K o ‘rinadiki, 1905-1917-yillar jamiyatida turli pozitsiyada
tu rg a n ijtim oiy g u ru h la r b o ‘lg an id ek , xilm a-xil ad abiy
yo‘nalish va ijodiy to ‘dalar ham b o ‘lgan.
Lekin ular orasida
ijtimoiy hayotga, mehnatkashlarning istaklariga eng yaqini va
o ‘sha davr m uam m olarini yechish yo‘llarini izchillik bilan
qidirgani, hayotiy muammolarni baralla kuylagani, shubhasiz,
ja d id ad ab iy o ti va ja d id yozuvchilaridir. S hunday qilib,
mamlakatimizda XX asrning boshida keng tarqalib, faol kuchga
aylangan jadid adabiyoti — xalq va mamlakat hayotida muhim
o ‘rin tutgan.
Jadid yozuvchilari 1917-yildan so‘ng (sho‘ro hokimiyatining
dastlabki yillarida) ham o ‘z faoliyatlarini imkoni boricha davom
e ttird i. B iroq s h o ‘ro h u k u m a ti ja d id la rn in g
m u staq illik
borasidagi sa’y-harakatlaridan q o ‘rqib, ularga qarshi keskin
choralar ko‘ra boshladi. Jadidlar ona vatanidan badarg‘a qilindi
yoki jism oniy jih a td a n y o ‘q qilindi. Q atag ‘on qu rb onlari
respublika jam g‘armasining raisi N. Karimovning yozishicha,
« 0 ‘z xalqini m a ’rifiy yuksak lik ka olib chiqishga va shu
yuksaklikdan turib hurriyat quyoshi sari yetaklashga uringan
jadidlar 1921-yildan 1938-yilga qadar bo‘lgan davrda bitta ham
qoldirilmay qirib tashlandi. U lar
manglayiga yopishtirilgan
«Xalq dushmani» tam g‘asini qariyb 90-yillarga q adar olib
tashlashning iloji b o ‘lmadi»8. 0 ‘zbekiston mustaqil respublika
deb e’lon qilingandan keyin bu mudhish adolatsizlikka barham
berildi. Jadidlarning pok nomlari qaytadan tiklandi.
Xullas, jadidchilik om m ani g 'a fla t uyqusidan uyg‘otdi,
m a’rifatni, taraqqiyotni ulug'lab, xalqni yangi jamiyat, yangi
hayot qurishga hozirladi. Ayni vaqtda, M uqim iy, Komil,
F u rq a t sin g ari m a ’rifa tc h ila rd a n s o ‘ng yangi o ‘zbek
adabiyotining tamal toshini o ‘rnatdi.
1917-yilgi O k tab r to ‘ntarish id an so ‘nggi dastlabki o ‘n
yillikda mamlakat va xalq hayotida muayyan o ‘zgarishlar yuz
berdi. Birinchi jahon urushi oqibatida vayron b o ‘lgan xalq
xo‘jaligini tiklash, m aktab-maorif va madaniyatni rivojlantirish
sohasida m a’lum ishlar bajarildi. Yer-suv islohoti o ‘tkazildi.
Karimov Naim.
X X I asr sari. — «X alq so ‘zi» gazetasi, 1999-yil, 20-may.
14
1924-yilda 0 ‘rta Osiyoda milliy chegaralanish amalga oshirildi
— yaxlit Turkiston bir necha respublikaga b o ‘lib yuborildi.
Shular qatorida 0 ‘zbekiston respublikasi ta ’sis etildi.
Milliy
c h e g a ra la n ish d a g i a d o la ts iz lik la r, s h o ‘ro tu zum inin g
zo‘ravonlikka asoslanganligi, ijtimoiy va milliy tengsizlik. 20-
yillarda m amlakatda «bosmachilik» harakati shaklida hayot-
mamot kurashi, fuqarolar urushini yuzaga keltirdi.
Bu d av rda badiiy adabiyot sohasida turli uyushm alar,
to 'g a ra k la r va adabiy o qim lar tashkil topdi.
R espublika
hududida «Chig‘atoy gurungi» (1919-1922) adabiy uyushmasi,
«Qizil qalam » (1926-1930) jam iyati, 0 ‘zbekiston p ro letar
yozuvchilar uyushmasi (1930-1932) faoliyat ko‘rsatdi. Bularning
harakatlarida jiddiy xatolar bilan birga, foydali tadbirlar, ijobiy
ishlar ham mavjud edi9.
Yangi o ‘zbek adabiyoti ana shu tarixiy voqea-hodisalar
zaminida 0 ‘zbekiston ijtimoiy hayotidagi o ‘zgarishlarga faol
aralasha bordi. 20-yillar o ‘zbek adabiyotining vujudga kelishida
Hamza, S. Ayniy, A. Qodiriy, C ho‘lpon, Fitrat, M. SoTizoda,
A b d u lla A vloniy, G ‘a y ra tiy k ab i
y o z u v ch ilar fao llik
ko ‘rsatdilar. Shu bilan birga, ular safiga kelib qo‘shilgan Oybek,
G ‘. G ‘ulom, A. Qahhor, H. Olimjon, Mirtemir, Uyg‘un, Elbek,
Oydin, Botu, K. Yashin, H. Shams, Sobir Abdulla kabi yosh
ijodkorlar ham zamon talablariga javob berishga intilib, qalam
tebratdilar.
XX asrning 30-yillarida xalqning fidokorona mehnati tufayli
xalq x o ‘jaligida ayrim ijobiy siljishlar r o ‘y berib, m aktab-
m a o rif, ilm -fan , a d a b iy o t va s a n ’at so h a sid a m uayy an
y an g iliklar paydo b o ‘ldi. Am m o
bu d av rd a m am lak atd a
mudhish shaxsga sig‘inish illati tomir ota boshladi. Natijada,
boshqarishda adolatsizlik va qonunbuzarlikka yo‘l qo'yildi.
Minglab sof vijdonli kishilar stalinizm ta ’qibiga uchrab, behuda
qurbon b o ‘ldilar. A. Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir,
S o ‘fizoda, Botu, Elbek, A. M ajidiy singari noyob iste’dod
sohiblari «Xalq dushmani» sifatida yo‘q qilindi.
9
Q a ra n g :
Do'stlaringiz bilan baham: