Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


HAVONI AVTOTRANSPORT VOSITALARI CHIQINDILARIDAN MUHOFAZA QILISH



Download 3,24 Mb.
bet60/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

HAVONI AVTOTRANSPORT VOSITALARI CHIQINDILARIDAN MUHOFAZA QILISH
SHahar havosini ma’lum darajada ifloslantiradigan omil-lardan biri avtotransport vositalaridir. Havo ifdoslanishining oldini olish yo’llaridan biri motorlarda paydo bo’ladigan zaharli moddalarni neytralizatorlar yordamida zaharsizlantirish hisobla-nadi. Bundan tashqari, avtomashinalar yoqilg’isining to’la yonishini ta’minlaydigan motorlar ishlab chiqish zarur. Atmosfera transport vositalaridan chiqadigan gazlardan ifloslanishining oldini olish uchun chorrahalarda tartib o’rnatish, transport harakatini to’g’ri
yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq. Ko’chalarga daraxtlar o’tqazish, yer osti yo’llarini ko’paytirish, ayniqsa chorrahalarda mashinalar to’xtab qolishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
Mabodo uy-joylar transport vositalari qatnaydigan yo’llarga yaqin qilib quriladigan bo’lsa, avval kam qavatli uylar, undan keyin ko’p qavatli uylar, so’ngra esa bolalar bog’cha-yaslisi, maktab va boshqalar qurilishi kerak.
Davlat avtomobil’ inspekciyasi shahar, rayon xududidagi avtomobillar sonini hisobga oladi, ularning texnik holatini tekshiradi. Jumladan, ular agregat dudburonidan chiqayotgan chiqindilar tarkibini tekshiradi. Davlat tomonidan tasdiqlangan is gazi ko’rsatkichi me’yoridan oshib ketsa, karbyurator sozlanmaguncha mashinadan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Is gazi miqdori gazoanalizator yordamida o’lchanadi, Bunday tekshirishlar avtopark va garajlarda uyushtirilishi katta ahamiyatga ega.
Avtomashinalar gaz yoki dizel’ yoqilg’isi bilan ishlasa havoning zararli moddalardan ifloslanishi ancha kamayadi, is gazi bunday yoqilg’ilarda umuman bo’lmasligi ham mumkin.
Keyingi yillarda «Kamaz», «Belaz» kabi mashinalar dizel’ yoqilg’isi bilan ishlamoqda.
ZIL-130 yuk mashinasi, GAZ-24 markali engil mashinalar gaz bilan ishlaydi. Mana shu tadbirlar tufayli atmosfera havosining zaharli gazlar bilan ifloslanishi birmuncha kamaymoqda.
1979 yildan boshlab ba’zi markadagi mashinalar dan chiqadigan zaharli moddalarni neytrallash maqsadida maxsus katalizatorlar ishlatilmoqda. Bular is gazi miqdorini 70—80% ga, uglevodorodlarni esa 50—70% ga kamaytiradi.
Keyingi yillarda atmosfera havosini muhofaza qilish masalasi butun dunyo olimlarini tashvishga solib qo’ydi. Ular elektromobil’ transportini ishlab chiqish va undan xalq xo’jaligida foydalanishni maqsad qilib qo’ymoqdalar.
AQSHning enyergetika vazirligi axborotiga qaraganda 2000 yilga borib 30 mln ga yaqin elektromobildan foydalanish ko’zda tutilgan. Biroq, bizda yaqin yillar ichida avtomobil’ vositalarini elektr bilan yurgizishga o’tkazish ancha murakkab masala hisoblanadi. CHunki mashinalar agregatini elektr bilan zaryadlash uchun ko’p miqdorda elektr enyergayasi kerak bo’ladi. YAna mashinalarni benzin yoqilg’isi bilan ta’minlaydigan stanciyalar kabi elektr zavodlari bilan zaryadlaydigan stanciyalar qurish kerak bo’ladi. SHunga qaramay, avto-mobillarning havoni ifloslantirishini kamaytirish borasida atroflicha ishlar olib borilmoqda.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish