Gidrotexnika inshootlaridagi xavfsizlik va avariya xavfi darajasini baholash
Reja:
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi
Avariya xavfi darajasini baholash
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi mezonlari
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini baholash uchun avariya xavfi darajasi baholanishi va buning uchun omillar tizimi tuzilishi kerak. Avariya xavfi darajasini baholash gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasini tuzishda bajarilishi lozim.
Loyihalash davrida diagnostika ko‘rsatkichlari M1 va M2 ning mezon va tarkibi filtratsiya, gidravlik va harorat rejimlarini eksperimental tadqiqotlari va hisoblari natijalari tahlili asosida aniqlanishi zarur. Bunda shuningdek, gidrotexnika inshootlarini asosiy va o‘ta muhim yuklamalar to‘plamiga ustuvorligi va zo‘riqishli-deformatsiyali mustahkamlik holati hamda materiallarning mustahkamlik - deformatsiya va filtratsiya xossalarini tahlili natijalari hisobga olinishi kerak.
Demak, inshootning potensial xavfli holati inshoot egasi va nazorat organlarini zudlik bilan aralashuvini talab qiladi, bu haqda esa ularga ekspluatatsiya xodimi kechiktirmasdan xabar etkazadi. Inshootning ushbu holati shoshilinch yoki nisbatan tez buzilishini bildirmaydi. Natija ijobiy chunki xavfning oldi olinadi.
Gidrotexnika inshootlarini ishonchli holatiga baho berish tizimli ravishda, loyihadan boshlanib, qurilish davrida va undan keyin ekspluatatsiya jarayonida ham davom etishi kerak. Bu jarayonda gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya tashkilotlari, ixtisoslashgan loyihaviy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, alohida mutaxassis-ekspertlar tomonidan muntazam ko‘rikdan o‘tkazib turishlariga, shuningdek, inshootlar holatini nazorat organlari tekshirib turishlariga katta e’tibor qaratiladi.
Gidrotexnika inshootlarini ko‘rikdan o‘tkazish va tekshirishlarning butun tizimini qo‘yilgan maqsad, vazifa va muddatga ko‘ra quyidagilarga bo‘lish mumkin:
-ekspluatatsiya tashkiloti kuchi bilan inshootlarni, toshqin suvlarni o‘tkazishga tayyorlash, toshqin suvlar o‘tgandan so‘ng, kuzgi-qishki davrga tayyorlash paytida ko‘rikdan o‘tkazish;
-inshootlarni zilzila va kuchli suv toshqini o‘tkazgandan so‘ng ko‘rikdan o‘tkazish;
-inshoot ishida ularni ta’mirlash rejimi texnologiyasini ishlab chiqish va ekspluatatsiya rejimiga aniqlik kiritish maqsadida, nuqsonlarni paydo bo‘lish sabablarini aniqlash bo‘yicha ekspluatatsiya tashkilotlari tomonidan jalb etiladigan ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI), loyiha tashkilotlari mutaxassislari yordamida muayyan joyda tekshiruv va tadqiqot ishlarini o‘tkazish;
- gidrotexnika inshootlari xavfsizligi bo‘yicha davlat nazorati organlari tomonidan inshootlarni inspeksiya tekshiruvidan o‘tkazish;
-soha vazirligi va idorasi tomonidan kamida 5 yilda bir marta mutaxassislardan iborat komissiya o‘tkazadigan markazlashgan tekshiruvlar.
Markazlashgan tekshiruvlarni o‘tkazish haqidagi masala ko‘rib chiqilayotganda, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning majburiyatlari shakllantirilgan O‘zbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi 9-moddasinibarcha bandlari rejali tartibda ko‘rib chiqiladi.
Quyidagi tushunchalardan foydalanish tavsiya etiladi:
Nazorat ko‘rsatkichlari – qaralayotgan inshootda texnikaviy vositalar yordamida o‘lchanayotgan yoki o‘lchashlar asosida hisoblab chiqilgan miqdoriy tavsiflar shuningdek gidrotexnika inshootlari holatini sifat tavsiflari.
Diagnostika ko‘rsatkichlari - gidrotexnika inshootlari holatini baholash va diagnostika qilish uchun muhim bo‘lgan, inshoot-zamin-suv ombori tizimi xavfsizligiga butunlay yoki uning alohida elementlariga baho bera oladigan nazorat ko‘rsatkichlari.
Inshoot holati xavfsizligi bahosi: ishga layoqatli (normal) holat - gidrotexnika inshootlarining shunday holatiki, unda inshoot me’yoriy hujjatlar va loyihaning barcha talablariga javob beradi va inshootning diagnostika ko‘rsatkichlari qiymati o‘ziningmezon qiymatidan katta bo‘lmaydi.
Qisman ishga layoqatsiz (potensial xavfli) holat-gidrotexnika inshootlarining diagnostika ko‘rsatkichlaridan agar birortasi yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy qiymatdan katta (kichik) bo‘lgan yoki bashorat qilinadigan qiymatlar intervali muayyan sharoit chegarasidan chiqqandagi holat.
Ishga layoqatsiz (avariya oldi) holati-gidrotexnika inshootining ustuvorlik, mustahkamlik yoki suv o‘tkazmaslik sharti buzilgan, uni shikastlanish holatlari vujudga kela boshlagan holat.
Gidrotexnika inshootlarini markazlashgan holda tekshiruvdan o‘tkazishdan maqsad:
-gidrotexnika inshootlarini mavjud hujjatlar, shuningdek, avvalroq o‘tkazilgan tadqiqotlar, ko‘z bilan qarab chiqish va zarur hollarda maxsus bevosita ob’ektda bajariladigan laboratoriya tadqiqotlari asosida texnikaviy ishonchliligini va holati xavfsizligini baholash;
-gidrotexnika inshootlarini xavfsizlik darajasini oshirish bo‘yicha ekspluatatsiya xodimlari qabul qiladigan chora-tadbirlar yetarli ekanligi yoki yetarli emasligini baholash.
Markazlashgan holda ko‘rikdan o‘tkazishlarningvazifasi bo‘lib:
-gidrotexnika inshootlari texnik holatini tekshirish va uning ustidan ekspluatatsiya nazorati va kuzatuvini tashkil etish;
-loyihaviy yechimlardan chetga chiqish, inshoot konstruksiyalarini shikastlanishlari, nuqsonlari, avariyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan inshoot materiallarini fizika-mexanikaviy xossalari o‘zgarishini aniqlash;
- gidrotexnika inshootlarini to‘liq va uning alohida elementlarini amaldagi me’yor (normativ) lardan kelib chiqib, tekshiruv paytidagi holatini hisobga olgan holda mustahkamligi va ustuvorligini zahirasi yetarli ekanligini aniqlash;
-ob’ektda o‘rnatilgan nazorat-o‘lchov asboblari (NO‘A) ning samarali kuzatishlar olib borish uchun yetarli ekanligi va haqiqiy holati, ular tomonidan kuzatuvlar muntazamligini o‘rnatish, kuzatuv ma’lumotlariga ishlov berish va ularning tahlilini o‘tkazish;
-texnikaviy hujjatlarning holatini tekshirish.
Gidrotexnika inshootlarining markazlashgan ko‘rikdan o‘tkazish ob’ektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: to‘g‘onlar, gidroelektrostansiyalar binolari, suv tashlovchi, suv o‘tkazuvchi va suv chiqarish inshootlari, tunnellar, kanallar, kollektorlar, nasos stansiyalari, daryo o‘zanlari va kanallar tubi hamda va qirg‘oqlarini, suv omborlari qirg‘oqlarini suv toshqini va buzilishidan himoya qiluvchi inshootlar, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari suyuq chiqindilarini to‘plovchi omborlarni o‘rab turadigan inshootlar (dambalar).
Gidrotexnika inshootlarini markazlashgan ko‘rikdan o‘tkazish barcha vazirlik va idoralar tomonidan bajarish majburiydir va u ularning tasarrufida turgan I, II va III kapitallik sinfidagi gidrotexnika inshootlariga taalluqli hisoblanadi.
Gidrotexnika inshootlariniko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish tartibi. Markazlashgan ko‘rikdan o‘tkazish soha vazirliklari va idoralari buyruqlari bilan avvaldan tuzilgan va tasdiqlangan qoidalar bo‘yicha tashkil etiladigan ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Komissiya tarkibiga davlat suv xo‘jaligi nazorati, gidrotexnika inshootini ekspluatatsiya qiluvchi va bosh loyiha tashkilotlari rahbariyati vakillari kiritiladi. Komissiya tarkibi shunday tanlanadiki, uning tarkibiga beton, temir-beton konstruksiyalar va inshootlar, gruntli inshootlar, qurilish materiallari va beton hamda sementatsiya ishlari, muhandislik geologiyasi va gruntlar mexanikasi, inshootlar diagnostikasi va bevosita ob’ektda o‘tkaziladigan tadqiqotlar, inshootlar va quyi bef gidravlikasi, mexanikaviy jihozlar bo‘yicha mutahassislar, shuningdek, gidrotexnika inshootlari konstruksiyasi va vazifasiga ko‘ra boshqa kerakli mutaxassislar ham kirishi lozim.
Ayrim hollarda o‘ta muhim ob’ektlarni ko‘rikdan o‘tkazishda favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) organlari bilan kelishilgan holda komissiya tarkibiga ularning ham vakillari kiritilishi mumkin.
Ekspluatatsiya tashkiloti komissiyaga uning ob’ektda ish boshlashidan oldin ko‘rikdan o‘tkazilayotgan ob’ektning texnik holati haqida ma’lumotnoma tayyorlaydi.
Ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra tekshiruv akti tuziladi va gidrotexnika inshootlarini keyingi ekspluatatsiyasi bo‘yicha tavsiyalar, ularni texnik holatini ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bajarilish muddatlari belgilangan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari va davriyligi. Gidrotexnika inshootlarini ko‘rikdan o‘tkazish davriyligi kamida 5 yilda bir marta, ammo xavfsizlik deklaratsiyasini tuzish va yangilashga qadar kamida bir yil avval o‘tkaziladi.
Favquloddagi holatlar (zilzila, maksimal hisobiy sathdagi suv sarfiga ega suv toshqini va boshqalar) ro‘y bergan ob’ektlarda yoki gruntli inshootlar va zaminlarda katta cho‘kishlar – o‘pirilishlar tufayli ularning ishonchliligi va xavfsizligiga shubha tug‘ilganda, inshoot va zaminlar yuvilib ketganda, tunnellarda o‘pirilishlar, ko‘chish va sh.k. lar sodir bo‘lganda ob’ektlarda navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunday hollarda favqulodda voqea ro‘y bergandan so‘ng 1-2 haftadan kechikmasdan ekspluatatsiya tashkilotining tashabbusi bilan inshootlar tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Gidrotexnika inshootlariniko‘rikdan o‘tkazish komissiyasining ishi quyidagilardan tashkil topadi:
Texnikaviy hujjatlarni mavjudligi, holatini va olib borish sifatini tekshirish.
- tasdiqlangan loyiha hujjatlari (chizmalar, yozma-izoh qismi va sh.k.), ulardagi barcha kiritilgan o‘zgarishlar bilan, shu jumladangidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish va ularda NO‘A larni joylashtirish loyihalari;
-Davlat aktlari va inshootlar hamda ularning elementlari bo‘yicha ham aniqlanmagan ishlarga tuzilgan qabul qilish ishchi komissiyasining barcha aktlari, ishchi chizmalari, shu jumladan NO‘A lari bo‘yicha ham;
-mualliflik nazorati jurnallari (qurilish davri uchun);
- gidrotexnika inshootlari texnik pasportlari, ekspluatatsiya xodimlarining xizmat vazifalari;
-ajratilgan yer uchastkalari akti;
- gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish qoidalari (suv omborlari uchun boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bilan kelishilganholda), gidrotexnika inshootlari va ularning mexanikaviy jihozlarini ekspluatatsiya qilish, NO‘A ni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha instruksiyalar;
-gidrotexnika inshootlari va ularning alohida elementlarini oddiy ko‘z bilan va asboblar yordamida kuzatish jurnallari;
- gidrotexnika inshootlari ustidan kuzatuvlar ma’lumotlarining ishlov berilgan va tahlil qilingan materiallari, bevosita ob’ektda o‘tkazilgan va ishlab chiqarishdagi tadqiqotlar, ishga tushirish materiallarining hisoblari, kanal va kollektorlarning haqiqiy bo‘ylama va ko‘ndalang profillari;
-ekspluatatsiya davrining texnik hisobotlari;
-gidrotexnika inshootlari va ularning elementlariniko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus rejadagi komissiyalar akti;
-nazorat organlari ko‘rsatmalari;
-dispetcherlik grafiklari, suv berish va suv taqsimoti grafiklari, suv o‘lchash jurnallari va boshqa hujjatlar;
-“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun, gidrotexnika inshootlarini ishonchliligi va xavfsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha yuqori tashkilotlar buyruqlar va ko‘rsatmalari.
Gidrotexnika inshootlarini o‘lchash vositalari bilan ta’minlanganligini tekshirish:
-gidrotexnika inshootlarini nazorat-o‘lchov asboblari bilan ta’minlanganlik loyiha talablariga mos kelishi, ularni o‘z vaqtida o‘rnatilganligi, bus-butunligi, saqlanishi va sozligi;
-o‘lchash va boshqaruvning natijalarini to‘plash va ishlov berish bo‘yicha avtomatlashgan nazorat tizimi va vositalari mavjudligi hamda ularni ishlash ishonchliligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |