43
–Т.: 2005. -167 b.
4. Жукова. М.Ж. Менеджемент в туристском бизнесе: Учебное пособие. –М.:
Финансы и статистика, 2005. -288 с.
5.ЧудновсийА.Д., Жукова М.А., Сенин В.С. Управление индустрий туризма.–
М.: Финансы и статистика. 2004. -437 с39.
6. 2018 йилда вилоятда туризмни янада ривожлантириш концепцияси
Boltayeva M.Sh.,
Buxoro, O’zbekiston
O’ZBEKISTONDA SERVIS SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA
INNOVATSIYALARNING AHAMIYATI
Bozor islohotlarining amalga oshirilishi, mamlakatning
jahon hamjamiyatiga
integratsiyalashuvi, jahon iqtisodiy tizimining bilimlar va axborot rolining o’sishi
tomon o’zgarishi, yangi texnologiyalar va kapital bozori o’rtasidagi aloqalar
kuchayishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish yo’liga
o’tishi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Dunyoning yetakchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida rivojlanish
umumiy qonuniyatlari va tendensiyalarini bilish, shuningdek, boy tabiiy resurslar,
ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatga ega bo’lgan O’zbekistonning o’ziga xos
sharoitlarini hisobga olgan holdagina O’zbekistonning innovatsion rivojlanish yo’liga
o’tish yo’llari va usullarini ishlab chiqish mumkin. Bu borada Respublika Prezidenti
Shavkat Mirziyoev shundan degan edilar “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining
barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovastion rivojlanish yo’liga
o’tmoqdamiz.
Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib
borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g’oyaga, innovastiyaga
tayangan davlat yutadi”
i3
Shu munosabat bilan 2018 yilga yurtimizda “Faol tadbirkorlik, innovastion
g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili,” deb nom berildi. Faol
tadbirkorlik
biznes faoliyatini innovastion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg’or
texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo’nalishdir.
Aynan shunday sharoitida xizmat ko'rsatish korxonalari o’z faoliyatlarini doimiy
takomillashtirib borishlari uchun zamonaviy texnika va texnologiyalarga ehtiyoj
tug’iladi. Bunda innovatsion faoliyat rivojlanishning kafolati sifatida xizmat qiladi.
Respublikamizda innovatsion faoliyatni tartibga solish uchun mustahkam qonunchilik
tizimi tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunda yanada takomillashtirishga alohida e’tibor
qaratilib kelinmoqda. Innovatsion faoliyatni tashkil etishning uslubi va uslubiyotini
takomillashtirishdan maqsad innovastiyalar bo’yicha konseptsiyalar yaratish va ularni
iqtisodiyotimizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliyotga joriy
etish zaruriyati bilan izohlanadi.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda, shuningdek O‘zbekistonda
ham iqtisodiyotning
noishlab chiqarish, xususan xizmat ko’rsatish sohasiga e’tibor tobora kuchayib
bormoqda. Insonlar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazib, dam olishga, sog‘ligini
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq so’zi gazetasi
3
44
tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf - odatlari, qadriyatlarini bilishga intilmoqdalar.
Bunday xizmatlarni turizm sohasi ko‘rsatadi. XX asrga kelib bunday intilishlar
kuchaydi va xizmatlar sohasini rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Ayrim mamlakatlarda
turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o‘sish
sur’ati 11%-12% gacha boradi. Bu esa xizmat ko’rsatish sohasining qanchalik
darajada mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan
dalolat beradi. Shunisi qiziqki, turizm rivojlanishi natijasida transport, bozor
infratuzilmasi,
savdo-sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik va
boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ham rivojlanib boradi.
Kelajakda aholiga xizmat ko‘rsatish sohasining kengayishi munosabati bilan
xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar soni ortib boradi. Turizm sohasida
hamkorlik qilish orqali xo‘jalikning
jadal rivojlanishi, uning iqtisodiy ahamiyatining
o‘sishi turistik xizmat sohasining katta foyda keltira olishi, bu sohaga sarmoyalarni
ko‘plab sarflanishiga olib keldi. Mablag‘ni ko‘p talab qilishiga qaramay, turistik
sohaga sarflangan
sarmoya juda foydalidir, chunki u o‘zini nisbatan tez qoplaydi.
Xorijiy turistlardan olinadigan pul tushumlari daromadga aylanadi va milliy
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muomalada bo‘ladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda xizmatlar sohasining rivojlanish holati
xususida ayrim dalillarni, ko’rsatkichlarni keltirishni maqsadga muvofiq deb topdik
(1.1-diagramma).
Do'stlaringiz bilan baham: