Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena



Download 3,24 Mb.
bet57/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

юза



27 - rasm. Dudburonlardan tutunning tarkalishi
yaqinida tik, ko’ndalang hamda aylanma harakat qiladi. Ularning harakat tezligi yo’nalishiga bog’liq. Bunday harakat havoning quyosh nuri bilan notekis isitilishi, yer relyefining notekisligi natijasida vujudga keladi. Havo harakatining joy almashishi havo qatlamlaridagi harakatning turlicha bo’lishiga sababchi bo’ladi. Bu o’z navbatida havodagi zararli gazlar, bug’lar, chang va aerozollarning bir havo qatlamidan ikkinchisiga ko’chib
yurishiga, ularning miqdori o’zgarishiga sababchi bo’ladi.
Dudburonlardan chiqayotgan tutun va gazlarning oqimi uning haroratiga, yo’nalishiga bog’liq. Jumladan, to’lqinsimon havo oqimi tik haroratning mo’ri yaqinidagi o’zgaruvchanligiga bog’liq. Bunday o’zgarishlar odatda kunduzi, ob-havo ochiq bo’lgan vaqtda va quyosh nuridan yer qizib ketganda kuzatiladi.
Konussimon havo oqimi harorat o’rtacha, bulutli bo’lganda yoki shabada esib turgan paytda kuzatiladi.
YArim doira havo oqimi harorat almashib turishidan ilon iziga o’xshab dudburovdan uzoqlagan sari kengayib boradi. Bunday holat qor yoqqan paytda va sal shamol esganda havo ochiq vaqtda kuzatiladi.
YArim doira havo oqimi shamol tezligiga bog’liq bo’ladi. Bunday oqim havoni unchalik ifloslantirmaydi. CHunki chiqindi moddalar anchagina uzoq masofalarga uchib ketadi va havoda ko’proq «suyuladi».
Mabodo havoni ifloslantiruvchi manbalar vodiylarda, tog’larning oralig’ida joylashgan bo’lsa, gaz va chang chiqaruvchi mo’rilar ko’proq bo’lsa, u holda havoning vodiy bo’ylab ifloslanishi anchagina xavfli tus oladi. Bu zararli gazlar chang, kul va aerozollarning havodagi miqdori oshib ketishiga sababchi bo’ladi.
Dudburonlardan chiqadigan havo oqimi asosan kechasilari kuzatiladi, ko’pincha bu 1—2 soat davom etadi, ba’zvda 8—9 soat davom etishi ham mumkin.
Ifloslangan havoning mo’rilardan burqirab chiqishi odamda noxushlik uyg’otadi. U zaharli moddalarni yer yuzasiga yaqinlashtirib, tuproq va o’simliklarni ifloslantiradi. Ayniqsa qish faslida havo haroratining pasayib ketishi dudburondan chiqqan yuqori harorat-dagi zararli moddalarni sovuq havo bilan aralashib pastga oqishiga sabab bo’ladi. Bu vaqtda mo’rilar atrofida zararli moddalar koncent-raciyasi oshib ketadi. Natijada tuproq ham ifloslanadi. Agar bun-day oqim bir necha kun davom etsa, aholi
salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Atmosfera havosida zararli moddalarning gorizontal yoki yotiq holda tarqalishi havo tezligi va yo’nalishining o’zgaruvchanligaga bog’liq.
Mabodo shamol tezligi sust bo’lsa, zararli moddalarning atmos-fyera havosidagi miqdori ancha ortadi, bu esa aholi orasida zaharla-nish xavfini kuchaytiradi. SHamol tezligining 2 m/sekundga kamayi-shi havodagi birikmalar tarqalishini asosiy manbadan 5—6 km yaqin-lashtiradi, sul’fid angidrid miqdorini esa 2 marta kamaytiradi.
SHamol tezligi qanchalik kuchaysa, havodagi zararli birikmalar
shuncha uzoqlashadi, ularning suyulishiga imkon tug’iladi. Ayniqsa,
havo harakati girdobli bo’lsa, birikmalarning aralashib ketishi ham intensiv bo’ladi.
Atmosfera havosining ifloslanishi shamol oqimi tezlashganda yoki susayganda o’zgaradi. Bunday o’zgarishlar havoning nihoyatda ifloslanishiga olib keladi. Ayniqsa, O’rta Osiyo respublikalarida yoz faslida, Sibirda esa qish faslida yirik sanoat korxonalari joylashgan shaharlarning sharoiti ancha yomonlashadi. Atmosfera havosi kuchli ifloslanib, odamlarning salomatligiga kuchli ta’sir etadi, go’yo havo etishmayotgandek tuyuladi.
Demak, sanoat korxonalarini qurish davrida, uning loyihalari tuzilayotganda joyning relyefi, topografiyasi inobatga olinishi kerak.
Pastqam yerlarda havoning to’xtab qolishi kuzatiladi. Bu esa o’z navbatida havoning ifloslanishiga sabab bo’ladi.
Uncha baland bo’lmagan tepalik relyefiga ega bo’lgan joylarning atmosfera havosi tekis relyefga ega bo’lgan joylarning atmosfera havosidan uncha farq qilmaydi. Biroq tepaliklar 50—100 metr, ularshshg qiyaligi 5— 6° ga teng bo’lsa, havoning ifloslanishi 50% ga etishi mumkin. Agar mo’rilar uzunligi o’rtacha bo’lsa, bunday holat sodir bo’ladi. Korxonalar qurilayotganda shamol yo’nalishiga ahamiyat byerilishi zarur.
Agar tepalik shamol yo’nalishida joylashgan bo’lsa, tepalik yoy- bag’rida shamol kuchi pasayib, havo havzasining ifloslanishiga olib keladi.
Notekis yer relyefining atmosfera havosini ifloslantirishga ta’siri juda katta, shuning uchun ham keyingi vaqtlarda notekis joylardagi atmosfera havosining ifloslanish darajasini to’g’ri hisoblash uchun qo’shimcha koefficientlar kirgizilmoqda.
Atmosfera havosidagi zararli moddalarning tarqalishiga shahar qurilishining ta’siri katta deb hisoblanadi. Ma’lumki, quyosh nurining tushishi, namlik, shamol rejimi, harorat katta shaharlarda bir qadar o’zgarib ketdi. Temir-beton uylar, asfal’tlangan ko’chalar, uylarning baland qilib qurilishi yoz faslida atmosfera havosining isib ketishiga, havo aeraciyasining kamayishiga olib boradi. SHu sababli shaharlar issiqlik tarqatuvchi orolga o’xshab qolmoqda, kichikroq territoriyalarda yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga ko’tariluvchi havo oqimi paydo bo’lmoqda. Transport vositalari ko’payshpi sababli havo tumanlari sodir bo’lmoqda, atmosfera havosidagi ifloslanishlarning tarqalishiga, ularning suyulishiga to’sqinlik qilmoqda.
Atmosfera havosining ifloslanishi natijasida yer yuzasi ham katta zarar ko’radi. Bunday ahvoldan qutulish uchun olimlar bir qancha takliflar kiritmoqdalar. Dudburon mo’rilarining baland qilib qurilishi katta ahamiyatga ega.
Dudburon mo’risi ustidan o’tadigan shamol qancha tez bo’lsa, ifloslanish darajasi shuncha kamayadi.
Baland qilib qurilgan dudburon yer yuziga yaqin bo’lgan havoning
ifloslanishini kamaytirish bilan birga, tutun bilan ifloslanish radiusini oshiradi. Mo’rining uzunliga 20—40 metrga teng balandlikda qurilsa, ifloslanish darajasi eng yuqori bo’ladi. Hozir dudburon mo’rilarining 180—320 metrga teng balandlikda qurilishi havodagi ifloslanishning 10 km va undan ham uzoqroq masofaga tarqalishiga sabab bo’lmoqda.
Atmosfera havosining yer yuzasiga yaqin qatlamlaridagi ifloslantiruvchi moddalar qoncentraciyasining kam bo’lishi yoki ko’proq miqdorda aniqlanishi havo harakatidagi notekis har xil yo’nalishlarning mavjudligidandir. Jumladan, pastlik joylarda havo harakatining ancha sekinligi, hatto to’xtab qolgan holatlari ham kuzatiladi.
Atmosfera havosining ifloslanish darajasi havo havzasiga tushgan chiqindilar miqdoriga bog’liq. CHiqindi moddalar kg, g, mg lar bilan ifodalanib, ma’lum vaqt bilan belgilanadi. Masalan, sut-ka/kg, sekund/gramm, yil/tonna bilan belgilanadi.
Atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar uyushgan va uyushmagan holatda amalga oshiriladi. Masalan, ventilyaciya sistemasi yoki aspiraciya yo’li bilan yig’ilgan gaz yoki boshqa chiqindilar yig’ilgan holda chiqarib tashlanadi. Bunday chiqindilar tarkibidagi moddalar koncentraciyasi yuqori bo’lganligi sababli ular atmoefyeraga mo’rilar orqali chiqarib tashlanadi. Masalan, isitish qozonlaridan, issiqlik elektr standiyalaridan chiqqan tutun va gazlar mo’rilar orqali atmosferaga chiqariladi. Bunday chiqindilar kichik-kichik cexlardan, dastgohlar ustiga o’rnatilgan qopqoqlardan quvur-lar orqali so’rilib, yig’ilgan holda ventilyaciya quvurlari orqali chiqarib yuboriladi.
SHuni aytish kerakki, uyushmagan holdagi chiqindilarning atmosfera havosiga chiqarib tashlanishi atrof-muhitga asoratli ta’sir ko’rsatmoqda.
Uyushgan chiqindilar miqdori va ular tarkibidagi ayrim moddalar koncentraciyasi turli usullar bilan o’lchanadi.



Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish