Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


IFLO SL AN GAN ATMOSFERA HAVOSINI ATROF-MUHITGA VA INSON SOG’LIG’IGA HAMDA TURMUSH TARZIGA TA’SIRI



Download 3,24 Mb.
bet53/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

IFLO SL AN GAN ATMOSFERA HAVOSINI ATROF-MUHITGA VA INSON SOG’LIG’IGA HAMDA TURMUSH TARZIGA TA’SIRI
Atmosfera havosiniig turli buzilishlari asosan XIX asrdan boshlab tez rivojlana boshlaydi. Bu ayniqsa XX asrda misli ko’rilmagan darajaga etdi.
Yer kurrasi g’oyat katta, undagi turli sanoat korxonalari, zavod va fabrikalar, avtotransport vositalari va xalq xo’jaligining boshqa muassasalaridan ajralib chiqayotgan zararli omillar beqiyos. Ba’-zilar bu gazlar o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketadi deyishadi. Aslida bunday emas. Sanoat korxonalari va boshqa xo’jalik chiqindilari uzoq yil-lar davomida tashqi muhitda aylanib yuradi, ular bir muhitdan ik-kinchisiga o’tib turadi. Jumladan, qo’rg’oshin, DDT preparati kabilar vaqt o’tishi bilan o’z-o’zidan yo’qolib ketmay, balki tabiatning biror-bir qismida yig’ilib boradi. Ayrim ta’sirchan moddalar esa butun sayyora bo’ylab aylanib yuradi. Masalan, DDT preparati inson qadami etmagan Antarktida muzliklarida 2500 tonnagacha yig’ilib qolganligi haqida ma’lumotlar bor. Hozir oq ayiqlar, tyulenlar, hatto pingvinlarning jigarada DDT borligi aniqlangan.
Rivojlangan shaharlar va sanoat markazlarining atmosfera havosi doimo chang, tutun, qurum va tumanlar bilan qoplanib turadi. Bu quyosh nurini to’sib, yer yuziga ul’trabinafsha nurlar o’tishiga yo’l byermaydi. Ul’trabinafsha nurlarning yer yuziga etarli tushmasligi o’z navbatida turli kasalliklarni, ayniqsa bolalarda raxit kasal-ligini keltirib chiqaradi.
SHahar havosining doim tutun, tuman bilan qoplanishi kishilar-ning kayfiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. YOrug’likning etarli bo’l-masligi ish unumini pasaytiradi. Ko’pgina sanoat korxonalaridan chiqayotgan gazlar, chang, qurum, dud va boshqa ta’sirchan moddalar tuman bilan aralashib yorug’likni to’sib qo’yadi, g’ira-shira bo’lib qoladi.
Agar atmosfera havosidagi qurum miqdori 2 mg/m ga etsa, kun-duzi yorug’lik 90% ga kamayar ekan. Quyosh nuri atmosferaning yuqori chegarasidan yer yuziga o’tgunicha 2/5 qismga kamayadi. Quyosh radiaciyasi havo iflos joylarda pasayadi. Jumladan, Parijda 26—30 foizga, Byerlinda 60 foizga kamayishi kuzatilgan.
Havodagi chang zarralari ul’trabinafsha nurlarning anchagana qismini o’ziga singdirib, ularning yerga tushishiga to’sqinlik qila-di. Ayniqsa, sanoat markazlaridan atmosfera havosiga ko’tarilgan changli chiqindilarning osilgan hamda muallaq holda havoda turib qolishi ham quyosh nurining kamayishiga sababchi bo’ladi. CHunki bu osilib turgan omillar havo muhitida aerodispyers sistemani keltirib chiqaradi.
Aerodispyers sistema havodagi chang zarrachalarining yoyilgan holati. CHangsimon moddalar havoda turli shaklga kirdi. Jumladan, eng mayda zarrachalar atmosfera havosida muallaq, osilgan holda tu-rib qoladi. Ba’zan ular bir-biri bilan yopishib, ipir-ipir yirik-lashgan zarralarni hosil qiladi. Zarrachalar o’ziga tashqi muhitdagi ionlar, molekulalar, suv bug’larini singdirib, jamlanishiga sabab bo’ladi. Bunday zarrachalarda turli belgili zaryadlar paydo bo’ladi. Aerodio pyers sistema yorug’likning kuchli taralishiga sabab bo’ladi.
Mayda zarrachalarning muallaq holatda havoda turib qolishi, ular doimo Braun harakatida ekanligidan dalolat byeradi. Zarrachalar katta- kichikligiga qarab, ikki xususiyatga ega bo’ladi: a) muallaq holda turuvchi va b) nafas yo’llariga kirish xususiyatiga ega bo’lgan zarrachalar. Masalan, zarrachalarning diametri 10—100 mkm ga teng bo’lsa, ular uzoq vaqt davomida osilgan holda tura olmaydi. Bunday chang zarralari unchalik zararli bo’lmay, yuqori nafas yo’llari, burundagi tuklar, shilliq pardalarda ushlanib qoladi. Bular ba’zan shilliq qavatlarni qitiqlab, yallig’lantirishi mumkin, ammo o’pka alveolalariga etib bormaydi.
Zarrachalar diametri 10 dan 0,1 mkm gacha bo’lsa, u inson salomat- ligiga anchagina xavf tug’diradi. Bunday zarrachalar havoda uzoq vaqtgacha turib qolib, juda sekinlik bilan havodan tushadi. Bunday changlarning xavfliligi shundaki, ular o’pka alveolalarining chuqur qavatlarigacha etib boradi va o’zining zararli ta’sirini ko’rsatadi.
V.A. Ryazanov klassifikaciyasiga ko’ra aerodispyers sistemalar diametri 0,1 mkm dan kam bo’lgan tutunli aerozollarga va 0,1 mkm dan kattaroq diametrli zarrachali aerosuspenziyalarga bo’linadi.
Nam, tomchi holdagi aerozollar tumanlar deb ataladi. Katta shaharlardagi atmosfera havosi tarkibidaga chang miqdorining turlicha bo’lishi shaharning nechog’li obodonlashganligiga, daraxtlar, o’rmonlarning bo’lishiga, sanoat korxonalarining katta-kichikligiga bog’liq.
F.F. Erisman nomidagi ilmiy-tekshirish institutining bergan ma’lumotiga ko’ra, havodagi o’rtacha yillik chang miqdori qishloq joylard

a1 m havoda 0,01 mg, turar joylarda 0,12 mg, shahar mar-kazida 0,13 mg, sanoat korxonalari atrofidagi havoda 0,15 mg ga teng.
Havoning changli yoki tumanli bo’lishi, ifloslanishi, quyosh radiaciyasiga ta’siri shahar muhitini o’zgartirib yuboradi, havo harakatini sekinlashtiradi. U havoning nisbiy namligini kamay-tirishi mumkin. SHaharni quyuq tuman bosishi ham xavfli, chunki tuman tomchilari tarkibidagi zaharli moddalar inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday hodisalar Gyermaniyaning Gamburg, Angliyaning Glazgo kabi shaharlarida sodir bo’lib turadi. U yerdagi tumanning zararli tomoni shundaki, u havodagi chang zarralarining tarqalishiga va o’z-o’zidan tozalanishiga yo’l qo’ymaydi. Ayniqsa, sanoat markazlarida sodir bo’ladigan bunday tumanlar inson salo-matligiga salbiy ta’sir qiladi.
Oddiy tuman zaharli moddalarga aralashib kishi organizmiga, jumladan, burun, yuqori nafas yo’llari shilliq qavatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ana shunday tumanli kunlarda bemorning ahvoli yanada keskinlashadi. Masalan, surunkali bronxit, emfizema, tumov, nafas qisish kasalligiga duchor bo’lgan bemorlar o’zlarini yomon his qiladilar.
Tumanlar transport harakatini buzadi, falokatlarga sabab bo’ladi. Atmosfera havosidagi chang zarrachalari inson organizmiga noxush ta’sir qiladi. CHanglarning ta’siri ular tarkibidagi kimyoviy moddalarning biologik faolligiga, tabiatiga, fizik jihatiga uzviy bog’liq. Masalan, chang tarkibidagi qo’rg’oshin, margamush, marganec, kadmiy, ftor aerozollari surunkali ravishda organizmga tushib tursa, kasalliklar kelib chiqishi aniq. Kamqonlik, flyuoroz, poliartrit, polinevrit kabi kasalliklar shular jumlasidandir. Ayniqsa, radioaktiv xususiyatga ega bo’lgan changlar o’ta xavfli hisoblanadi.
Radioaktiv changlarning naqadar xavfliligini CHyernobil’ fojiasida ham ko’rishimiz mumkin. Semipalatinsk poligonida paydo bo’layotgan radionukleinlar ta’siri borgan sari o’zini namoyon qilmoqda

.Zaharli bo’lmagan yirik diametrli chang zarrachalari ko’z va burun shilliq qavatlariga tushib, ularning zararlanishiga sabab bo’ladn. Bu o’tkir va surunkali rinit, laringit, faringit, traxeit, bronxit yoki traxeobronxit, laringotraxeit kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Mabodo nafas yo’llari orqali kvarc changlari o’pkaga tushadigan bo’lsa, pnevmokokkoz, silikoz kasalliklari sodir bo’lishi mumkin. CHunki, elektrostanciyalardan chiqadigan chiqindi, qurumlar tarkibida 14,9—19,7% atrofida erkin holdagi kremniy (siliciy) ikki oksidi bo’ladi. Yirik shaharlar havosi tarkibida mazkur modda miqdori 20—30% ga etish mumkin.
SHuni aytish kerakki, changlarning eng mayda zarrachalari inson organizmiga zararli ta’sir ko’rsatadi. S. Gol’dbyerg olib borgan tekshirish shuni ko’rsatdiki, ulkan issiqlik enyergiyasi ishlab chiqarish stanciyalari (TEC) joylashgan rayondagi maktabning 322 o’quvchisi atroflicha tekshirib ko’rilganda, ularning 58,3% ida o’pkada o’zgarishlar borligi, 16,3% bolada silikoz kasalligining dastlabki bosqichi borliga qayd etilgan.
Havodagi gaz tarkibining o’zgarishi gigienik nuqtai nazardan xavfli hisoblanadi. Mabodo havoda qandaydir noxush hid sezilsa va u nafas orqali organizmga tushsa, kasallik sodir bo’lishi mumkin. SHuning uchun ham havoda hech qanday yot, noxush hid bo’lmasligi kerak. Biroq shunday gazlar ham borki, ular o’ta zaharli bo’lishiga qaramay, hech qanday hidi bo’lmaydi. Jumladan, is gazini odam ko’pincha sezmaydi. Bunday gazlar asosan sanoat korxonalaridan chiqadi. Katta, industrial shaharlarda havo tarkibining buzilganlishni shundoq sezish mumkin. Masalan, Olmaliq, CHirchiq, Navoiy, Ustkamenegorsk va boshqa shaharlarning havosi tarkibida 10 va undan ziyod turli zararli gazlar mavjud. Bular shahardagi sanoat korxonalaridan, avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli omillardir.
Havo tarkibidagi zararli gazlar to’g’ridan-to’g’ri nafas yo’llariga tushib, o’pka alveolalari orqali qonga o’tadi yoki shilliq qavatlarga tushib ularni yallig’lantiradi. Ayniqsa gazlar ishqoriy, kislotali xususiyatga ega bo’lsa, ular shilliq qavatlarga kuchli ta’sir etadi.
Angliya, AQSH va boshqa shaharlarda olib borilgan kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, zaharli gazlar aksariyat yoshi o’tgan odamlarga, shuningdek yosh bolalarga ancha kuchli ta’sir ko’rsatar ekan. Jumladan, 1952 yili Londonda 3—4 kun davomida havoning nihoyatda ifloslanishidan 4000 kishi nobud bo’lgan. Bunga havo tarkibidagi tutun, sul’fid angidrid va boshqa zararli omillarning me’yoridan ortiqligi sabab bo’lgan. 1963 yilda N’yu-York shahrida sanoat chiqindilari hisoblangan qurum, tutun va boshqa zararli moddalarning atmosfera havosida yuqori miqdorda bo’lishidan 400 kishi halok bo’lgan. Bunda odam organizmiga asosiy ta’sir qilgan modda sul’fid angidrid bo’lgan. Bu gazning 1 m havodagi koncentraciyasi 5—10 mg va undan ham yuqori bo’lgan.
Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, aholi o’rtasidagi nafas yo’llari kasalliklari bilan atmosfera havosi orasida uzviy bog’lanish bor. Ayniqsa sanoat korxonalari joylashgan rayonlarda zaharli tumanlarning paydo bo’lishi turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Biroq shuni aytish kerakki, shahar havosi tarkibidagi zaharli moddalarning kam bo’lsada, surunkali ravishda odam organizmiga tushib turishi turli xastaliklarni keltirib chiqaradi.
Neft ishlab chiqarish kombinati territoriyasida sul’fid angidrid va vodorod sul’fid gazi, aromatik uglevodorodlar va boshqa omillarning bo’lishi yosh bolalar o’rtasida turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Ko’pincha bolalar o’rtasida allyergiya, pnevmoniya, bronxial astma, dyermatit kabi kasalliklar uchrab turadi.
O’zbekiston gidrometeorologiya markazining bergan ma’lumotiga ko’ra Olmaliq, Farg’ona, Navoiy va Qo’qon shaharlari havosi iflosligi jihatidan yuqori ko’rsatkichga ega. O’zbekistonda faqat stacionarlardan atmosfera havosiga tushadigan chiqindilar miqdori 1,3 mln tonnaga etdi.
Jumladan, sul’fit angidrid 535,8, uglevodorod 427, azot oksidi 94,1 ming tonna va qattiq zarrachalar miqdori 317,4 ming tonnaga etdi. Ana shu zararli omillarning ko’payishi sababli O’zbekistonda bemorlar soni 1,5 barobarga teng bo’lib qoldi. Bu bolalar organizmining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish kuchi 25—37 foiz pasayishi demakdir.
CHirchiq shahrida qon bilan bog’liq kasalliklar 4,7 barobar, endokrin sistemasi kasalliklari 1,9 barobar, qon bosimining oshishi 4,5 barobar, yurakning ishemik kasalligi 2,2 marta ortdi. Farg’ona shahrida 1982—1985 yillar davomida nafas yo’llarining kasalliklari 27—60 marta ortganligi aniqlandi.
Tojikistondagi alyumin zavodining ko’rsatgan asorati ko’pchilikka ma’lum. U yerda bir yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi 1,5 barobar, tug’ma kasalliklar soni 1,8 martobaga ko’paygan.
Atmosfera havosining organizmga noxush ta’siri turli usullar bilan aiiqlanadi. Bunday kuzatishlar asosan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasida olib boriladi. CHunki yosh bolalar organizmi bunday zararli omillarga sezgir bo’ladi. Ikkinchidan, bolalar jamoasida tibbiy ko’rikdan o’tkazish tibbiyot xodimlariga qulaylik tug’diradi.
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, havosi ifloslanmagan xududda istiqomat qiluvchi bolalar havosi ifloslangan joyda yashovchi bolalarga qaraganda ancha sog’lom ekanliklari ma’lum bo’ldi.
Atmosfera havosining inson organizmiga va uning turmush tarziga ta’siri o’rganilar ekan, yana bir masalaga to’xtalishga to’g’ri keladi.
U ham bo’lsa, inson organizmiga ta’sir qiladigan omillardir.
SHuni aytish kerakki, atmosfera havosida juda ko’p gazsimon, chang
ko’rinishidagi hamda bug’ holidagi inson organizmiga zararli ta’sir qiladigan moddalar mavjud. Bu moddalarning aynan qaysi biri odam organizmiga ta’sir etadi? Odam organizmining normal holati buzilishiga ularning surunkali chekishi, spirtli ichimliklar ichishi va boshqa ijtimoiy, iqtisodiy omillar ham ta’sir qiladimi, degan savol tug’ilishi tabiiy. Turli zaharli moddalarning bir-birining ta’sirini kuchaytirishi, neytrallashi yoki pasaytirishini nazarda tutadigan bo’lsak, bunday savolga javob berish ancha qiyin. Ko’pincha kimyoviy moddalar bir-birining ta’sirini oshirganda ularning zaharlash xususiyati kuchliroq bo’ladi.



Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish