishtiradi. Elektr tokini manbadan uzib qo’yish elektrodda yig’ilgan changlarning maxsus kamyeraga to’kilishiga sababchi bo’ladi. Elektrodga yig’iladigan changlar tabiati bo’yicha elektr zaryadini olish qobiliyatiga ega bo’lgan zarrachalar bo’ladi. Elektr fil’trlar yordamida havo tarkibidagi mayda zarrachalarning 95—99% i ushlanib qoladi. Agar chang koncentraciyasi yuqori bo’lsa, mazkur fil’trlarning ishlash samarasi ma’lum darajada kamayadi, bunda gazning elektrofil’trdan o’tish tszligi - ma’lum darajada rol’ o’ynaydi.
Elektrofil’tr apparatlari hozirda keng ko’lamda ishlatil-moqda, ular gazlarni changlardan tozalashda yaxshi samara byermoqda. Elektr fil’trlarning ish unumi juda yuqori bo’lib, u 1 soatda bir necha million m atmosfsra havosini o’zidan o’tkazish xususiyatiga ega.
Elektr fil’trlar vositasida gazlar tarkibidagi qattiq va suyuq zarrachalar ushlanib qolishi mumkin.
Elektr fil’trli apparatlar o’zlari ushlab qoladigan chiqindilar miqdoriga qarab quruq hamda namli turlarga bo’linadi.
UGT,* UVP,** SHMK***, SG**** va boshqa markadagi elektr fil’trli apparatlar ishlab chiqarilgan. Bulardan SG apparatida sanoat korxonalaridan chiqadigan qurum ushlanadi, SHMK apparati bilan sul’fat kislotasining bug’i ushlab qolinadi. Bir qator yig’ma apparatlar ham ishlab chiqilgan bo’lib, ular havoni gaz, qurum va changdan bir yo’la tozalaydi.
Havo tarkibidagi gaz, chang va boshqa yot aralashmalarni nam ushlagichlar yordamida, ya’ni skrubbyerlar vositasida ham tozalash mumkin. Keng tarqalgan skrubbyer markazga intiluvchi nam moslama bo’lib, u asosan havodaga kul va gazlarni ushlab qoladi va tozalaydi.
Gaz va changlarni yaxshi ushlab qolishi jihatidan Venturi skrubbyeri alohida ajralib turadi, mazkur apparat yordamida havodagi qattiq va aerozol zarrachalari ushlab qolinadi.
Sanoat korxonalari chiqindilaridan havoni tozalash uchun absorbciya va adsorbciya jarayonlarini bajaruvchi asboblar ishlatiladi. Bular skrubbyerlar, ko’pik hosil qiluvchi apparatlar, barbotyerlar va boshqa moslamalardir. Bunday usul bilan ajratib olingan mahsulotlar xom ashyo sifatida korxonalarga qayta foydalanish uchun qaytarilishi mumkin. Masalan, ximiya va neft-ximiya sanoati korxonalaridan ajralib chiqayotgan gazlardan ajratib olingan vodorod sul’fid, oddiy oltingugurt yoki sul’fat kislotalar shular jumlasidandir.
Atmosfera havosini tozalash yo’lida olib borilayotgan ishlar atmosferaga tushayotgan iflosliklarni bir necha mln tonnaga kamaytirmoqda. Bu o’z navbatida aholining salomatligini saqlashda ma’lum darajada ijobiy rol’ o’ynamoqda.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish