mahdudlik tamg'asi bosildi. Bu davrda milliy adabiy meros va
folklorga nigilistik m unosabat shakllandi. Ijodiy jarayonga
«konfliktsizlik nazariya»si kuchli ta ’sir ko‘rsatdi. Bu nazariyaga
k o ‘ra, s h o ‘ro la r h ay o tin in g fa q a t ijobiy jih a tla rin ig in a
k o ‘rsatish, undagi qarama-qarshiliklarni tasvirlamaslik lozim
edi. H ay o t va o d am lar o 'rta s id a g i
zidd iy atni tasv irlash
jamiyatga dushmanlik sanaladigan bo‘ldi. Siyosatning adabiy
jarayonga andishasizlarcha suqulib kirishi unga jiddiy tarzda
salbiy ta ’sir o‘tkazdi14.
Shunisi muhimki, urushdan keyingi dastlabki davrda ham
o ‘zbek adabiyoti turli xil to'siqlar osha b o ‘lsa-da, rivojlana
bordi. Buni
0
‘zbek adabiyoti va san’atining 1951-yil noyabr
o y ida M o sk v ad a b o 'lib o 'tg a n u ch inchi d ek ad a si
m ateriallaridan ham bilsa bo'ladi.
Bu davrda adabiyotimiz
taraqqiyotida O 'zbekiston Yozuvchilarining uchinchi syezdi
(1954) ijobiy rol o'ynadi. Syezdda « 0 ‘zbek adabiyotining ahvoli
va uning vazifalari» to ‘g ‘risidagi hisobot (Uyg‘un) tinglandi
va muhokama qilindi. Syezd hisobot davrida o ‘zbek adabiyoti
zamon talablari asosida muayyan darajada rivojlanganini qayd
etish bilan birga, badiiy adabiyotda yo'l qo'yilgan xato va
kamchiliklarni ham ko'rsatib berdi.
Umuman olganda, bu davrda o ‘zbek adabiyotida ko‘pgina
o'zgarishlar, olg'a siljishlar ro ‘y bera bordi.
SH E ’R IY A T
Bu davrda she’riyatning tasvir doirasi zamonaviy mavzular
hisobiga kengaydi. Vatan, tinch qurilish, urushga qarshi kurash,
tinchlik va do'stlik haqida she’rlar yozildi. 0 ‘sha davr o ‘zbek
she’riyatiga xos bo‘lgan jangovar publitsistik ruh shoirlarning
tinchlik uchun kurash mavzusidagi lirik
asarlarida ham sezilib
turdi. G 'afur G'ulomning «Biz tinchlik istaymiz», «Bu — sening
im zong», U yg'u nn in g «Tinchlik kabutari», «Bayroqcha»,
Zulfiyaning «Salom sizga, erkparvar ellar», « 0 ‘g ‘lim, sira
14 Q arang:
M irza y ev S., D oniyorov X.
O 'z b e k sovet ad a b iy o ti tarixi.
— Т.: «O 'qituvchi», 1978.
44
bo'lmaydi urush», Asqad Muxtorning «Vijdon so'zi», Turob
T o ‘laning « It h u rad i, k arv on o ‘tadi» singari s h e 'rla rid a
publitsistik pafos g‘oyatda kuchlidir. Bundan tashqari, Oybek,
Shayxzoda, S. A bdulla, H. G ‘ulom , M am arasul Boboyev,
Mirmuhsim, R. Bobojon singari shoirlarning she’rlarida ham
taraqqiyparvar insoniyatning tinchlik yo'lida olib borayotgan
kurashi aks ettirildi.
Bu davr she’riyatida oddiy odam larning halol m ehnati
ulug‘landi, qadoq q o ‘lli inson obrazi yaratildi. 0 ‘zbek xalqining
bunyodkor
mehnat sohasidagi fidoyiligini, jasoratini sharaflash
G ‘.G ‘ulom, Oybek, Uyg‘un, Shayxzoda, M irtemir, Zulfiya,
S.Abdulla kabi atoqli shoirlar lirikasining asosiy mazmunini
tashkil etdi. Shuningdek, A. M uxtor, M. Boboyev, Chustiy,
M irm uhsin, H. G ‘ulom, R. Bobojon, T. T o ‘la, S. Akbariy,
Habibiy singari shoirlar ham bu mavzuda samarali ijod qildilar.
Bu yillar o ‘zbek she’riyatida xalqlar d o ‘stligi mavzusi tasviri
ham salmoqli o'rinni egalladi.
Bu jihatdan, ayniqsa, faylasuf
shoir G ‘afur G ‘ulom ijodi xalqimizga manzur b o ‘ldi. Uning
«Qozoq elining ulug‘ to'yi», «Biri biriga ustoz, biri biriga
shogird», «G ‘oliblar sharafiga» kabi she’rlari bu m avzuda
y aratilg an p o etik asarlarn in g eng yaxshi nam u n alarid ir.
S huningdek, sh e ’riy a td a chet ellik lar h ay o ti va ku rash i
m av zu sid a ham q a to r a s a rla r yozildi. O ybek, Z u lfiy a,
Shayxzoda, M. Boboyev, H. Q 'ulom , A. Muxtor,
Mirmuhsin,
R. Bobojon, S. Akbariy singari shoirlar xorij xalqlari hayoti,
ularning ozodlik, tenglik va tinchlik uchun olib borayotgan
kurashlari haqida baquvvat she’rlar yaratdilar. Chunonchi,
shoir M amarasul Boboyevning «Eron gilami» she’rida Eron
m e h n a tk a sh la rin in g m a sh a q q a tli, o g ‘ir h a y o ti gilam
to ‘quvchilar obrazlari vositasida ta ’sirchan ifodalangan:
Do'stlaringiz bilan baham: