Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической


YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA 
UZLUKSIZ MA’NAVIY TARBIYA KONSEPSIYASINI AMALIYOTGA JORIY ETISH 
TEXNOLOGIYALARI 
Nosirova R.X. – “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi, Toshkent viloyati 
Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti, Chirchiq, O‘zbekiston. 
Annotatsiya:
Maqolada yangilanayotgan O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimida 
uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amaliyotga joriyetish, mamlakatimizda maktabgacha 
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar 
xususida fikr bayon etilgan. 
Tayanch so‘zlar
: maktabgacha ta’lim, tarbiya kontseptsiya, ma’naviy salohiyat, 
kompetentsiya, takomillashtirish. 
Аннотация:
В статье рассматривается реализация концепции непрерывного 
духовного образования в системе дошкольного образования в Узбекистане, а также 
проводимые реформы по совершенствованию и развитию системы дошкольного образования 
в стране. 
Ключевые слова:
система дошкольного образования,воспитание, подрастающее 
поколение, умственное, этап, подготовка к школе, совершенствование. 
Annatatoin:
The article of discusses the implementation of the concept continuous spiritual 
education in the preschool education system in Uzbekistan, as well as ongoing reforms to improve 
and develop the preschool education system in the country. 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
 
178 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Key words:
preschool education, organization, young generation, spiritual potential, stage, 
school preparation, improvement. 
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishdata’lim jarayonning barcha 
shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon 
yo‘naltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun 
zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otish,barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat 
siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir.Respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimini 
yanada rivojlantirish, uning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari tarmoqlarini kengaytirish, ularni zamonaviy pedagog tarbiyachilarning yangi avlodi 
bilan ta’minlash, zamonaviy ta’lim dasturlarini va texnologiyalarini tatbiq etish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish 
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son qarori ijrosini 
ta’minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib 
tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasining uzluksiz ma’naviy tarbiya kontseptsiyasini 
tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Qarorni qabul 
qilishdan ko‘zlangan maqsad yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka 
hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.
O‘zbekiston «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» tamoyili asosida taraqqiyotning 
yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o‘zining aniq, 
qat’iy talablarini qo‘ymoqda. 
Ushbu talablar doirasida ta’lim sohasida pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoiti tubdan 
yaxshilanib, ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinmoqda. 
Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, 
uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu 
bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, 
zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi.
O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologikisloh qilish borasida 
olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan 
tayanch kompetentsiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. 
Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda 
oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, 
mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-
metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etadi.
Ushbu Kontseptsiyaning V bobida Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz ma’naviy tarbiyani 
amalga oshirish vazifalari ko‘rsatib berilgan.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi: 
1)Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontseptsiyasining ushbu bosqichi o‘z ichiga maktabgacha 3 — 6 
(7) yoshli bolalarni qamrab oladi. 
2) Ushbu bosqichda 3 — 7 yoshli bolalarga xos xususiyatlar, jumladan: 
o‘z tuyg‘ularini boshqarish ko‘nikmalarining rivojlanishi; 
o‘z xatti-harakatlarini axloqiy boshqarish ko‘nikmalarining yuzaga kelishi; 
shaxsiy fazilatlar asoslarining paydo bo‘lishi; 
ijtimoiy motivlar va milliy an’analarga qiziqishning paydo bo‘lishi, o‘zini namoyon qilishga 
intilish;
muvaffaqiyatga erishish ehtiyojining tug‘ilishi; 
o‘ziga o‘zi baho berish, tevarak-atrofdagilarga ma’naviy-axloqiy munosabatning paydo bo‘lishi; 
bola faoliyatining yetakchi turlari — muloqot, o‘yinlar, mashg‘ulotlar; 
nutq va uning asosida ma’naviyat asoslarining rivojlanishi inobatga olinadi. 
3) Tarbiyachilar va ota-onalar tomonidan ushbu yoshdagi bolalarga: 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish