Сентябрь 2020 10-қисм Тошкент innovatsion faoliyat – ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib
borish yoki fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi
takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat. innovatsion faoliyat yangi g‘oyani izlashdan
boshlanadi. Pedagogik innovatsiya ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala
yechimiga yo‘nalitirilganligi sababli o‘qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi.
o‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir qator psixologik to‘siqlar mavjud. Bularning
birinchisi o‘qituvchining o‘zi ko‘nikkan faoliyatchegarasidan tashqariga chiqishi juda qiyinligi,
ya’ni o‘qituvchilarda ijodkorlikning yetarli emasligi bo‘lsa, yana bir sabab yangi va noma’lum
narsalar har doim odamlarda cho‘chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidir. innovatsion faoliyat
o‘qituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faoliyat bo‘lib, u shaxsning kasbiy,
metodik mahoratini sifatli qayta qurish demakdir.
Pedagogda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvni qaror toptirish bosqichlari. o‘qitish
jarayoni yoki ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvni qaror toptirish o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi.
Bu jarayon bir necha bosqichda kechadi. ular quyidagilardir:
1-bosqich: tayyor metodik tavsiyanoma (mavjud innovatsiya)lardan foydalaniladi;
2-bosqich: mavjud tizimga ayrim yangi g‘oyalar, metodlar kiritiladi.
3-bosqi: yangi g‘oyani amalga oshirish mazmuni, shakl va metodlari ishlab chiqiladi.
4-bosqich: pedagog o‘qitish va tarbiyalashga oid o‘z konsepsiyasi yoki metodikasini ishlab
chiqadi.
Pedagoglarning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:
- yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi;
- pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
- novatorlik darajasi;
- kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
- ijodkorligi.
Shu bilan birga pedagogning innovatsion faoliyatini uning motivatsiyasi, malakaviy
tayyorgarligi, pedagogik tajriba-sinov ishlarini amalga oshirishga oid bilim va malakalari,
pedagogik faoliyatdagi muammo (to‘siq)larni bartaraf eta olish mahorati bilan ham belgilanadi.
o‘qituvchi innovatsion faoliyatining asosiy belgilaridan biri uning ijodiy faolligi, ijodkorligi
hisoblanadi. o‘qituvchidan yangiliklarnio‘zlashtirib borish bilan birga ularni o‘z faoliyatida
qo‘llashi va pedagogik jamoa o‘rtasida targ‘ib qilishi talab etiladi. Pedagoglarda innovatsion
faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishda jamoadagi psixologik muhit, jamoa a’zolarining jahon
ta’lim yangiliklardan xabardorliklari muhim ahamiyatga ega. Pedagogning ta’lim jarayoniga
innovatsion yondashuvining natijalari
quyidagilarda ko‘rinadi:
- faoliyat maqsadini aniq belgilab olishida;
- nostandart vaziyatlarda tezkor qarorlar qabul qilishida;
- o‘quv yoki ilmiy-tadqiqot jarayoni bilan bog‘liq masalalarni samarali echish usullarini
egallay olganligida;
- muammolarni hal etishda eng samarali vosita va metodlarni tanlay bilishida;
- o‘z ustida mustaqil ishlashni rejalashtira olishida;
- faoliyati natijasini nazorat va tahlil qila olishida;
- zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasining mavjudligida;
- yangi g‘oyalarni izlab topa olishida.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Pedagogik mahorat. mavlonova r.,abdurahimova d. T:. Fan va texnologiyalar. 2012-yil
2. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovsiyasi va intergatsiyasi. o‘quv qo‘llanma
r.a.mavlanova, n.X.raxmankulova T. g‘.g‘ulom, 2013 y
3. interfaol metodlar:mohiyati va qo‘llanilishi (metodik qo‘llanma) -T.: “TdPu nashriyoti”,
2012