Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
DUNYODA ILMDAN BOSHQA NAJOT YO‘Q VA BO‘LMAGAY…
Sattorova Munira Fazliddinovna
Navoiy viloyati Nurota tumani
57 maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi
Telefon raqami: 943764457
Annotatsiya
. ajdodlarimiz sham yorug‘ida asarlar bitib, ilmiy kashfiyotlar qilishgan, biz esa
bugungi davrda buyuk mutafakkirlarimizday ijod qilish u yoqda tursin, hatto ularning bebaho
asarlarini o‘rganish, tadqiq qilishga ham ulgurmayapmiz. maqolam orqali dunyoda ilmdan boshqa
najot yo‘qligini , uni egallash uchun hech qachon kech bo‘lmasligini yoritishga harakat qildim.
Kalit so‘zlar.
ilm, ma’rifat, muhaddis, imom Buxoriy, Buyuk ipak yo‘li.
«dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay». Bundan 12 asr oldin muhaddislar sultoni,
dunyo imomi – imom Buxoriy bobomiz aytgan ushbu so‘z tom ma’noda zamonaviy dunyoning
shioriga aylandi. Zamonlar o‘tishi bilan bu iboraning dolzarbligi ortsa ortdiki, aslo kamaygani
yo‘q. oltinga teng bu aytim aynan bugun uchun, barcha davrlar uchun so‘zlangandek, go‘yo.
Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davr insonga moddiy ehtiyojlarini qondirishdek birlamchi
ehtiyojlar qatoriga suv va havodek zarur — ilmni ham qo‘shdiki, shu tufayli u o‘zligini anglab,
taraqqiyot sari dadil qadam qo‘ymoqda. Ta’bir joiz bo‘lsa, ummonlar qa’riga sho‘ng‘ish, koinotni
zabt etish ham aynan ilmning mahsuli ekanini bugun hech kim inkor eta olmaydi. istiqlol tufayli
yurtimizda insoniyatni bag‘rikenglik, poklik va mehr-oqibatga chorlovchi muqaddas dinimizni
asrab-avaylashga, yosh avlodni xalqimizning milliy va diniy qadriyatlariga hurmat-ehtirom ruhida
tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotir. diniy ta’lim tizimini takomillashtirish, puxta bilimga
ega, sog‘lom fikrli mutaxassislarni tayyorlash doimiy e’tiborda. muhtaram Prezidentimizning
joriy yil 16 apreldagi “diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoni diniy tizimda yangi davrni boshlab berdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, tadqiq etish, islom dinining asl
mohiyatini, musaffo aqidalarini keng xalq ommasiga yetkazish maqsadida davlatimiz tomonidan
keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganiga mazkur farmon amaliy tasdiq bo‘la oladi.
Poytaxtimizda tashkil etilgan islom sivilizatsiyasi markazi, Buxorodagi mir arab oliy madrasasi,
imom Buxoriy va imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari buyuk allomalarimizning
merosini chuqur tadqiq etish va ularni jahonga tanitishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtboshimizning farmoniga asosan o‘zbekiston islom akademiyasi va Toshkent islom
universiteti negizida o‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilgani ayni muddao bo‘ldi.
Prezidentimiz Shavkat mirziyoyev kechagina biz oʻqituvchilarga qilgan bayram tabrigid
a oʻqituvchi ustozlarga oʻz murojaati bilan chiqar ekan, uchinchi rezenans gʻoyasini milliy
gʻoyaga aylantirish lozimligii uqtirdilar . Prezidentimiz uchinchi rrezenasni avvalambor ustozlar
dan boshlash lozimligini uqtirar ekanlar buyuk bobolarning” Jaholatga qarshi maʼrifat bilan”
harakatlanib har bir rezsnans davriga toʻxtalib oʻtdi. maʼlumki azal- azaldan “Buyuk ipak
yoʻli”da maʼrifat svilizatsiya eshigi boʻlib xizmat qilgan. Chunki buyuk bilim dargʻalari yuksak
bilim sohiblari , olim- u fuzalolar aynan bizning yurtimizda yetishib chiqqan. al Xorazmiy,
ahmad Fargʻoniy ,abu rayhon Beruniy, Zamaxshariy, abu ali ibn Sino, imom al-Buxoriy,
Zamaxshariy, mirzo ulugʻbek, ali qushchi kabi koʻplab buyuk olimlar Jomiy, lutfiy, alisher
navoiy, Bobur mirzo singari shoirlarimiz yaratgan boy ilmiy, badiiy asarlar butun dunyoni
qamrab olgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. va albatta bunday buyuk bilim dargʻalari tominidan
yaratilgan har bir asar insoniyatning maʼnaviy- maʼrifiy bilim va salohiyatini rivojlantirish uchun
xizmat qiladi. Xalqni kuchli qiladigan , vatanni yuksaltiradigan vosita bu aynan ilm va maʼrifat
hisoblanadi. Shu boisdab Prezident har bir soha zamirida ilm maʼrifatning kuchi, har bir sohada
yuksak taʼlim va tarbiyaning oʻrni benihoya katta ekanini taʼkidladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. uza.uz
2. kun.uz
57
Do'stlaringiz bilan baham: |