Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena



Download 3,24 Mb.
bet52/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

27-j a d v a l
Issiqlik elektr stanciyalarida ko’miriing yonishidan hosil bo’lgan oltingugurt
oksidi miqdori

Tartib nomyeri

1 soatda sarflana- digan yoqilg’i
(tonna hisobida)

1 kunda ajralib chiqadigan oltingu­gurt oksidi (tonna hisobida)

YOqilg’i tarkibida­gi oltingugurt miqdori (% hisobida)

1

580

240

0,85

2

500

600

2,5

3

460

568

2,6

4

280

374

2,74

5

260

55,1

0,44




6

180

240

2,83

7

250

290

2,40



Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, oltingugurt oksid miqdori yoqilg’idagi oltingugurt mnqdoriga bog’liq. Masalan, mazut yoqadigan elektr stanciyasi mazut tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab ko’plab zararli moddalarni chiqarib tashlashi mumkin. Mazut tarkibidagi oltingugurt miqdori 3,5% ni tashkil qilsa, oltingugurt oksidi 728 tonnaga teng bo’ladi, oltingugurt miqdori 4,5% ga etsa, oltingugurt oksidi 936 tonnaga etar ekan.
N’yu-York shahrida yil mobaynida yoqiladigan 30 million tonna toshko’mirdan atmosfera havosiga 1,5 mln tonna oltingugurt gazi chiqar ekan. Qizig’i shundaki, havoni ifloslantiruvchi gazlar manbadan bir necha km uzoqlikda ham aniqlanadi.
IV b о b. Atmosfera havosi gigienasi AVTOMOBIL TRANSPORT! VA ATMOSFERA HAVOSI
Hozirgi davrda inson uchun eng xavfli manbalardan biri avtotransport vositalaridan chiqadigan zaharli gazlar hisoblanadi.
Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, AQSH va YAponiyada atmosfera havosining asosiy ifloslantiruvchisi avtotransport hisoblanar ekan. Horijiy mamlakatlarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi gazlar ichida is gazi, uglevodorodlar, shuningdok azot oksidi barcha ta’sirchan gazlarning 60— 70% ini tashkil qilsa, bizda 14% ni tashkil qiladi. Ichki yonish dvigatellari atmosfera havosini ifloslantirishda salmoqli o’rin tutadi.
1988 yilda avtotransport vositalarining o’zidan 35,8 mln tonnaga yaqin zararli moddalar havoga chiqarilgan. Moskva, Sankt-Petyerburg, Toshkent, Yerevan va boshqa shaharlarning havosida is gazi ruxsat etilgan miqdordan 3—10 marta ziyod bo’lishi qayd etilgan.
Qizig’i shundaki, sul’fat angidrid atmosfera havosida turli re- akciyalarga kirishadi. U kataliz hamda fotokimyoviy jarayonlar vositasida oksidlanadi va pirovardida sul’fat kislota paydo bo’ladi. Bunday kimyoviy birikmalar 750—1500 m balandlikka ko’tarilib, 300—400 km masofada tarqaladi. SHuning uchun sanoat korxonalari joylashgan markazlar atrofidagi turar joylarga sul’fat kislotasi yomg’ir bilan yog’adi va tabiatga hamda tirik organizmga katta zarar etkazadi.
1950 yilda atmosferaga 70 mln tonna, 1975 yilda 120 mln tonna, 1980 yilda 181 mln tonna zaharli gaz chiqqan bo’lsa, 2000 yilga borib u 280 mln tonnaga etishi kuzatilmoqda.
Atmosfera havosining kundan-kunga ifloslanib borishida avto- transportlarning roli katta. Ulardan chiqadigan gaz tarkibida is gazi, azot ikki oksidi (SO2), uglevodorodlar bilan bir qatorda qo’rg’oshin ham bo’ladi. Bularning hammasi inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.


28-j a d v a l
Benzin yoki solyarka bilan ishlaydigan ichki yonish dvigatellari mo’risidan chiqadigan zaharli gazlar (1000 litrga kg hisobida)

CHiqindi gazlar tarkibi

YOqilgi turlari




benzin

solyarka

Is gazi

274

7,4

Uglevodorodlar

24

16,4

Azot oksidi

13,5

26,4

Al’degidlar

0,5

1,2

Benzpiren

7,2 • 10-4

10,5 • 10-4

1,1
0,5

4,8
3,7

Sul’fit angidrid

Organik kislogalar

1,4

13,2

Kattiq zarralar Qo’rg’oshin

0,4





Atmosfera havosining ifloslanishi, avtomobil transporti dud- buronlaridan chiqadigan gazlar tarkibiga, transport harakati tezligiga, ko’chalarning katta-kichikligiga, turar joylarning topografik holatiga bog’liq bo’ladi.
Avtomobil transportidan chiqadigan ba’zi zaharli gazlar meteorologik sharoitlarda fotokimyoviy o’zgarshlarga uchraydi. Jumladan, azot qo’sh oksidi parchalanib azot oksidiga aylanadi, natijada atom holidagi oksigen hosil bo’ladi. Al’degid va ketonlar esa erkin radikallarni paydo qiladi. Mazkur ko’rinishdagi reakciyalar navbatdagi ikkinchi reakciyalar kelib chiqishiga yordam byeradi, oqibatda o’ta zaharli smog hosil bo’ladi. Fotokimyoviy reakciyalarning kelib chiqish mexanizmi quyidagilardan iborat: quyoshning ul’trabinafsha nuri ta’sirida uglevodorodlar va fotooksidantlar bilan ifloslangan atmosfera havosida murakkab fotokimyoviy reakciyalar boradi, bu reakciyalar natijasida yangi zaharli hamda qitiqlovchi mahsulotlar paydo bo’ladi. Bunga ozon, azot ikki oksidi, pyeroksiacilnitratlar, al’degidlar, erkin radikallar va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Zaharli moddalar ko’z shilliq qavati, tomoqni ta’sirlab, uning yallig’lanishiga sababchi bo’ladi, u o’simliklarni quritadi.
1923 yildan boshlab AQSH da benzin ta’sirini kamaytirish maqsadida unga tetraetilqo’rg’oshin birikmasi qo’shiladigan bo’ldi.
Amyerikada bir yilda benzinga qo’shiladigan qo’rg’oshin birikmasi miqdori 262 ming tonnaga etdi. Bunday avtomobil’ va boshqa agregatlardan atmosferaga tushadigan qo’rg’oshin miqdori 181 ming tonnani tashkil qiladi. Demak, atrof muhit qo’rg’oshin bilan ham ifloslanmoqda. Ichki yonish dvigatellaridan ajralib chiqadigan qo’rg’oshin birikmasi 1 m havoda 1—2 mg dan 4—5 mg gacha bo’ladi. Bunda motorlarning ishlashiga qarab havoning ifloslanish darajasi o’zgarib turadi.
Qishloqlardagi turar-joy havosida 0,1 dan 0,5 mkg gacha qo’rg’oshin bo’lsa, shaharlar havosida 1 dan 5 mkg gacha bo’ladi. Yirik shaharlar atrofidagi 1 m havo tarkibida 14—38 mkg qo’rg’oshin borligi aniqlangan. Grenlandiya muzliklarida mavjud bo’lgan qo’rg’oshin miqdori VIII asrdagiga nisbatan 400 marta ortib ketgan. Ayniqsa, sanoat markazlari chiqindisi nafaqat atmosfera havosini, balki tuproqni ham ifloslantiruvchi omil bo’lib qoldi. Ifloslik tuproq mag’zidan o’simlik tarkibiga o’tib uni zararlaydi. Natijada u hayvon va odam organizmiga o’tib, unga ta’sir qiladi.
YU.G. Fel’dman va N.YA. YAnishevalarning aytishicha, atmosfera havosining kancyerogen moddalar bilan ifloslanishiga nafaqat sanoat korxonalari chiqindilari, balki avtotransport vositalari ham sababchi bo’lar ekan. SHahar havosidagi benzpiren 3,4 miqdori 0,5 mkg ga to’g’ri kelsa, katta shaharlarda 1,7 mkg ga etadi. Bu ko’rsatkichlar 300 dan 2000—3000 gacha bo’lgan avtotransport vositalarining 1 soat davomida qilgan harakati bo’lib, ular sonining ortishi tashqi muhitga ajralib chiqadigan kancyerogen moddadar miqdori ortishiga sabab bo’ladi.
Ko’rinib turibdiki, ta’sirchan va zaharli hisoblanuvchi qo’rg’oshin va kancyerogen moddalar orasida qandaydir uzviy bog’lanish bor. Ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
-> inson
Havo ► tuproq ►o’smilik
* hayvon * odamlar
Kancyerogen omillar kimyoviy moddalarning kuydirilishi va yuqori haroratda yonishi natijasida hosil bo’ladi. Demak, kimyoviy moddalar qayerda yonishidan qat’i nazar kancyerogen moddalar paydo qilar ekan.
AQSH da atmosfera havosining ifloslanishiga 40% holda avtomobil’ transporti sababchi bo’lar ekan. Jumladan, Los-Anjeles shahridagi mavjud 3 mln avtomobil’ har yili o’zidan 3 mln tonnaga yaqin zaharli gaz chiqaradi. Hisoblarga qaraganda, bir avtomobil’ o’rtacha 4 tonna oksigenni o’ziga olib, tashqi muhitga 600 kg is gazi, 40 kg azot oksidi va 200 kg atrofida turli zaharli moddalar, jumladan uglevodorodlar chiqaradi.
Hozir butun jahonda 400 milliondan ortiq avtomobil borli-gini hisobga oladigan bo’lsak, atmosfera havosiga chiqadigan zaharli omillar miqdori salmoqli ekaniga ishonch hosil qilish mumkin.
Avtotransport vositalari atmosfera havosini azot oksidi bilan 47,5 foiz, uglevodorodlar bilan 42 foiz zararlantiradi. Havoga chiqariladigan 100 mln tonnaga yaqin is gazining 73,5 mln tonnasi yoki 78% i avtomobil transportiga to’g’ri keladi.
SHunday qilib, hozirgi davrda atmosfera havosini ifloslanti-ruvchi vositalarga sanoat korxonalari va uning turli tarmoqlari, avtomobil’ va boshqa transport vositalari, qishloq xo’jaligiga te-gishli vositalar, keng ko’lamda ishlatiladigan zaharli kimyoviy moddalar misol bo’lishi mumkin. Bularning barchasi insonning antropogen faoliyatidan kelib chiqayotgan muammolar hisoblanadi.
YUqorida zikr qilingan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, sanitariya- gigiena muassasalari xodimlari, me’morchilar oldida juda katta vazifalar turadi, u ham bo’lsa atmosfera havosini turli zaharli chiqindilardan muhofaza qilish muammosidir. Atmosfera havosi qancha musaffo bo’lsa, odam o’zini shuncha engil his etadi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish