U rush davrida o ‘zbek yozuvchilarining
boshqa xalqlar
ijodkorlari bilan do‘stlik aloqalari, adabiy hamkorliklari har
q ach o n g id a n ham k u ch ay d i. A yniqsa, u ru sh y illarid a
O 'zb ek isto n d a yashab
ijod etgan Aleksey T olstoy, A nna
Axmatova, Mikola Bajan, Pablo Tichina, Andrey Malishko,
N ik o lay P og o d in , N . V erta, Y a. K olas, B. L avrentev,
V. Sm irnov,
V. L ugovskiy,
V. Y an,
K. C hukovskiy,
L. Pervomayskiy singari rus, ukrain, belorus so‘z ustalari o ‘zbek
yozuvchilari bilan m ustahkam d o ‘stona aloqada b o ‘ldilar,
ijodiy hamkorlik qildilar. Bu haqda taniqli belorus shoiri Yakub
Kolas quyidagilarni yozgan edi:
Og ‘ir urush soatlarida
Sen menga ham herding makon-uy.
Biz о ‘zbek-la so ‘zlashdik birga,
Ham yangratib jang haqida kuy.
Bir qilichni birga qayradik,
Yirtqich yovga bermadik omon.
Qayg ‘ulardan meni shod etding,
Menim og ‘am, sen О 'zbekiston.
Urush davrida 0 ‘zbekistonda yashagan rus, ukrain, belorus
yozuvchilari о ‘zbek ijodkorlarining bir qancha asarlarini o ‘z
ona tillariga tarjima etdilar. Shuningdek, ular o ‘zbek adabiyoti
va xalq og‘zaki ijodi masalalarini ilmiy tadqiq qilish sohasida
ham faollik k o ‘rsatdilar. Ye. E. Bertels, V. M. Jirm unskiy,
Al. Deych, K. Zelinskiy kabi olimlar o ‘zbek mumtoz va hozirgi
zamon
adabiyoti, folklori haqida ilmiy asarlar yaratdilar.
Bundan tashqari, o ‘zbek adiblari N. Pogodin, B. Lavrentev
singari rus yozuvchilari bilan ham korlikda badiiy asarlar
yozdilar. H. Olimjon, U yg‘un, S. Abdulla Nikolay Pogodin
bilan birgalikda « 0 ‘zbekiston qilichi» dramasini yaratdilar.
Folklorshunos olim H odi Z aripov V. M.
Jirm unskiy bilan
h a m k o rlik d a « 0 ‘zbek xalq q ah ra m o n lik eposi» nom li
m onografiya tayyorladi. Oybek bilan Al. Deych birgalikda
«Alisher Navoiy» nomli risola, shuningdek,
ilmiy maqolalar
yozdi.
36
1943-yil dekabr oyida Moskvada o ‘zbek adabiyoti dekadasi
bo'lib o ‘tdi. Dekada o ‘zbek adabiyoti uchun jangovar ko‘rik
b o 'ld i, o 'z b e k a d a b iy o tin in g zam on ta la b la rig a ja v o b
berayotganligini namoyish qildi.12
Shunday qilib, o 'zb ek adabiyoti ikkinchi ja h o n urushi
davrida o'zining barcha kuch va im koniyatlarini fashizm
ustidan buyuk g'alabani ta ’minlashga safarbar etdi va urush
davrining og'ir sinovlaridan muvaffaqiyat bilan o'tdi.
SH E ’R IY A T
Ikkinchi jahon urushi davrida o'zbek she’riyatida
harbiy-
m u d o faa m avzusi asosiy o 'r in n i egallad i va ja n g o v a r
publitsistik ruh birinchi o'ring a ko'tarildi. G 'a fu r G 'ulom ,
Oybek, Hamid Olimjon, U yg'un, Shayxzoda, Zulfiya, Mirtemir
kabi shoirlarning urush davrida yozilgan publitsistik she’rlarida
V atanga otashin m uhabbat, yovuz dushm anga o 'tli nafrat,
xalqlar do'stligi, vatanparvarlik, qahramonlik va insonparvarlik
g 'o y alari samimiyat bilan ifodalandi. K ishilarning yuksak
m a’naviy qiyofasi sh e’riy tilda ochib berildi. «S harqdan
borayotirman» (G ‘. G'ulom), «Ona va o'g'il», «Qo'lingga qurol
ol», «Ishonch» (H. Olimjon), «Zafar yo'llari» (Oybek), «Kurash
nechun», «Jang va qo'shiq» (M. Shayxzoda) kabi to'plam larga
kiritilgan jangovar she’riy asarlar ana shundan dalolat beradi.
U rush davrida Sulton J o ‘ra, G 'ay ratiy , Sobir A bdulla,
Mirtemir, Chustiy,
Amin Umariy, Hasan Po‘lat, Hasan Said,
Nazarmat, Zafar Diyor, Zulfiya, Temur Fattoh, Turob T o'la
kabi shoirlar ham harbiy-vatanparvarlik m avzularida qator
yaxshi sh e ’r la r y o zd ilar. A m in U m ariy n in g «Q asos»,
« G 'a la b a n in g o 'z i
k elm aydi,
d o 's tim » ,
« Q irg 'in » ,
«Qasamyod», «Qiruvchi qiz», «Yasha, qadrdon»
kabi otashin
she’rlari urush davri she’riyatining ajoyib nam unalaridan
hisoblanadi. Shoir o 'z she’rlarida g'alab ag a osonlik bilan
erishib bo'lmasligini ta ’kidlab, yozadi:
12
Do'stlaringiz bilan baham: