О 'zbek Navoiyni о 'qimay qo ‘ysa,
Aldangani, alia bo ‘Igani shudir.
Yulg ‘ich aziz bo ‘lib, bilgich xor bo ‘Isa,
Paytavaning salla bo ‘Igani shudir.
Erkin V ohidov o ‘z
asarlarida mavhum , jim jim ador va
topishm oqnom a m isralar ishiatm aydi. C h u q u r m azm unli
fikrlarni sodda, siqiq va obrazli qilib ifodalaydi. Shoir hamma
vaqt so‘z va iboralarni o ‘z o'rnida, ortiqcha isrof qilmasdan,
nihoyatda tejab-tergab ishlatadi. Ana shuning uchun ham Erkin
V o hidov s h e ’riy a ti ad ab iy a sarn in g
b irin ch i elem enti
hisoblangan tilning juda aniq va ravonligi, ixcham va go‘zalligi,
siqiq va obrazliligi bilan boshqa ko‘p shoirlar ijodidan farq
q ilad i, ajra lib tu ra d i. E rkin V o h idovning ik k i jild lik
«Saylanma» asarlari («Muhabbatnoma» va «Sadoqatnoma»)ni
o‘qiganda bunga to'liq qanoat hosil qilinadi.
Erkin Vohidov ajoyib lirik she’rlar yozish bilan birga,
«Buyuk hayot tongi» (1960), «Orzu chashmasi», «Nido» (1964),
«Palatkada yozilgan doston» (1966), «Quyosh maskani» (1970),
«Charog‘bon» (1971), «Baxmal» (1974), «Ruhlar isyoni» (1979)
kabi xilma-xil dostonlar ham yaratgan. Bu dostonlarning
aksariyati — mazmun jihatidan ham,
badiiy mahorat jihatidan
ham baquvvat, go‘zal. Ularda turli mavzular teran va o ‘qishli
qilib aks ettirilgan.
«Nido» dostoni urush mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, bosh
q a h ra m o n i yigirm a y a sh a r yigit an a shu h ay o t-m am o t
urushidan so‘ng voyaga yetgan yangi avlodning umumlashma
obrazidir. Asar ana shu lirik qahramonning o ‘tli hayqirig‘i bilan
boshlanadi.
«Nido» dostoni shirali til bilan yengil uslubda yozilgan.
Unda ta ’sirli va jozibador lirik parchalar k o ‘p.
Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostoni — g'oyaviy-
badiiy yetuk asar. Shoir unda o ‘zining yurt mustaqilligi va inson
hurligining mohiyati haqidagi poetik fikrlarini ustalik bilan
ifo d alag an . D o sto n voqeasi H in d isto n d a boMib o ‘tad i.
Inqilobchi hind shoiri Nazrul Islomning hayoti va fojiali taqdiri
doston sujeti uchun asos qilib olingan. Voqea va bosh qahramon
373
H indiston hay otid an olingan b o ‘lsa-da,
bu doston ja h o n
m iq yo sid agi m u sta m la k ach ilik siy o satin i fosh etish g a,
m u stam lak ach ilar zulm i o stid a e z ilja n b arch a xalqlarga
hamdard, hamnafas boiishga qaratilgai. Ayni chog'da, shoir
k o ‘proq o ‘z yurti muammolarini ramz ar orqali ifoda etgan.
Muallifning o ‘zi ham bu haqiqatni tasdiqlaydi. «Gap aytishda
she’riyatning imkoniyatlari ko‘proq, —
deb yozgan edi Erkin
Vohidov, — negaki, she’riyatda fikrni obrazlar ortiga berkitish,
timsollar va ramzlar vositasida ifodal ish mumkin. «Ruhlar
isyoni»dagi N arzul lslom bu — C h o ‘lpon, U sm on N osir,
Abdulla Qodiriy. Hindistonda hech qa :hon «xalq dushmani»
degan tam g‘a bo‘lmagan. Narzul Islommng ingliz istilochilariga
qarshi kurashi o ‘z yurtimizdagi musta nlakachilik siyosatiga
qarshi, um um an, m ustam lakachilikkf qarshi nafratim edi.
Mustamlakachilik siyosatining mohiya ;i
esa xalqni jaholatda
tutish, g‘ururini o ‘ldirish, madaniyati, tarixi, tilini yo‘qotishdan
iborat. Ana shunga qarshi o ‘z munost batimni ayta olganim
bois bu doston bilan doim faxrlanaman» («Xalq so‘zi» gazetasi,
1999-yil 26-avgust),
«R uhlar isyoni» dostoni sujeti va m undarijasiga erk va
tenglik, fidoyilik va mangulik, haqiqat v i to ‘g‘rilik, samimiylik
va sad o q at, riyo k orlik va xiyonat haqidagi afso n alar va
rivoyatlar ustalik bilan singdirib yuborilg m va ular asar g‘oyaviy
mazmunini ochishga bo‘ysundirilgan.
Darhaqiqat, mustaqillik,
ozodlik, tenglik, adolat va haqiqat uchun kurash masalalari
«Ruhlar isyoni» dostonining asosiy g‘oy iviy mazmunini tashkil
etadi. Professor U.Normatov doston haqida: «Xilma-xil she’riy
shakllar, ritm , hissiy ohang va ranglar, ham real hayotiy
lavhalar, ham rivoyatlar, shartli-ramziy
ifodalar birikmasidan
tashkil topgan. Shu xildagi shakl va ifoda rang-barangligi asar
zamirida yotgan hayotiy haqiqatni butu i murakkabligi, xilma-
xil qirralari bilan ifoda etishga xizmat qiladi. Shoirning uzoq
yillik kuzatish,
hayotiy tajriba, xulosa, o ‘y-mushohadalarini,
ko‘ngil dardlarini to ‘kib solishga imkoii beradi»105, — tarzida
fikr bildirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: