Say d u lla m irzayev



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

Hasan Said.
Jangchining q o ‘shiqlari. — Т.: 0 ‘zdavnashr, 1942, 2-bet.
39


she’riy xatlar orasida Hamid Olimjon, Uyg‘un, M irtemir va 
Sulton Jo‘raning asarlari alohida ajralib turadi.
NASR
Urush yillarida o ‘zbek nasri ham davr talablariga mos holda 
o ‘sdi. Bu davr o ‘zbek nasrida kichik hajmli hozirjavob janrlar 
yetakchilik qildi. F ro nt bilan front orqasining m ustahkam
aloqasini, yurtdoshlarim izning fashizmga cheksiz nafratini, 
V atanga m u h ab b atin i aks ettirish d a H . O lim jon, Oybek, 
S. Ayniy, G ‘. G ‘ulom , K. Y ashin, M. Shayxzoda singari 
yozuvchilarimiz jangovar publitsistika janri imkoniyatlaridan 
unum li foydalandilar va bu ja n rn in g yetuk nam unalarini 
y aratd ila r. H. O lim jonning «M en o ‘zbek xalqi nom idan 
s o ‘zlaym an», « D o ‘stligim iz h aq id a » , G ‘. G ‘u lo m n in g
«Onalar», «M omoi gisu naburida», S. Ayniyning «Y arador 
yirtqichning jon talvasasi», «Ona Vatan», Oybekning «Falaba 
bahori» kabi asarlari shular jumlasidandir.
« 0 ‘zbek xalqining jangchilariga ularning el-yurtlaridan 
maktub» (1942, mualliflar jamoasi) nomli asar urush yillaridagi 
o ‘zbek pviblitsistikasining ajoyib namunalaridan hisoblanadi. 
U n d a bu u ru sh n in g asl m o h iy ati, o ‘zbek xalq in in g
vatanparvarligi, do ‘stga sodiqligi va boshqa ezgu m a’naviy 
sifatlari ta ’sirli qilib ochib berilgan.
Bu davr o ‘zbek n asrid a q ah ram o n ask arla rn in g jo n li 
o b ra z la ri g a v d a la n tirilg a n o ch erk la r ham y a ra tild i. Bu 
ocherklarning b a ’zilari «Sakkiz botir» va «Mardlik qissalari» 
t o ‘p lam larig a k iritilg an b o ‘lsa, k o ‘p la ri v aq tli m a tb u o t 
sahifalarida, xususan «Front haqiqati», «Vatan sharafi uchun», 
«Qizil askar haqiqati», «Bong», «Sovet jangchisi» kabi o ‘zbek 
tilida nashr etilgan front gazetalarida (bunday gazetalarning 
soni o ‘n oltita) bosilgan.
Oybek, H. Olimjon, N. Safarov, I. Rahim , Z. Fatxullin, 
Nazarmat, M umtoz Muhamedov ocherklarida k o ‘proq front 
voqealari, o ‘zbek jangchilarining qahramonliklari aniq dalillar 
asosida hikoya qilingan bo‘lsa, S. Ayniy, G ‘. G ‘ulom, Oydin, 
K. Y ashin, Zulfiya, P. T ursun, Z afar D iyor, Said N azar
40


ocherklarida esa front orqasidagi mehnat qahramonlarining jonli 
obrazlari chizilgan. M asalan, Oybekning «Fidokor qizlar», 
G ‘. G ‘ulomning «Eri bilan bahs boylashgan xotin», Oydinning 
«Shiringa maktub», P. Tursunning «Oq oltin», Said Ahmadning 
«Farhod ostonalarida», Oydin va Zulfiyaning «Vatan uchun jon 
fido» kabi ocherklarida xalqimizning front orqasidagi, xususan, 
Farhod GES qurilishi va paxta dalalaridagi fidokorona mehnatlari 
ko‘tarinki ruhda aks ettirilgan. Vatanparvar kishilaming, ayniqsa, 
fidoyi xotin-qizlarning va dono cholu kampirlaming jonli obrazlari 
yaratilgan. Frontga ketgan erkaklar o ‘mida ham mardona mehnat 
qilgan paxtakor qizlar («Fidokor qizlar»), mehnatda eri Boltaboy 
bilan kim o‘zarga musobaqa o ‘ynagan Inoyatxon («Eri bilan bahs 
boylashgan xotin»), Farhod GES qurilishida afsonaviy qahramon 
Farhodday mehnat qilgan Norbobo («Shiringa maktub») kabi 
obrazlar ana shundan dalolat beradi.
Urush yillarida hikoya janrida, ayniqsa, A. Qahhor va Oydin 
barakali ijod qildi. A. Qahhoming «Asrorbobo», «Xotinlar», 
«Botirali», Oydinning «Umr sovg‘asi», «Asl yor», «Iroda», «Er 
yurak» kabi hikoyalarida urush yillaridagi hayot lavhalari 
yorqin chizilgan. Oydinning «Qizlarjon» (1943), «Shirin keldi» 
(1944) to ‘plamlariga kirgan hikoyalar kitobxonlarga estetik 
zavq berish bilan birga, ularning ruhini k o ‘tarishga, g‘alabaga 
ishonchini orttirishga ham xizmat qilgan.
U rush davrida qissa ja n rid a A bdulla Q ahhor sam arali 
mehnat qildi. U «D ardaqdan chiqqan qahram on» va «Oltin 
yulduz» qissalarida o'zbek jangchilarning fashistlarga qarshi 
ayovsiz kurashini tasvirlab, o'zbek xalqi orasidan yetishib 
chiqqan urush qahramonlar. Qo'chqor Turdiyev va Ahmadjon 
Shukurov obrazlarini yaratib berdi. Yozuvchining iste’dodi 
shunda ediki, boshqa asarlardagi kabi u qahram onlarning 
urushdagi sarguzashtlarinigina emas, balki ko'ngil holatlarini, 
ruhiy dunyolarini aks ettirishga alohida e’tibor qaratdi.
U rush dav rid a o ‘zbek ad ab iy o tid a fa q a t b itta rom an 
y ara tild i: O ybekning «N avoiy» (1944) ro m an i o ‘zbek 
a d a b iy o tin in g u ru sh y illarid a q o ‘lga k iritg a n u lkan
muvaffaqiyati bo‘ldi va u jahon adabiyotining oltin xazinasidan 
mustahkam joy oldi.
41


Biroq urush davrida о ‘zbek nasri qanchalik yutuqlarga 
erishgan bo ‘lmasin, baribir, she’riyat singari faollik ko‘rsata 
olmadi. Bu hoi qisman ja n r xususiyatlari bilan izohlanadi. 
Chunki nasr nazmga qaraganda og‘irkarvon bo'lib, hodisalar 
bilan baravar yurish imkoniga ega emas edi.
DRAMATURGIYA
Drama adabiy turlar orasida odamlarga bevosita va kuchli 
ta ’sir k o ‘rsata olish imkoniyatiga egaligi bilan ajralib turadi. 
U rush davrida xalqni dushmanga qarshi otlantirishda, yosh 
avlodni qahramonlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda sahna 
asarlarining ahamiyati nechog‘lik kattaligi yana bir bor sezildi. 
Bu davrda teatrlar sahnasidan xalqning urush yillaridagi hayoti, 
uning fashizmga qarshi mardona kurashi aks etgan pyesalar keng 
o ‘rin oldi. « 0 ‘zbekiston qilichi» (N. Pogodin, H. Olimjon, 
Uyg‘un, S. Abdulla), «Davron ota» (K. Yashin, S. Abdulla, 
U y g ‘un, C hustiy), « 0 ‘lim bo sq in chilarg a» , «O ftobxon» 
(K. Yashin), «Qasos» (Tuyg‘un, Amin Umariy), «Ota rozi» 
(Hamid (7‘ulom), «Sinov kunlarida» (Z. Fatxullin), «Qo‘chqor 
Turdiyev», «Azim pushka» (Sobir Abdulla), «Qurbon Umarov» 
(S. Abdulla, Chustiy), «Ona» (Mirtemir, V. Smirnov) singari 
sahna asarlari shu davming mevasidir. Bu pyesalar zamon talabiga 
ko‘ra juda tezkorlik bilan yozilgan. Binobarin, ularning ayrimlari 
turli badiiy kamchiliklardan xoli emas.
U muman olganda, dram aturgiya urush davri talablariga 
javob bera oldi. Masalan, « 0 ‘zbekiston qilichi» (1941) musiqali 
dramasini olaylik, unda davrning jangovar ruhi haqqoniy aks 
etgan. Dramada front va front orqasining uzviy birligi, o ‘zbek 
xalqining jangovar hayoti, mardligi, vatanga sodiqligi obrazli 
qilib ifodalangan. Dramaning bosh qahramoni — о ‘zbek yigiti 
leytenant Arslon. U armiya safida namunali xizmat qilgan. 
0 ‘zbek otliq diviziyasi tuzish uchun 0 ‘zbekistonga keladi. 
Jonkuyarlik k o ‘rsatib, diviziya tashkil etadi va otliqlar bilan 
urushga ketib, jangda jasorat ko‘rsatadi. Asarda dushmanga 
dahshat solgan o ‘zbek otliq diviziyasining qilichboz askarlari 
o ‘tkir qilichga qiyos qilingan.
42


Bu davr o ‘zbek dramaturglari o'tm ish mavzularidan ham 
unumli foydalandilar. N atijada, «M uqanna» (H. Olimjon), 
«Alisher Navoiy» (Uyg‘un va I. Sulton), «Mahmud Tarobiy» 
(Oybek), «Jaloliddin Manguberdi» (M. Shayxzoda) kabi yirik 
ta rix iy d ra m a la r d u n y o g a keldi. Bu p y e sa la rd a ta rix
materiallaridan, o ‘tmish qahramonlik a n ’analaridan mohirona 
fo y d ala n ib , ik k in ch i ja h o n u ru sh i d av ri u ch u n m uhim
ahamiyatga ega b o ‘lgan g‘oyalar olg‘a surildi. Ajdodlarning 
vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik xislatlaridan ibrat 
olishga chaqirildi. Biroq bu pyesalarning ayrimlarida b a’zan 
tarixiy haqiqatdan chekinilgan, o ‘tmish bugunning manfaatiga 
moslangan o ‘rinlar uchraydi.
Xullas, ikkinchi jahon urushi yillarida she’riyat va nasr 
singari d ram a tu rg iy a ham o ‘z ta ra q q iy o tin in g m uayyan 
bosqichini o ‘tadi.

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish