Mavzu: Gidrotexnika inshootlaridagi xavsizlik va avariya xavfi darajasini baholash



Download 53,84 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi53,84 Kb.
#819963
Bog'liq
4-Маъруза.МФ!!!


4-ma’ruza
Mavzu: Gidrotexnika inshootlaridagi xavsizlik va avariya xavfi darajasini baholash.

Reja:1.Ekspluatastiya qilinadigan gidrotexnika inshootlaridagi avariya xavfi


darajasini baholash xaqida umumiy tushunchalar
2.Gidrotexnika inshootlarining(to’g’onning) ishdan chiqish sxemasi

Tayanch iboralar: statistik, deterministik (hisobiy), ta’sir diapazoni, ekstremal, gidrologik, seysmik.




Gidrotexnika inshootlari xavfsizligiga baho berishda avariya xavfi darajasini baholash zarur va buning uchun omillarning neraxitik tizimi tuzilishi lozim. Avariya xavfi darajasini baholash GTI xavfsizligi dekloratsiyasini tuzish paytida amalga oshiriladi.
Loyihalash bosqichida M1 va M2 diagnostika ko‘rsatkichlarining tarkibi va mezonlari GTI larini asosiy va birgalikdagi alohida yuklamalarga mustahkamligi va ustuvorligini, zo‘rqishli-deformatsiyali holatini, filtratsiya, gidravlika va harorat rejimlarini tajriba tadqiqotlari va hisob natijalari tahlili, shuningdek, materiallarni mustahkamlik, deformatsiya va filtratsiya tavsiflari tahlili asosida aniqlash kerak bo‘ladi.

GTI ekspluatatsiyasi tajribasidan kelib chiqib va tabiiy sharoitdagi kuzatuvlar natijalari tahlili asosida M1 (zarur holatlarda M2) mezon qiymatlarining diagnostika ko‘rsatkichlarini to‘ldirish va aniqlashtirish quyidagilardan foydalangan holda amalga oshiriladi:


-tabiiy sharoitdagi kuzatuvlar ma’lumotlari bo‘yicha shakllantirilgan statistik modellar asosida bajarilgan bashorat natijalari;
-GTI ning aniqlik kiritilgan hisobiy sxemalari va materiallar hamda zaminlar xossalari parametrlarini aniqlik kiritilgan hisobiy qiymatlariga nisbatan qo‘llaniladigan tabiiy sharoitdagi kuzatuvlar ehtimollik matematik modellari asosidagi tekshirish hisoblari.


Ekspluatatsiya bosqichida shuningdek, GTI ning holatini diagnostika sifat ko‘rsatkichlarini tarkibi va qiymatlarini aniqlash lozim bo‘ladi.


Inshootlar uchun loyihalash bosqichida aniqlangan va hisobiy qiymatlardan ancha past diagnostika ko‘rsatkichlari qiymatlarini o‘lchashda, ko‘rsatkichlarni mezon qiymatlari bashoratli statistik modellar bo‘yicha qabul qilinadi. Bunda ko‘rsatilgan statistik modellar odatda, ekspluatatsiya jarayonida sinovdan o‘tgan inshootlarni yuklamalari va ta’siri diapazoni chegarasida qabul qilinishi lozim. Bir nechta diagnostika ko‘rsatkichlaridan birortasi loyihalash bosqichida aniqlangan va ekspluatatsiya bosqichida aniqlik kiritilgan M1 mezon qiymatidan oshgan taqdirda, statistik model asosida GTI ni baholashga ruxsat etiladi.



Inshoot holatini diagnostika va bashorat qilish hamda ekspluatatsiya holatlarini aniqlash maqsadida matematik modellarning uchta turidan foydalaniladi:
-statistik;
-deterministik (hisobiy);
-aralash.
Ta’sir diapazonini bashorat qilish uchun o‘lchashlar vaqt qatori mavjud bo‘lganda statistik modellarni qo‘llash lozim. Deterministik (hisobiy) model loyiha davrida ishlab chiqilib, ekspluatatsiyaning boshlang‘ich davrida joriy, inshootga haqiqiy tekshirish paytidagi yuklama va ta’sirini bashorat qilish uchun ishlatilishi mumkin. Bu maqsadlarda hisoblarni nafaqat ekstremal, balki inshoot va zamin materiallarini haqiqiy tavsifida oraliq yuklama va ta’sirlar uchun ham bajarish kerak.
Ekspluatatsiya qlinadigan GTI xavflilik darajasiga deterministik baholashni xavfsizlikni son va sifat omillarini ta’sirini birlashtirgan umumlashtirilgan ko‘rsatkich shaklida amalga oshirish tavsiya etiladi. Ushbu umumlashtirilgan ko‘rsatkich (GTI xavfsizlik darajasi) GTI xavfsizligining loyiha talablaridan, aniqrog‘i zamonaviy meyoriy va qoidalardan chetga chiqishi darajasini tavsiflaydi.

GTI xavfsizlik darajasini baholash quyidagicha bajarilishi mumkin:


-avariyaning turli xil ssenariylari ko‘rib chiqiladi;
-avariyaning har bir ssenariysi uchun ta’sir etuvchi omillar ro‘yxati aniqlanadi;
-xavfsizlikni turli xil son va sifat omillari bitta masshtabga olib kelinadi (intervalga bo‘lingan bitta shkala bo‘yicha baravarlashtiriladi);
-xavfsizlik o‘lchamini GTI xavfsizlik darajasini turli xil xavfsizlik (bir xil masshtabga keltirilgan) omillarini o‘zaro ta’sirini hisobga olib, miqdoriy baholash quyidagi formula bilan amalga oshiriladi:


(4.1.)


bunda - xavfsizlik omillari qiymatlari;


, - formula bo‘yicha hisob olib borganda inobatga olinadigan omillarning sifat qiymatiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatilgan miqdor shkalasining intervali uchun omillarning maksimal va minimal qiymatlari.


Ekspluatatsiya qilinayotgan GTI xavfsizligi darajasini baholashning qarab chiqilgan xavfni o‘lchamlarini ehtimollik uslubini qo‘llashni inkor etmaydi. Xususan, ta’sirlar (gidrologik, seysmik, suv to‘lqini) ning tavsifi an’anaviy ehtimollik tushunchalarini tabiiy ta’sirlar, materiallar xossalari va zamin jinslarini tavsiflovchi xavfsizlik omillarini baholashda foydalanish lozim bo‘ladi.
Xuddi shunga o‘xshash ravishda ekspluatatsiya qilinadigan GTI holatini zamonaviy hisoblar uslubi, meyor va qoidalarga mos kelishiga baho berishda (meyoriy hujjatlarda tegishli tavsiyalar mavjud bo‘lsa) butun gidrouzelni va uning alohida elementlarini ishonchliligini ehtimollik asosida baholashdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Inshootlarni ishonchliligi va xavfsizligini baholashda ta’sir etuvchi omillarni kuchli tasodifiy o‘zgaruvchanligida, xususan alohida yuklama va ta’sirlar (shu jumladan, halokatli tabiiy ta’sirlar) yoki ularni yig‘indisi, masalan, suv ombori suv sathini tasodifiyligi va keng miqyosda o‘zgaruvchanligida seysmik ta’sir bo‘lganda ehtimollik nuqtai-nazaridan baholash yaxshi samara beradi.

GTI lar avariya xavfiga ehtimollik bahosini berishni quyidagi tartibda amalga oshirish tavsiya etiladi:


-avariyalarning turli xil ssenariylari ko‘rib chiqiladi;
-avariyaning har bir ssenariysi uchun ta’sir etuvchi omillar ro‘yxati tuzib chiqiladi;
-formulalar yordamida hisoblar bilan GTI avariyalari ehtimolligi aniqlanadi.


Ekspluatatsiya qilinayotgan GTI xavfsizlik darajasini baholash yoki avariya xavfini baholashning oxirgi bosqichi bo‘lib, olingan natijalarning tahlili, eng “xavfli” omillarni aniqlab olish va GTI xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy yoki texnikaviy tavsifga ega tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Download 53,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish