TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING
AHAMIYATI
Boymanova M. – 1-kurs magistranti, Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi, TDPU,
Toshkent sh.
Mamlakatimizda ta’limni isloh qilish ustuvor vazifalardan biriga aylangan bugungi kunda
2021 yilda o‘tkaziladigan PISA baholash dasturida O‘zbekiston ham ilk marotaba qatnashadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash
sohasida xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish to’g’risida”gi 997-sonli qarori qabul qilindi. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida davlat va
jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qatorida ta’lim sifatini oshirishga , 2021-yildagi
Xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko’rish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
148
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Xalq ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ,Milliy markaz bilan
hamkorlikda Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish vazifalari belgilandi.
Qarorga muvofiq quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etildi:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang‘ich 4-sinf
o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf
o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash
uchun;
The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli o‘quvchilarning
o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog
kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda
o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun.
Qayd etish lozimki Prezidentimiz farmoni bilan “ O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi» tasdiqlangan bo’lib , unda O’zbekiston
Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro baholash dasturining reytingi bo’yicha jahonning
birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish ustuvor vazifa etib belgilangan edi.
Chunki xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita ta’lim sifatini oshirish
bilan bog’liqdir. Ta’lim sifatini oshirish esa mamalakatga yetuk kadrlar yetishtirib berish imkoniyat
darajasini oshiradi.
PISAning o’ziga hosligi nimada? PISA tadqiqotlari o’quvchilarning maktabda olgan
bilimlardan foydalangan holda real hayotdagi vaziyatlarga, muammolarga nisbatan qo’llay olishlari
mumkinligini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan. Dars jarayonida olingan ma’lumotlarni o’quvchi
tutiqush kabi yodlab olganliklari PISAni kamroq qiziqtiradi. Aksincha o’quvchilarning maktabda
egallagan ko’nikmalardan kitob, gazeta, rasmiy ma’lumotlar yoki yuriqnomalarda berilgan
ma’lumotlarni o’qib , mantiqiy tahlil qilishda foydalana olishlarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan
tadqiqotdir. PISAning nuqtayi nazari har bir o’quvchiga bilim ko’nikmalarni qay darajada
o’zlashtirganliklarini aytib o’tish emas balki natijalarni tahlil qilish va uni milliy darajada
rivojlantirishdan iboratdir. Masalan PISA bo’yicha muammoli vaziyatni olib qarasak, PISA
bo’yicha bahoning 50 ballga oshishi davlatning Yalpi ichki mahsulotining 1% foizga o’sishini
ta’minlaydi. PISA tendensiyasi shuni ko’rsatayaptiki barcha mamlakatlar yahshilanish yo’lidagi
salohiyatga ega. PISA tadqiqotlarida qatnashadigan mamlakatlar o’z o’quvchilarini boshqa davlatlar
bilan solishtirib qaysi reyting darajasida ekanliklarini bilishga intiladilar. Lekin PISAning asosiy
maqsadi o’z manfaati yo’lida raqobat muhitini yaratish emas uning maqsadi barcha ishtirokchi
mamlakatlar uchun tadqiqot natijalaridan foydalangan holda o’zining ta’lim tizimini yahshilashi
hamda har bir o’quvchiga eng yahshi natijaga erishishi uchun qulay imkoniyat yaratib berishdan
iboratdir.
Shu o‘rinda “Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga
nima beradi?”, degan savolga javobimiz quyidagicha:
1. Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni
hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini beradi; 2. Milliy ta’lim
tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish
dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini
yaratishda qo‘llaniladi; 3. Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli
o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: 4. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga
asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi.
Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita ta’lim sifatini oshirish
bilan bog‘liqdir. Unda ishtirok etish, nafaqat O‘zbekiston, balki, jahon hamjamiyatida
o‘quvchilarning o‘quv dasturlarini yodda saqlab qolganligini baholashdan ularning
kompetensiyalarini baholash, ya’ni maktabda egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |