ABDU LLA O RIPOV
(1941-yilda tu g ‘ilgan)
0 ‘zbekiston
xalq shoiri, 0 ‘zbekiston qahram oni Abdulla
Oripov — tug‘ma iste’dod egasi. U — juda siyrak uchraydigan
noyob, nodir shoir. Uning so‘z san’ati xazinasiga qo‘shgan hissasi
bebaho. Ana shuning uchun ham Prezidentimiz Islom Karimov
shoir ijodiga yuksak baho berib, «Biz XX asr adabiyotini Abdulla
Q odiriy, G ‘afur G 'u lo m , Oybek kabi m um toz adiblarsiz,
zamonaviy
adabiyotimizni Said Ahmad, Erkin Vohidov singari
ijo d k o rlarsiz tasav v u r eta olm aganim izdek, m a ’naviy
kelajagimizni, farovon va buyuk istiqbolimizni Abdulla Oripov
ijodisiz ko‘z oldimizga keltira olmaymiz. Hozirgi davrda uning
she’rlari
xalqimizni adolat tantanasi, yorug* kelajakka ishonch
ruhida tarbiyalaydigan yuksak m a’naviy omil b o ‘lib xizmat
qilmoqda»106, — degan edi.
A b d u lla O ripov ijo din in g fazilatla ri h a q id a adabiy
tanqidchilik va adabiyotshunoslikda juda k o ‘p fikrlar bayon
etilgan.
Izza t S ulton, M . Q o ‘shjonov, O. S h arafid d in ov ,
L. Qayumov, S. Shermuhamedov, U. Normatov, I. G ‘afurov,
Suvon Meli, N. Xudoyberganov kabi atoqli olimlar Abdulla
Oripov ijodiga haqli ravishda yuqori baho berganlar. «Onajonim
sh e’riyat» (M . Q o ‘shjonov), « she’riy a t — qalb yolqini»
(O. Sharafiddinov), «A bdulla Oripov she’riyatining asosiy
xususiyatlari» (M. Q o'shjonov, Suvon Meli), «she’riyat —
kurashchanlik demak» (I. G ‘afurov), «Dovonlardan dovonlarga»
(N. Xudoyberganov), «she’riyat — shoir yuragi» (R. Vohidov,
106 « 0 ‘zA S» gazetasi, 2001-yil, 23-mart.
379
M. Hoshimova)
va boshqa risola, ilmiy ocherk va xilma-xil
maqolayu taqrizlar ham bu fikrning jonli dalilidir.
A kademik Izzat Sultonov shoir ijodini teran tahlil etib:
«А. Oripov she’riyatining eng muhim xususiyati odam larni
birlashtiruvchi kuch-qudratdir. Bu — haqiqiy she’riyatning eng
ulug‘ fazilatidir»,— degan xulosaga kelgan edi. 0 ‘zbekiston
xalq yozuvchisi Odil Yoqubov esa: «Abdulla Oripov she’riyatiga
nisb atan tashbeh q o ‘llaydigan b o ‘lsak, u d u to r navosiga
o ‘xshaydi: birda cheksiz mung bilan dillarni larzaga keltirsa,
birda sho‘xchan
tus oladi, mayin va o ‘ziga xos taronasi tag‘in
kishini m aftun etadi. Uning asarlari qon tom irida o ‘t bilan
suvdek bir-biriga zid tuyg‘ular tinimsiz oqib turadi. Shuning
uchun ham bir she’ri hayotning yetuk falsafiy idroki hosilasi
bilan to ‘yingan, boshqa bir she’ri esa dardu g‘amga to ‘liq, nolali
va ruhsiz, bir she’ri sho‘xchan, qochirimli va yumorga boy,
boshqa bir she’ri esa saxovatli qalb mehriga to ‘liq,
shuning
uchun ham u betakror, hayotning o ‘ziday murakkab, hayotning
o ‘ziday so‘lim va jozibali, yuraklarga yaqin. Ona V atan —
Abdulla ijodining bosh mavzui. Vatanni undan ham kuchli
sevish, sharaflash mumkinligini hozircha bunchalik yorqin
namoyon etayotganlar kam»107, — deb yozgan edi.
A b d u lla O rip o v ijod ig a ja h o n d a g i b o sh q a m illat
yozuvchilari va olimlari ham yuksak baho berganlar.
Mashhur
bolqor shoiri Qaysin Quliyev o ‘tgan asrning 60-yillaridayoq:
«Abdulla Oripov she’riyatida men fikrning salmoqdorligini,
obrazlarning ohorli, quymaligini, o ‘quvchini zeriktiruvchi tor
m a ’noli «qizil s o ‘zlik»dan xolilikni k o 'rd im . Y osh shoir
so‘zning
ifoda kuchini bexato sezadi, hayotni o ‘z bo‘lishicha,
uni o ‘ziga xos yangi nazar bilan ko‘radi. 0 ‘zbek she’riyatini
yangi, k a tta is te ’dod b ilan q u tla s a b o ‘la d i» 108, — deb
ta ’kidlagan edi. Abdulla Oripov ijodiga Chingiz Aytmatov kabi
u lu g ia r ham tegishli tarzda yuqori baho berganlar. Chingiz
Aytmatov: «Shoirning so‘zlaridan zamondoshlari ham, kelgusi
avlodlari ham faxrlanib yuradilar»109, — deb yozgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: