VODOPROVOD TARMOQLARI
Aholini vodoprovod suvi bilan ta’minlashda eng ahamiyatli joylardan biri vodoprovod tarmoqlaridir. Bu tarmoqlar turli diametrdagi trubalardan, suv bosimli minoralardan, suv rezyervuarlaridan, nasos stanciyalaridan, ko’chalarga o’rnatilgan kolonkalardan, suv quvurlaridan iboratdir. Bu tarmoqlarning yaxshi ishlashi, suvning ifloslanmasligi, xonadonlarni doimo suv bilan ta’minlanib turishi, suv sifatining standart talabiga javob berishi aholini sihat-salomatligini saqlashda eng muhim ahamiyatga ega.
Vodoprovod tarmoqlari o’zining joylashishiga ko’ra aylanma, tarmoqli yoki boshi byerk bo’lishi mumkin. Gigienik nuqtai nazardan aylanma vodoprovod tarmoqlari ahamiyatlidir. CHunki aylanma vodoprovod tarmoqlari suv bilan hamma ob’yektlarni to’xtovsi
z
15- rasm. Vodoprovod tarmoqlarining tasviri.
A — byerk tasvir; B — aylanma tasvir. a) nasos stanciyasi; b) suv tashuvchi quvur; v) suv bosimli minora; g) turar joy kvartallari; d) suv tarqatuvchi tarmoq.
ta’minlab turadi. Gigiena tomonidan eng noqulayi boshi byerk vodoprovod tarmoqlaridir, unda suv turib qoladi, cho’kmalar paydo bo’ladi. Bu mikroblarning o’sishiga yaxshi sharoit yaratadi. Natijada suvning organoleptik xossalari buziladi. Umuman, vodoprovod tarmoqlari uchun ishlatilayotgan trubalar mustahkam bo’lmog’i, suv o’tkazmaydigan, ichki tomoni silliq, zanglamaydigan bo’lishi zarur.
Vodoprovod trubalari temir, po’lat, asbocement, temir-betondan ishlangan bo’ladi. Keyingi yillarda vodoprovodlar uchun polimyer- plastmassa matyeriallar dan ishlangan trubalar keng ko’lamda ishlatilmoqda. Albatta, har bir yangi matyerial oldin gigienik tekshiruvdan o’tkazilib, so’ngra foydalanishga tavsiya qilinmog’i zarur. Har bir truba suvning organoleptik sifatiga, uning tarkibiy qismiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydigan bo’lishi talab qilinadi.
Vodoprovod trubalari iqlim sharoitiga qarab har xil chuqurlikka ko’miladi — ya’ni 1,5 metrdan 3,5 metrgacha, O’rta Osiyo regionida esa vodoprovod trubalari 70—100 sm chuqurlik atrofida yotqiziladi. Vodoprovod trubalari yotqizilgan yer grunt suvlari, har qanday iflosliklardan holi bo’lishi kerak. Vodoprovod va kanalizaciya trubalari parallel’ holatda yotqiziladigan bo’lsa, ular orasidagi masofa 1,5—3 metr bo’lishi mumkin. Ammo, kanalizaciya trubalari vodoprovod trubalariga nisbatan ancha chuqurroqda yotqizilishi kerak.
Vodoprovod trubalari yotqizilib, gidravlik bosimi tekshirilib bo’lingandan so’ng, truboprovodlar tozalanib yuviladi va sinchkovlik bilan dezinfekciya qilinadi. Dezinfekciya xlor ushlovchi preparatlar bilan o’tkaziladi.
Vodoprovod inshooti ishga tushirilishidan oldin yaxshilab tekshiriladi, bir necha marotaba yuviladi, yuvindi suvlar umumiy kanalizaciyaga tushiriladi.
Vodoprovod trubalarini yuvish va dezinfekciya qilish sanitariya epidemiologiya stanciyasi xodimlari nazorati ostida olib boriladi. Baktyeriyalar yo’qolganda dezinfekciya ishlari tugagan hisoblanadi. Ko’pincha xlorli ohak yoki suyuq xlor ishlatiladi.
Faol xlorning 1 litr suvdagi miqdori kamida 75—100 mg bo’lsa, suv bilan aralashish vaqti 5—6 soatga teng.
Umuman, vodoprovod inshootlari uchun ishlatiladigan trubalar
tozaligani saqlash, ularni omborlarda ehtiyot qilish maqsadga muvofiq. Katta diametrli trubalar vodoprovod o’ralari tepasiga keltirilgach ikki tomonidan byerkitilishi kerak, bu trubalarni ifloslanishdan saqlaydi. Rezyervuarlarni suvga to’latishdan oldin juda yaxshilab tekshirish kerak.
Ayniqsa fil’trlash uchun keltirilgan qumlar to’g’ri saqlanishi, to’g’ri
tanlanishi, fil’trxonalarga joylashtirmasdan oldin sortlarga ajratilishi lozim.
Vodoprovod tarmoqlarining hammasi xlorlab bo’linganidan so’ng vodoprovod sistemasi yoki uning ayrim uchastkalari suv bilan yuviladi. Suvdagi qoldiq xlor miqdori 0,3—0,5 mg litrga etguncha yuvish davom etiriladi, so’ngra sanepidstanciya xodimlari ruxsati bilan vodoprovod sistemasi ishga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |