Yakuniy
qism
(10 daqiqa)
1. Talabalarning mashg’ulotlardagi
ishtiroklarini tahlil qiladi va
baholaydi.
2. Mashg’ulot maqsadiga qay
darajada erishilganlikni xulosalaydi.
3. Talabalarning mashg’ulot
yuzasidan fikrlari bilan tanishadi.
4. Navbatdagi seminar mashg’uloti
mavzusini e’lon qiladi, talabalarga
mustaqil ishlash uchun topshiriq
beradi, ularni topshiriqni
baholashga oid mezonlari bilan
tanishtiradi
1. Mashg’ulotdagi ishtiroklari
darajasidan xabardor bo’ladilar.
2. Mashg’ulot maqsadiga
erishishdagi shaxsiy ishtiroklarini
baholaydilar..
3. Mashg’ulotning tashkil etilishi
yuzasidan fikr bildiradilar..
4. Navbatdagi seminar mavzusidan
xabardor bo’ladilar va o’qituvchi
tomonidan berilgan topshiriqni
yozib oladilar
74
Mashg’ulotda qo’llaniladigan metod va texnologiyalar mohiyati
1. “Insert” metodi
o’zlashtirilishi ko’zda tutilgan yangi mavzu bo’yicha
o’quvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash va ularda matnga
nisbatan tahliliy yondashish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Strategiyani qo’llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 1) kichik
guruhlar shakllantirilib, ular nomlanadi; 2) har bir guruhdan ыzlashtirilishi
rejalashtirilayotgan mavzuga oid ikkita fikr bildirish so’raladi; 3) guruhlar
navbatma-navbat mulohazalarni bayon etadilar; 4) bayon etilgan fikrlar yozyv
taxtasiga yozib boriladi; 5) so’ngra o’qituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi
mantni guruhlarga tarqatadi; 6) guruhlar matn bilan tanishib chiqib, matn va o’zlari
bildirgan fikrlarning bir-biriga qay darajada muvofiq kelganligini aniqlaydilar
(o’xshashlik va farqlar maxsus belgilar yordamida qayd etiladi); 7) guruh a’zolari
shaxsiy qarashlarini ifoda etadilar va maxsus belgilar soni umumlashtiriladi; 8)
guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi; 9) liderlar sinf jamoasini guruh
natijalari bilan tanishtiradilar; 10) guruhlarning yondashuvlari umumlashtirilib,
yakuniy xulosa chiqariladi.
Metodni qo’llashda o’quvchilar qo’yidagi sxemalar bo’yicha faoliyatni tashkil
etadilar:
1.
Matn guruhlarning fikrlari bilan qiyosiy taqqoslanganda:
Maxsus
belgilar
Maxsus belgilarning ma’nosi
Z
Matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar o’z aksini
topgan bo’lsa
S
Matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar o’z aksini
topmagan bo’lsa
?
Matn bilan tanishish jarayonida savollar tug’ilsa
(tushunmovchiliklar yuzaga kelsa)
2. Liderlarning hisobotidan so’ng guruhlarning natijalarini o’rganish
75
chog’ida:
Maxsus belgilarning
tartib raqamlari
Guruhlarning nomlari
Do'stlaringiz bilan baham: |