Say d u lla m irzayev


 ‘zbek sovet adabiyoti tarixi. — Т.: «O 'qi uvchi», 1990, 434-bet



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

105 0 ‘zbek sovet adabiyoti tarixi. — Т.: «O 'qi uvchi», 1990, 434-bet.
374


«Ruhlar isyoni» do: tonini o ‘ziga xos hikmatlar xazinasi deb 
aytish mumkin. U nda hech qachon eskirmaydigan purhikmat 
misralar ko‘plab uchruydi.
Xullas, Erkin Voh dovning dostonchilikdagi yutuqlari va 
bu ja n r rivojiga q o ‘sligan hissasi g‘oyat k atta. Biroq shoir 
do sto n larin in g ayrin larid a, xususan «Q uyosh m askani», 
«T oshkent sadosi» d o sto n la rid a q asid ag o 'y lik , voqelikni 
h addan tashqari b o ‘yab-bezab madh etish hollari seziladi. 
«Orzu chashmasi», «C harog‘bon» asarlarida esa yuzakilik, 
ib tid o iy lik alo m atla i k o ‘zga ta sh la n a d i. Lekin m uhim i 
shundaki, Erkin Vohidov dostonchilikda ham asardan asarga 
ijodiy o ‘sib, bu kamc hiliklardan qutula bordi. Buning eng 
ishonchli dalili shoirniig so‘nggi davr ijodi, xususan, «Ruhlar 
isyoni» va «Istambul f rtjiasi» singari yirik she’riy asarlaridir.
Erkin Vohidov iste dodli dramaturg sifatida ham tanilgan. 
U n ing b irin ch i s a h i a asari « Ik k in ch i t o ‘m ar» nom li 
tragikomediya bo‘lib, u XX asrning 60-yillari mahsulidir. Erkin 
Vohidovning eng m ashhur sahna asari «Oltin devor» (1970) 
nomli komediyadir. Вд asar Hamza nomidagi o'zbek Davlat 
akadem ik dram a tea ri (hozirgi M illiy akadem ik teatr)da 
m uvaffaqiyat bilan st hnalashtirilgan, k o ‘p yillar davom ida 
teatr repertuaridan m istahkam o ‘rin egallab, tom oshabinlar. 
o lq ish ig a sazo v o r b o ‘lgan. « O ltin devor» 2001-yilda '
P okistonning nufuzli bir teatrid a ham sahnalashtirildi va 
tomoshabinlarga man :ur bo‘ldi.
« O ltin devor» 1 om ediyasi — m azm un an ch u q u r 
b o ig an id ek , badiiy jih atd an ham mukammal. U komediya 
ja n ri ta la b la rig a t o ‘ a ja v o b b erad i. A sarnin g b o sh id an
oxirigacha kulgi (y u n o r) ufurib turadi. Zero, unda hajviy 
mazmunga ega b o ig a n kulgili voqea va ziddiyatlar mahorat 
ko‘rsatiladi. Dramatur;; komediyada boylikka hirs qo'yish 
va qing‘ir yo‘llar bilaa mol-mulk orttirishga intilish ustidan 
kuladi. N opok va no leas shaxslarni sharm anda qiladi. Shu 
asosda halol ishlab, ha ol yashash g‘oyasini asarning qat-qatiga 
singdirib yuboradi.
Asardagi asosiy obiazlar, xususan, bosh qahramon M o‘min 
to ‘lig‘incha komik xarakterga ega. Bu obraz k atta m ahorat
375


bilan yaratilgan. M o ‘min — o ‘z nomiga munosib, beozor, 
sodda, samimiy va halol inson. U oltin to ‘la ko‘za topib olgach, 
halovatini yo'qotadi, turli holatlarga tushadi: goh quvonadi, 
goh iztirob chekadi va oxir-oqibatda telba bo‘lish darajasiga 
borib yetadi. Dramaturg M o'min va uning atrofidagi kishilar 
hayotidan yorqin va jonli lavhalar k o ‘rsatib, komediyaning 
g‘oyaviy mazmunini qiziqarli va ta ’sirli qilib ifodalagan. Bunda 
u kinoya, masxaralash, askiya, hazil-mutoyiba, so‘z o ‘yinlari 
va boshqa kulgi vositalaridan, shuningdek, ruhiyat tahlilidan 
mahorat bilan foydalangan. Asar sujeti va obrazlari singari tili 
ham yuqori saviyada go'zal va serjilo qilib yaratilgan.
Erkin V ohidov ijodida «Istanbul fojiasi» (1985) she’riy 
dramasi muhim o ‘rin tutadi. A sarda poklik bilan nopoklik, 
to ‘g‘rilik bilan egrilik, halollik bilan ko‘zbo‘yamachilik, adolat 
bilan adolatsizlik, samimiylik bilan soxtalik o ‘rtasidagi keskin 
kurash yorqin aks ettirilgan. Asar sujeti hayotiy va qiziqarli 
ziddiyat asosiga qurilgan hamda g‘oyat jozibali, ta ’sirli qilib 
yaratilgan. «Istanbul fojiasi» dramasida asosan uch obraz: rais 
Jalol, uning xotini Saodat va ukasi Iskandar mavjud. Bularning 
uchovi ham hayot haqiqatiga mos ravishda ko'rsatilgan va asar 
g‘oyasi ana shu obrazlarning faoliyatlariga, xatti-harakatlari, 
dialog va monologlariga mohirlik bilan singdirib yuborilgan.
Bu ush qah ram on n in g k o ‘p yillik ayriliq d an keyingi 
uchrashuvida drama sujetining cho‘qqisini tashkil etadi hamda 
asarning keskin dram atik holatlarga eng boy va eng t a ’sirli 
sahifalari sifatida o'quvchi qalbini larzaga soladi. Chunki, bu 
u ch rash u v d a hayot h aq iq ati, chalkash ta q d irla r qism ati, 
dahshatli voqealarning asl sabablari shekspirona mahorat bilan 
ochib berilgan. Bu uchrashuv haqida Jalol shunday deydi:

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish