75 A dabiyotim iz biografiyasi. — Т.: 1973, 242-bet.
249
davrda «Vatan», «Kam tarlik», «Buvijon», «Nishon», «Bahorda
y o m g ‘ir» , « Y u ld u z la rg a b o ‘ld im h a m s o y a » , « Q o n u n » ,
«Chimyon», «Tingla, ey k o ‘ngil!», «M israning tu g‘ilishi» kabi
sh e’rlarid a xilma-xil zam onaviy m avzularni tasvirlab, yangi
zamon va yangi hayotga doir m uhim poetik xulosalarni olg‘a
surdi. Bunda shoir fikriy aniqlikni yangi obraz yaratish, qofiya
va vazn m ukam m alligini, uslub ravonligini t a ’m inlash bilan
om uxta qildi. Jonli obrazlar, ohori to ‘kilmagan yangi tashbehlar
vositasida hayot va inson haqida teran poetik m ulohaza yuritdi.
«Yulduzlarga b o ‘ldim hamsoya» she’ridagi ravon m isralar va
yangi qofiyalar bunga misol b o ‘ladi:
Yulduzlarga bo 'Idim hamsoya,
Chiqdim ко ‘kka poyam a-poya.
Bo ‘Idi menga oltin oy yostiq,
Gumonlarim hammasi
—
tasdiq,
Uchar edim xayolday yuksak,
Oq bulutlar ostim da to ‘shak.
M. Shayxzoda 30-yillarda xilma-xil sh e’rlar yozish bilan
birga, «M eros», « 0 ‘rtoq», «Chiroq», «Tuproq va haq» singari
dostonlar ham yaratdi. T o ‘g‘ri, shoirning bu davrda yozilgan
ayrim asarlarida o ‘rinsiz dabdababozlik, zamonasozlik va quruq
b a y o n ch ilik sin gari b a ’zi n u q s o n la r ham u ch ray d i. B iroq
b u n d a n q a t ’i n a z ar, M. Shayxzoda sh e’riyati 30-yillarning
ikkinchi yarm ida badiiy jih atdan shakllandi. Bu davrda shoir
turli m avzularda ran g -b arang poetik asarlar yozib, hayotga
to b o ra chuqurroq kirib bordi.
M. Shayxzoda ikkinchi jaho n urushi davrida zam on talabiga
mos, baquvvat asarlar yaratdi. A gar 30-yillarda M. Shayxzoda
she’riyatida tinch qurilish m asalalari asosiy o ‘rinni egallagan
b o ‘lsa, urush davriga kelib shoir ijodida harbiy mavzu oldingi
o ‘ringa chiqdi va rang-barang shakllarda o ‘z ifodasini topdi.
M . Shayx zo d a u ru sh d a v rid a « K u rash nechun», « Jang va
q o ‘shiq», « K o ‘ngil deydiki» she’riy to ‘plam larini nashr ettirdi.
0 ‘zbek xalqining m ashhur farzandi Y o ‘ldosh O xunboboyev
h aq id a «O qsoqol» nom li d oston y aratdi. Shuningdek, « 0 ‘n
250
birlar», «Jenya», «Uchinchi o ‘g‘il» dostonlarini yozib, xalqning
jan g va m ehnat m aydonidagi qahram onligini tarannum etdi.
M. Shayxzoda «K urash nechun» she’rida fashizmga qarshi
olib b o rila y o tg a n k u ra s h n in g m o h iy a tin i fa lsa fiy -p o e tik
m ushohadalar, ravon va purhikm at m isralar vositasida chuqur
va aniq qilib ochib berish orqali kishilarni vatanparvarlik va
qahram onlik k o ‘rsatishga d a ’vat etdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |