Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA PEDAGOGIK VA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Allayeva Nilufar Fayzullayevna
Sirdaryo viloyati Xovos tumani
9-maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Xov9maktab@umail.uz
Isayeva Nodira Rahmatullayevna
Sirdaryo viloyati Xovos tumani
15-maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Annotatsiya:
maqolada maktabdagi ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan va
darslarda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida dars o‘tish to‘g‘risida
ma’lumotlar keltirilgan. Boshlang‘ich ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu
jumladan, axborot texnologiyalari bilim olish motivini rivojiantirishi haqida qisqacha yoritilgan.
Tayanch so‘zlar:
ta’lim jarayoni, axborot kommunikasion texnologiyalari, multimedia,
elekton darslik, elektron taqdimot.
Ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni
qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Jamiyatdagi ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar, insoniyat hayotiga turli yangiliklarning kirib kelishi ta’lim va tarbiya sohasida
ham bir qator o‘zgarishlar qilinishini taqozo etdi. hozirgi kunda ta’lim va tarbiya sohasida
erishilgan yutuqlarni saqlagan holda, bir xillikdan, bir qolipga tushib qolishdan saqlanmoq zarur.
Ta’limning kishi xotirasini rivojlantirishga asoslangan turidan inson tafakkurini har tomonlama
rivojlantirish, o‘quvchilar egallagan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ularda amaliy ko‘nikma va
malakalar hosil etishga qaratilgan turiga o‘tish, harakat qilish shu kunning talabidir. Shunga
erishilsagina vatanimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlod tarbiyasi oldiga qo‘yilgan vazifa oqilona
hal etilishi mumkin.
hozirgi kunda pedagogik texnolgiyalar asosida ta’lim va tarbiyani tashkil etishga katta e’tibor
qaratilmoqda. Pedagogik texnologiya bu – o‘quvchilar qobiliyati, imkoniyati va extiyojlarini
hisobga olgan holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish uchun ko‘zlangan natijaga erishishda eng
qulay yo‘l va ularni tanlash va ishlab chiqish mahoratidir.
Pedagogik texnologiyada ta’lim va tarbiya jarayonining maqsadini belgilash muhim bo‘lib, u
rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham o‘qituvchilar maqsadni aniq
belgilashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. har bir o‘qituvchi avvalo o‘zi o‘qitadigan o‘quv
predmeti, har bir o‘tiladigan dars va darsdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning
maqsad-vazifalarini aniq belgilashi kerak.
Pedagogik texnologiyalarni boshlang‘ich sinfdan boshlaboq qo‘llash ancha yaxshi samara
beradi. Boshlang‘ich sinf bola hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu davrda ta’lim-tarbiyaning
pedagogik texnologiyalar asosida qiziqarli tashkil etilishi bolani ta’lim jarayonida faollashtiradi
va ta’lim samaradorligini oshiradi.
Shuni aytish mumkinki, bugungi kunda o‘quv-tarbiya jarayoni va uning natijalari yangi
pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashdan iboratdir. mamlakatning ertangi kuni
dunyoqarashi o‘zgargan maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilariga ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Shu
bois yuqoridagi yangicha fikrlash tushunchasiga ega yoshlarni tarbiyalash davr talabidir. ayni
paytda ta’lim muassasalarini kompyuterlashtirish, yangi zamonaviy darsliklarni yaratish, ta’lim-
tarbiya jarayoniga mos ravishda axborot texnologiyalarini qo‘llash dolzarb vazifadir.
hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiya asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim-tarbiya
jarayonini o‘quvchilar uchun tushunarli va qiziqarli sohalarini yaratish uchun tinimsiz izlanish
o‘qituvchining muhim vazifasi bo‘lib qolmoqda. Binobarin, o‘quvchilar pedagogik jarayonning
faol sub’ektlariga aylanmoqlari lozim.
hozirgi kun yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, kasbga o‘rgatish, ularni aqliy va ma’naviy
kamol toptirishdan iboratdir. “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun va “kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
talablaridan kelib chiqqan holda ta’limning mazmuni va vositalarini yangidan ishlab chiqishni
hayotning o‘zi talab qilmoqda. Bu omil ta’lim jarayonini tarkibiy qismlarini yangicha tartibda
91
Do'stlaringiz bilan baham: |