Say d u lla m irzayev



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

B IR IN C H I Q ISM
X X ASR 0 ‘ZBEK ADABIYOTI
TARAQQIYOTINING ASOSIY BOSQICHLARI
BIRINCHI BOB
1900-1930-YILL ARD AGI O Z B E K ADABIYOTI
DA VRNING QISQA СНА ТА VSIFI
Bu davr o'zbek xalqi tarixining muhim bir qismini tashkil 
etadi. Bu davr tarixga T urkistonda jadidchilikning paydo 
b o ‘lishi, chorizmning ag‘darilishi, muxtoriyatning tiklanishi va 
sho‘rolar jamiyatini qurish uchun kurash yillari sifatida kiradi. 
M a’lumki, XX asrning birinchi choragida Rossiya imperiyasida 
uch marta (1905- yilda, 1917-yil fevral va oktabr oylarida) sotsial 
to ‘ntarish sodir bo‘ldi. Bu bejiz emas, albatta. Bu davrda zulm 
va istibdodga qarshi ijtimoiy norozilik keskin o ‘sganligi uchun 
ustma-ust to ‘ntarishlar yuz berdi.
Xalqimiz m ustam laka davridagi milliy zulm va ijtimoiy 
adolatsizliklardan qanchalik aziyat chekm asin, qanchalik 
qiynalmasin, hech qachon tushkunlikka tushmadi. Kelajakka 
komil ishonch bilan qarab, milliy zulmga, mustamlakachilikka 
qarshi erk va ozodlik uchun turli shakllarda izchil kurash olib 
bordi. 1898-yilda Dukchi Eshon rahbarligida Andijonda bo‘lib 
o ‘tgan q o ‘zg ‘olon, 1916-yilda Jizzaxda boshlanib, butun 
yurtimiz bo‘ylab keng tarqalgan mardikor olishga qarshi xalq 
ko‘tarilishi, 20-yillarda avj olgan «bosmachilik» harakati buning 
yorqin isbotidir. Chunki bularning barchasi mustamlakachilar 
zulmiga, ularning adolatsiz siyosatiga qarshi qaratilgan milliy 
ozodlik harakati edi. M atbuotda e’lon qilingan bir maqolada 
qayd etilishicha, «130-yillik mustamlaka yillarida Turkiston
9


o ‘lkasida istibdodga qarshi 4500 m arta katta-kichik isyonlar, 
g ‘alayonlar, norozilik namoyishlari bo‘lib o ‘tgan»6.
Xalq orasidan yetishib chiqqan M ahm udxo‘ja Behbudiy, 
Hamza, M unavvar Qori, Abdulla Avloniy, Fitrat, Siddiqiy-Ajziy, 
Abdulqodir Shakuriy, Hoji Muin Shukrulla singari o ‘z davrining 
ilg‘or ziyolilari va ijodkorlari mamlakat va xalq ahvoliga achinib, 
o ‘zlaricha bunga chora izlay boshladilar. Ular xalq va mamlakat 
og ‘ir, m ashaq qatli h ayot iskanjasid a qiynalib kun 
o ‘tkazayotganining asosiy sababi ilmsizlikdir, degan xulosaga 
keladilar. Binobarin, mehnatkash ommani ilmli, ma’rifatli qilish 
yo‘llarini axtaradilar. Natijada, XX asr boshlariga kelib milliy 
uyg‘onishga chorlovchi jadidchilik harakati yuzaga keldi va 
tobora rivojlana bordi. Bu harakatning asosiy maqsadi — xalq 
om m asini m a ’rifa tli qilish o rq ali m am lak a t rivojiga, 
mehnatkashlar hayotini yaxshilashga ko‘maklashishdan iborat 
edi. Jadidchilik harakatining maqsadi harakatning rahbarlaridan 
biri bo‘Igan M. Behbudiy tomonidan quyidagicha ifodalangan 
edi: «Xalq o ‘z foydasini anglasa, milliy maktab va madrasalar 
ochsa, O vro‘pa dorilfununlariga bolalarini yuborsa, alardan 
advokat, m uharrir va hunarmand, savdogar va muhandislar 
chiqsa, bularning har biri o ‘z vazifalarida turib, ishlarini tartib 
ila tuzsalar, xalqimizning foydasini ko‘zlasalar naqadar oliy va 
naqadar go‘zal bo‘lur edi».
J a d id la r chorizm ning m u sta m la k ach ilik siyosatini 
ma’qullamaganlar. Bu siyosatga isloh kiritish, milliy o ‘lkalardagi 
bo shqaruv id o ralarig a m ustaqillik berish g ‘oyasini o lg ‘a 
surganlar. Jad id lar O k tab r (1917-yil) to ‘ntarishiga salbiy 
m u n o sab at bildirib, unga m uxolifat sifatid a T u rk isto n
muxtoriyatini yuzaga keltirganlar (1917). Jadidlar mamlakat va 
xalq h ay o tin i yaxshilashda, ta ra q q iy o tn i t a ’m inlashda 
istiqlolning o ‘rni, m a ’rifatning aham iyati buyuk ekanini 
tushunganlar. Binobarin, bu yo‘lda sa’y-harakatlar qilib, qator 
muhim siyosiy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirganlar. Demak, 
sho‘rolar davrida asossiz holda qora bo‘yoqlarda ko‘rsatilgan 
va qoralangan jadidchilik o ‘z davrining ilg‘or ijtimoiy-ma’rifiy

«O 'zA S», 2000-yil, 12 m ay.
10


harakati edi. Bu harakat qatnashchilari vatanparvar, millatsevar, 
ma’rifatparvar, taraqqiyparvar ziyolilardan iborat edi.
Ja d id la r T u rk isto n xalq larin in g bilim sizlik va ja h o la t 
iskanjasida qashshoq hayot kechirayotganlarining ijtimoiy- 
iqtisodiy, siyosiy-ma’rifiy sabablarini aniqlashga intilganlar. Va 
m am lakatdagi qoloqlik va qashshoqlikning asosiy sababi 
ilmsizlik va erksizlikdir, degan xulosaga kelganlar. Shunga 
k o ‘ra, mehnatkash ommani m a’rifat egallashga, ilm olishga, 
hurriyatga chaqirganlar. Jadidlar eng qaltis paytlarda ham 
jabrdiyda xalqni himoya qilishdan qaytmadilar. Mustaqillik 
uchun turli shakllarda izchil kurash olib bordilar. «Birinchi 
navbatda qora xalqni oqartirmoq va ko‘zin ochrnoq chorasiga 
kirishdilar» (A. Avloniy).
Jadidlar « 0 ‘lkani uyg'otish» va «Xalqning ko‘zini ochish»da, 
aniqrog‘i, milliy uyg‘onish davri g‘oyalarini hayotgajoriy etishda 
m a tb u o t, m a k ta b -m a o rif ham da ad a b iy o t va s a n ’at 
imkoniyatlaridan unumli foydalandilar. Turli xil to ‘siqlarga 
qaram ay , «T araqqiy», «X urshid», «V aqt», «Оупа», 
«Samarqand», «Sho‘ro», «Shuhrat», «Turon», «Buxoroi sharif», 
«Sadoi Farg‘ona», «Sadoi Turkiston» kabi gazetalarni tashkil 
etib, 
o ‘sha davrning m uhim g ‘o yalarin i, xususan, 
m a ’rifa tp a rv a rlik , 
m illa tp arv arlik , 
v a tan p arv arlik , 
taraqqiyparvarlik, erk va mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib qildilar. 
Bu jihatdan, ayniqsa, M. Behbudiy, Fitrat, M unavvar Qori, 
A. Avloniy, Hamza kabi jadidlarning publitsistik maqolalari 
ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini o ‘ziga jalb etdi. Masalan, Fitrat 
o ‘zining publitsistik maqolalarida mustamlakachilik siyosatini 
keskin fosh etib, istiqlol g‘oyalarini dadillik bilan targ‘ib qildi. 
U «Muxtoriyat» maqolasida: «Ellik yildan beri ezildik, tahqir 
etildik, qo‘limiz bog‘landi, tilimiz kesildi, og‘zimiz qonlandi, 
yerimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yemirildi, nomusimiz 
g ‘asb qilindi, huquqim izga tajovuzlar b o ‘ldi, insonligimiz 
oyoqlar ostiga olindi, to ‘zimli turdik, sabr qildik», — deb yozgan 
(Hurriyat» gazetasi, 1917-yil, 5-dekabr) edi.
Jadid m atbu otida b o ‘lganidek, ja d id ad ab iy o tida ham 
m a’rifat, m aktab-m aorif va hurriyat mavzulari davr sadosi 
sifatida yangradi. Binobarin, mehnatkash ommani jaholatga
11


qarshi ilm li-bilim li b o ‘lishga, m a ’rifatg a chaqirish ja d id
yozuvchilari ijodining leytmotivini tashkil etdi. Bu xususiyat 
M ah m u d x o ‘ja B ehbudiy (1875-1919), M unavvar Q ori 
Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), 
Abdurauf Fitrat (1886-1938), Hamza Hakimzoda (1889-1929), 
Abdulla Qodiriy (1894-1938), Abdulhamid Cho‘lpon (1897—
1938), Said Ahmad Ajziy (1864-1927), Sidqiy Xondayliqiy (1884— 
1934), Vasliy Samarqandiy (1869-1925), To‘lagan X o‘jamiyorov 
Tavallo (1882-1939), Muhammad Sharif So‘fizoda (1869-1937) 
kabi shoir va yozuvchilar ijodida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, 
Hamzaning dastlabki asarlarida jaholatga qarshi ilm-ma’rifatni 
ulug‘lash va uni targ‘ib-tashviq etish asosiy o‘rinda turadi. Zotan, 
bu a sa rla rd a n m a ’lum b o ‘ladiki, H am za she’riy ati ja d id
adabiyotining yorqin namunasidir. Shoirning «Milliy ashulalar 
uchun milliy she’rlar» majmuasiga kirgan «Oq gul», «Qizil gul», 
«Pushti gul», «Sariq gul», «Yashil gul», «Safsar gul», «Atirgul» 
deb nomlangan she’riy to ‘plamlari shundan dalolat beradi.
Jadid yozuvchilari o ‘zlarining m a’rifatchilik, millatparvarlik 
g‘oyalarini olg‘a surishda milliy adabiyotda teran tomirlarga 
ega bo‘lgan she’riyatdan tashqari, nasr, dramaturgiya va badiiy 
publitsistika singari janrlardan ham foydalandilar. M a’lumki, 
1910-yilga qadar o ‘zbek adabiyotida hozirgi m a’nodagi drama 
jan rid a yaratilgan asar yo‘q edi. U XX asrninglO-yillarida 
vujudga kela boshladi. Bunda jadid yozuvchilarining xizmati 
katta b o ‘ldi. Ularning sa’y-harakatlari tufayli adabiyotimizda 
1910-yildan to 1917-yil fevral oyigacha b o ‘lgan vaqt ichida 
«Padarkush» (M. Behbudiy), «Zaharli hayot», «Ilm hidoyati» 
(Hamza), «Baxtsiz kuyov» (A. Qodiriy), «Qozi ila mulla», 
«Ko'knori», «Juvonbozlik qurboni», «Eski m aktab — yangi 
m ak ta b » , «M azlum a xo tin » (H o ji M uin S h u k ru llo ), 
«M ahramlar» (A.Samadov), «Advokatlik osonmi», «Pinak» 
(Abdulla Avloniy), «Juvonmarg», « 0 ‘gay ona», «Boyvachcha», 
«Saodat bitdi», «Xush kelding, xush ketding» (Abdulla Badriy), 
«То‘у» (N usratilla Q udratilla) kabi qirqtacha sahna asari 
yuzaga kelgan. Turli badiiy saviyada yozilgan bu pyesalarning 
deyarli ham m asida m a ’rifa t va ilm sevarlik, ax lo q -od ob
masalalari aks ettirilgan.
12


B ehbudiy, A vloniy, H am za, T av allo , A yniy kabi 
ijodkorlarning m a’rifatchilik va m illatparvarlik g‘oyalarini 
Fitrat, Cho‘lpon singari novator yozuvchilar erk va mustaqillik 
motivlari bilan to ‘ldirgan holda davom ettirdilar. Shunga ko‘ra, 
C ho‘Ipon va Fitrat ijodida о ‘sha davrdagi ijtimoiy tuzumdan 
qoniqm aslik, jah olat va m ustam lakachilikka qarshi kurash 
motivlari yetakchilik qildi. Shuni ham qayd qilish kerakki, 1905—
1917-yillarda mamlakatimizda Zavqiy, Avaz 0 ‘tar, Haziniy, 
M iskin, Y u su f Saryom iy sing ari ja d id c h ilik h a ra k a tig a
qatnashm agan b o ‘lsa-da, tanlagan yo‘liga k o ‘ra jadidlarga 
yaqin turgan yozuvchilar ham bor edi. Bunday ijodkorlarning 
aksariyati milliy uyg‘onish g‘oyalaridan chetda turib bo'lsa- 
da, m a’rifatchilik motivlarini aks ettirganlar. Zavqiy va Avaz 
0 ‘tar hayotdagi xilma-xil nohaqlik va adolatsizliklarni fosh 
etib, porloq kelajakka ishonch bildirgan, yangilik va taraqqiyot 
yo‘lini m a’qullagan. Avaz 0 ‘tar o ‘g‘li (1884-1919) tilni «foydali 
kondir» deb atagan va yoshlarni chet tilini o ‘rganishga, til 
vositasida dunyo ilmlaridan bahram and b o ‘lishga chaqirgan:

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish