Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
LOYIHALASHTIRISH VA MODELLASHTIRISH DARSLARINI TASHKIL ETISH
METODIKASI
Alimova Hamida Sotiboldiyevna
Buxoro viloyati Olot tumani
11-maktab texnologiya fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqolada texnologiya darslarida loyihalashtirish va modellashtirish
darslarini tashkil etish ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
texnologiya, mashg‘ulot, namuna, texnik modellash, material.
Texnik modellash mashg‘ulotlarida namuna rasm va chizmalar berilgan o‘lcham konstruktor
jamlanmasining detallari yoki turli materiallami qo‘llab og‘zaki tasvirlash bo‘yicha texnik
o‘yinchoqlar, modellar va maketlar tayyorlash nazarda tutiladi. Bu mashg‘ulotlarda o‘quvchilar
texnik o‘yinchoqlar va modellami ishlatib namoyish qilishlari, ularni boshqarishlari, shuningdek,
namoyish jarayonida konstruksiyaning detal va qismlari nomini aytishlari, ularning nimaga
mo‘ljallanganligini bilishlari kerak. mashg‘ulotning bu turi o‘quvchilarda konstruktor-texnik
tafakkumi, mustaqil rejalashtirish va o‘ylab qo‘yilgan texnik buyum (kema, avtomashina, samolyot,
raketa va shu kabilar) modelini amaliy bajara olish ko‘nikmalarini o‘stirishda juda muhim o‘rin
tutadi. modellash obyektlari ijtimoiy foydali yo‘nalishga ega bo‘lishi, ta’lim jarayonini ko‘rgazmali
qurollar bilan jihozlashga yordam berishi kerak. 0 ‘qituvchi chizmachilikka doir ishlarni asta-sekin
kiritib boradi.Texnik modellashda metall konstruktor bilan ishlash katta ahamiyatga ega. 1-sinfdagi
texnik modellash bo‘yicha ishni bajarish jarayonida: 1.0 ‘quvchilar mashina, uning modeli va maketi
haqida tasavvurga ega bo‘ladilar; 2. qo‘l asboblari va moslamalarning tuzilishi bilan tanishadilar,
chunki ularning har ikkalasi bir izchilikka asos qilib olingan; 3. qo‘l asboblarining tuzilishi
va nimalarga mo‘ljallanganligini bilishi bolalaming politexnik bilim doiralarini kengaytiradi;
4 .0 ‘quvchilar avval o‘qituvchi yordamida, so‘ngra mustaqil tarzda modelni ko‘ra bilishlari:
ularning xususiyatlarini, ayrim qismlarini, qismlar o‘lchovining bir-biriga munosabatlarini ajrata
bilishlari; 5. modelni tayyorlash uchun qanday material zarurligini aniqlay olishlari; 6. ishjoyini
jihozlashlari; 7. Belgilash, o‘lchash, ishlov berish, montaj va pardozlash bosqichlarini bajarishlari;
8. modelni sozlash va boshqarishni biiishlari lozim; 9 .0 ‘zini-o‘zi nazorat qilish va o‘z mehnatini
hisobga olishlari kerak. Stol va stul modelini yasash. ish uchun qalin qog‘oz yoki ingichka karton
ishlatiladi, bu buyumlami tayyorlash jarayoni oddiy. asosiy shart - konstruktsiya mustahkam
bo‘lishi kerak. Shu maqsadda stol va stullaming oyoqchalari bukilgan, qopqoqli quticha ko‘-
rinishda tayyorlangan bo‘ladi. rejalashni, yaxshisi, parallel gorizontal chiziqlar chizishdan
boshlagan ma’qul. Bu chiziqlarda kerakli omchamlar topiladi, olingan nuqtalar birlashtiriladi.
Bunday izchillik buyumni tayyorlashga ketadigan vaqtni qisqartirish imkonini beradi. Taburetka
ham xuddi stolga o‘xshab tayyorlanadi. lekin uning o‘lchamlari stolga nisbatan salkam bir necha
marta kichik bo‘ladi. divan va kreslo modelini yasash. ish uchun turli rangdagi qalin qog‘oz
yoki yupqa karton ishlatiladi. Buyumlarning tayyorlanishi murakkab emas, ulami uncha-muncha
ish tajribasiga ega bo‘lgan bolalar yasashi mumkin. 90 * 160mmo‘lchamdato‘g‘rito‘rtburchak
li qog‘oz tayyorlanadi. listning o‘rta chizig‘iga har ikki tomondan 10 mm chuqurlikda kesik
qilinadi, usti va osti chetidan 10 mm oraliqda shunday ikkita kesik qilinadi, tomonlari bukiladi.
klapanlarga yelim surtiladi va tayyorlanma yopishtiriladi, shundan keyin juda qattiq materialdan
ikkita yon qismlari tayyorlanadi, divan tomonlariga yelim surtiladi va ularga detallar qotiriladi.
Buyum konstruksiyasi qattiq chiqadi. Shkaf va karavot modelini yasash. Buyum bitta yoyilma va
to‘rtta oyoqchadan tayyorlanadi. 240*300 mm o‘ ichamda to‘g‘ri to‘rtburchakli, jigarrang qalin
qog‘oz tayyorlanadi. rejalash qulay bo‘lishi uchun ko‘rsatilgan o‘lchamlar bo‘yicha gorizontal
chiziqlar tortiladi va kerakli nuqtalar topilib, vertikal chiziqlar o‘tkaziladi, klapanlar qoldiriladi.
eshiklari yelimlanib yopishtiriladi. oyoqchalar uchun qalin qog‘oz bo‘lakchalari olinadi. ularni
koiiik qilinadi, klapanlar qaytariladi va asosga qotiriladi. eshikchalarga flomaster yoki qalamda
dastalar rasmi chiziladi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Sanakulov X.r, Xodiyeva d.P “mehnat ta’limi”. -T:. Sharq, 2012
2. Sanakulov X.r, Xodiyeva d.P “mehnat ta’limi” . -T:. Sharq, 2012
90
Do'stlaringiz bilan baham: |