Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


ATMOSFERA HAVOSINING O’SIMLIKLARGA TA’SIRI



Download 3,24 Mb.
bet55/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

ATMOSFERA HAVOSINING O’SIMLIKLARGA TA’SIRI
Sanoat korxonalaridan ajralayotgan chiqindi moddalarning barchasi, jumladan kislotalar, ishqorlar, changlar, gazsimon hamda bug’simon moddalar o’simliklar olamiga asoratli ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, katta- katta sanoat korxonalari atrofidagi yashil o’rmonlar 3—25 km narida joylashgan bo’lishiga qaramay, chiqindi-lar bilan zararlanishi haqida ma’lumotlar bor. Zaharli gazlar o’simlik barglarining hujayra protoplazmasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa ftor, xlor, sul’fid angidrid gazi o’simlik barglariga juda zaharli ta’sir ko’rsatadi, hatto uni kuydirib yuboradi. Agar 1 m havodagi O2 miqdori 1 mg bo’lsa, fotosintez jarayoni susayadi. CHang, qurum va boshqa chiqindilar daraxt barglariga o’tirib, ularning nafas olish teshikchalarini bekitib qo’yadi. Natijada quyosh nurining xlorofil donachalariga etib borishi keskin kamayadi.
Sanoat korxonalari dudburonlaridan chiqayotgan dud va qurumlar ta’sirida ham daraxt barglari sarg’ayadi, daraxtlarda turli dog’lar paydo bo’ladi, o’simlik barglari qurib, to’kiladi. Archa hamda mevali daraxtlar gaz ta’siriga o’ta sezgirliga bilan ajralib turadi.
Sanoat korxonalari atrofidagi o’rmonlarda yashovchi qushlar, turli hayvonlar mazkur joydan havosi tozaroq joylarga qochib ketadilar. Havosi buzilgan joyda hatto asalarilar ham qirilib ketadi.
Atmosfera havosining ifloslanishi faqat o’simliklar dunyosiga emas,
balki tuproqqa, daryo suvlariga ham zararli ta’sir ko’rsatadi.
TURAR JOYLAR HAVOSIDAGI ZARARLI MODDALARNING GIGIENIK NORMALARINI ISHLAB CHIQISH QOIDALARI
Gigiena xodimlari havodagi zararli moddalarning ruxsat etiladigan miqdorini aniqlash borasida bir qator nazariy va amaliy tadbirlar ishlab chiqdilar. Bu sanoat korxonalari oddiga iflos chiqindilar miqdorini normadan oshirmaslik vazifasini qo’yadi. SHu sababli ko’pgina korxonalarda texnologik jarayonlar o’zgartirildi, tutun, chang, qurum va zaharli gazlarni ushlab qoluvchi vositalar o’rnatildi. Har bir kimyoviy modda uchun ruxsat etiladigan miqdor (REM) ishlab chiqildi va uni amalda tatbiq etishga katta ahamiyat berildi.
Mabodo atmosfera havosining ifloslanish darajasi aniqlansa, unda faqat moddaning nomini, miqdorini bilishning o’zi kifoya qilmaydi. Bunda aniqlangan miqdor ruxsat etiladiganidan necha foiz ortdi, deb so’raladi.
Atmosfera havosida zaharli moddalarning REM ini aniqlash uchun avval eng kichik miqdor aniqlanadi. Bu kichik miqdor REM ni aniqlash uchun kerak bo’lgan limitli sezgir ko’rsatkich bilan izohlanadi. Agar kishining sezgi a’zolari havodagi zararli moddalar hidini sezmasa, biroq mazkur miqdor organizmga hamda tashqi muhitga zarar qilmasa, u holda zaharli moddaning limit ko’rsatkichi odamning sezgi a’zolari hisoblanadi. CHunki eng kichik bo’sag’a miqdorni hozirgi kunda odamning sezgi a’zolari aniqlaydi.
Agar mazkur miqdor tashqi muhitga ta’sir qilsa, u holda gigienik norma ishlab chiqilayotganda tashqi muhitni o’zgartiruvchi eng kichik bo’sag’a miqdor nazarda tutiladi.
Atmosfera havosidagi har bir zaharli moddaga gigienik jihatdan ikki xil norma, ya’ni katta va o’rtacha sutkalik ruxsat etiladigan kichik bo’sag’a miqdor belgilanadi. REMning turar joylardagi atmosfera havosi ifloslanishini o’rganishda ahamiyati katta. O’rtacha sutkalik REM, moddaning organizmga umumiy ta’siri, kancyerogen, mutagen ta’siri surunkali tajriba o’tkazish yo’li bilan o’rganiladi.
Katta ruxsat etiladigan miqdorni topish uchun odamning nafas yo’llariga 5—20 minut davomida ish zonasi havosiga mo’ljallangan REM ta’sir ettiriladi. Bunday miqdor odam uchun xavf tug’dirmaydi. Eng avval moddaning hidi aniqlanadi. Bo’sag’a osti miqdori ruxsat etiladigan miqdor deb qabul qilinadi va maxsus komissiyalar tomo-nidan tasdiqlanib, qonunlashtiriladi. O’rtacha sutkalik REM zaharlanishlarning oldini olishda katta rol’ o’ynaydi. Jumladan, reflektor reakciyalarni aniqlashda xronorefleksometriyadan, elekt-roencefalografiyadan va boshqa usullardan foydalanish mumkin.
O’rtacha sutkalik REM ni topish uchun mazkur moddaning umumiy ta’siri o’rganiladi, buning uchun sutkalik maxsus tajriba o’tkaziladi. Tajribalar oq kalamush, dengiz cho’chqachasi kabi laboratoriya hayvonlarida olib boriladi. Buning uchun maxsus kamyeralarda 3—4 oy mobaynida tajriba o’tkaziladi. Bunda tajribadagi hayvonlarga havo bilan o’rganilmoqchi bo’lgan modda yuboriladi. Eng kichik ta’sir etmaydigan miqdor shu yo’sinda topiladi. Bu miqdor moddaning bo’sag’a osti miqdori bo’lib, REM ga asos bo’ladi. Hayvon organizmida ro’y byeradigan o’zgarishlar bilinar-bilinmas bo’lishi mumkin. SHu sababli bunda eng nozik asboblardan fiziologik, bioximiyaviy, gastoximiyaviy hamda morfologik usullardan foydalaniladi. Eng nozik ko’rsatkichlar aniqlanadi.
Tajriba vaqtida oliy nyerv sistemasidagi o’zgarishlarga katta ahamiyat byeriladi. Ayrim tajribalarda qonning fyermentativ holati, oqsil frakciyalari, qondagi SN guruhlar aniqlanmoqda. S, V1, V2 va boshqa vitaminlar etishmasligi embrionga, spyermatozoidga ta’sir qilishi o’rganilmoqda.
Uzoq tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, zaharli moddalarning oz miqdori ham turli o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin ekan. Vaholanki, aholi turar joylarining atmosfera havosida juda ko’p ta’sirchan kimyoviy moddalar bo’lishi mumkin. SHu sababli organi-
zmga bir qancha zaharli moddalarning ta’siri qanday bo’lishini o’rganish zarur. Bunday tajribalarni o’tkazish ancha murakkab.
Gigienistlar gigiena normalarini ishlab chiqishning nazariy va amaliy
tomonlarini hal qilishda katta faoliyat ko’rsatmoqdalar. Agar atmosfera havosida bir qancha zaharli moddalar mavjud bo’lsa va baravar ta’sir ko’rsatsa, ularning atmosfera havosidagi ruxsat etiladigan miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
S2 S2 S2 Cn-<1 ya’ni
PDK1 + PDK2 + PDK3 PDKn
C1, S2, Sz Sp — atmosfera ha’osidagi zararli moddalarning
haqiqiy miqdori.
PDK1 , PDK2 , PDK3 , PDKn — mazkur moddalarning ruxsat etiladigan miqdori (REM).
YUqorida keltirilgan formulaga asosan, zaharli moddalarning koncentraciyasini har bir moddaning REM ga nisbati 1 dan oshmasligi kerak.
Demak, atmosfera havosining inson organizmiga ta’sirini o’rganishda yuqori da aytib o’tilgan holatlar nazarda tutilishi zarur, aks holda bajariladigan vazifalar kutilgan natijani byermaydi.
Ma’lumki, tirik organizm bir qator murakkab vazifalarni bajaradi. Bunda barcha a’zolar faoliyat ko’rsatadi.
Atmosfera havosi tarkibidagi zararli moddalar ana shu sistemalar
faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, zararli chiqindi moddalar kishi organizmiga surunkali ravishda tushib tursa, ularning asorati yaqqol ko’rina boshlaydi. Keyingi vaqtlarda kimyoviy ta’sirotlar natijasida organizmda kechadigan o’zgarishlarni matematik yo’l bilan hisoblash, tahlil qilish va xulosa chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.
REM ning ishlab chiqilishi gigiena fanining katta yutug’idir, bu sanitariya amaliyotida asosiy qonuniy qurol hisoblanadi.
Sanitariya xodimlari REM yordamida ogohlantirish byeradilar, kundalik sanitariya nazoratini amalga oshiradilar.
Hozir atmosfera havosidagi 600 ga yaqin kimyoviy modda uchun REM ishlab chiqilgan, shuningdek, 33 ta moddaning birgalikda ta’sir qilishi o’rganilib, ular uchun ham normalar belgilangan.
Gigiena fanidagi eng murakkab masalalardan biri nshlab chiqilgan REM ni hayotga tatbiq qilishdir. REM odatda tajriba hayvonlarida olib boriladi. Tajriba yo’li bilan aniqlangan eng kichik ta’sir qilmaydigan miqdor odam organizmiga ta’sir qiladimi yoki yo’qmi, degan savol tug’ilishi tabiiy. Buni aniqlash uchun odamlarning salomatligi atroflicha tekshiriladi. Bunda bo’sag’a osti miqdori bo’sag’a miqdordan 3—10 barobar kam bo’lsa, odamlarga ta’sir ko’rsatmaydi. Biroq allyergen, mutagen, kancyerogen, tyeratogen xususiyatiga ega bo’lgan kimyoviy moddalar borligiga trkshirilganda ularning shu xususiyatlari aniqlansa, unga ruxsat etilmaydi.
Hozirgi davrgacha to’plangan ma’lumotlardan olingan xulosa shundaki, Rossiyada tajriba yo’li bilan ishlab chiqarilayotgan ruxsat etiladigan miqdor (REM) odamlarning real sharoitiga tatbiq etilishi yaxshi natijalar byermoqda, ya’ni atmosfera havosidagi zararli moddalarning miqdori REM ga teng bo’lsa, odamlar orasida kasalliklarnning tarqalishi kuzatilmaydi. Demak, REM ni ta’minlash odamlar sog’lig’ida biror o’zgarishlarni keltirib chiqarmaydi, hatto buni yosh bolalar uchun ham tatbiq etsa bo’ladi. Mabodo REM 2—4 marta ortib ketadigan bo’lsa, nafas olish organlari faoliyatida o’zgarishlar kelib chiqishi mumkin. Agar u 5—7 marta oshib ketsa, aholi o’rtasida bemorlar soni ko’payishi kuzatildi.
Har bir zararli modda atmosfera havosi orqali organizmga tushadigan bo’lsa, unga organizm o’ziga xos biologik reakciyalar bilan javob byeradi. Masalan, kishi betoblanishi, o’lishi ham mumkin. Atmosfera havosi ifloslangan bo’lishiga qaramay, organizmga turlicha ta’sir etadi.
Horijiy mamlakatlarda ruxsat etiladigan miqdor bizdagi ruxsat etilgan miqdordan birmuncha ko’p. Masalan, sul’fid angidrid uchun bizda ruxsat etiladigan miqdor 1 m atmosfera havosida 0,05 mg ga teng bo’lsa, AQSH da 0,26 mg, CHSSR da 0,15 mg. Franciyada 0,75 mg, SHveciyada 0,25, SHveycariyada 0,5—0,75 mg, Pol’shada — 0,35 mg, YAponiyada esa 0,1 mg deb qabul qilingan.
Keyingi o’ttiz yil mobaynida zararli moddalarning REM ini aniqlashda nazariy hamda amaliy jihatdan ko’p o’zgarishlar ro’y berdi. Bu borada juda ko’p qonunlar ishlab chiqildi. Ayniqsa zararli moddalarning eng kichik miqdori ham organizmga surunkali ravishda ta’sir etib tursa, kasallikka sabab bo’lishi mumkinligi bayon etildi. Ular matematik yo’l bilan hisoblab chiqildi. Keyingi yillar ichida kimyo sanoati nihoyatda rivojlanib, xalq xo’jaligiga va qishloq xo’jaligiga turli xil kimyoviy moddalar byeryapti. Ba’zi moddalar, masalan pesticidlar va boshqa turdagi kimyoviy moddalar chet mamlakatlardan sotib olinmoqda. Bunday kimyoviy moddalarning barchasi uchun REM ni ishlab chiqish ancha murakkab masala. Lekin ruxsat etilgan miqdor ishlab chiqilgandan so’nggina ulardan foydalanish mumkin.
Keyingi vaqtda, ayniqsa kancyerogen moddalarning atmosfera havosidagi normasini ishlab chiqish dolzarb masalaga aylanib qoldi.
Kancyerogen moddalarning gigienik normalarini ishlab chiqish qoidalari quyidagacha.

  1. Qaysi miqdor o’rganilayotganidan qat’i nazar hayvonlardagi tajriba oxirigacha olib borilishi kerak.

  2. Matematik hisob bo’yicha natijaning vaqtga bog’liqligani tekshirish.

  3. Kancyerogen moddalarning oz miqdori ham vaqt o’tishi bilan o’sma paydo qilishini oldindan ko’ra bilish.

  4. Tajriba hayvonlarida o’tkazilgan tajribani odamlarga tatbiq qilish va boshha ob’yektlar uchun REM ni hisoblash.

Kancyerogen moddalarning ruxsat etiladigan miqdorini ishlab chiqish atmosfera havosini muhofaza qilishda, uning sifatini yaxshilashda katta ahamiyat kasb etadn. Masalan, 3,4 benzpiren uchun ishlab chiqilgan ruxsat etiladigan miqdor har tomonlama tekshirib ko’rildi. Natijada bunday miqdordan rak kasalligi kuzatilgani yo’q.
Keyingi yillarda atmosfera havosini muhofaza qilish borasida yana bir ko’rsatkich ishlab chiqildi. Bu ruxsat etiladigan chiqindi bo’lib, gigiena va sanitariya amaliyotiga tatbiq etildi.
Bizda 1978 yilda ruxsat etiladigan chiqindini aniqlash bo’yicha Davlat standarti qabul qilindi. «Atmosfera havosini muhofaza qilish qonuni»ga asosan har bir sanoat korxonasi o’zi uchun «Ruxsat etiladigan chiqindi» degan normani ishlab chiqishi va unga amal qilgan holda faoliyat, ko’rsatishi kerak.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish