DRAMA TURGIYA
0 ‘zbek adabiyotida dramaturgiya janrining paydo bo‘lishi,
yuqorida qayd etilganidek, jadidchilik harakati bilan bog‘liq.
M a’lumki, o ‘zbek adabiyoti ko‘p asrlik boy tarixga ega bo‘lsa-
da, mumtoz adabiyotimizda hozirgi m a’nodagi dramaturgiya
yo‘q edi. Milliy dramaturgiya XX asrning 10-yillarida paydo
b o ‘ldi va 20-yillardayoq muhim yutuqlarni q o ‘lga kiritdi.
Hamza Hakimzoda «Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi»,
«Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi» singari sahna
asarlarini yaratib, o ‘zbek dramaturgiyasining bunyodkorlaridan
biriga aylandi.
20-yillar dram aturgiyasi xazinasiga F itra t ham salmoqli
ulush qo,‘shgan. Fitratning «Chin sevish», «Hind ixtilolchilari»,
«Abulfayzxon», «Shaytonning tangriga isyoni», «Arslon» kabi
dramatik asarlari shu davrning mahsuli bo‘lib, ularda xalq va
mamlakat hayotiga taalluqli bo‘lgan rang-barang mavzular aks
ettirilgan. Bu pyesalarda F itratn in g iste ’dodli dram atu rg
bo‘lganligi yaqqol seziladi.
20-yillarda Komil Yashin, Ziyo Said, X urshid, G ‘ulom
Zafariy kabi yoshlar ham dramaturgiya sohasida ijod qildilar.
K. Yashin avval «Kar quloq», «Teng tengi bilan», «Lolaxon»
singari kichik sahna asarlari yozib, bu janrda m alaka hosil
qilgach, yirik dramalar yaratishga kirishdi. G ‘ulom Zafariy esa
«Yetim va yetima», «Tilak», «Bahor», «Binafsha», «Halima»
kabi pyesalarida ijtimoiy hayotdagi turli voqealarni kishilar
taqdiri misolida aks ettirdi. Bu asarlarda eski urf-odatlar fosh
etilib, o ‘sha davrning muhim g‘oyalari ifodalandi.
28
G'ulom Zafariy asarlari orasida «Halima» musiqali dramasi
badiiy pishiqligi bilan ajralib turadi. Pyesada badavlat oila
farzandi H alim a bilan k am b ag 'al kosib yigit N e ’m atning
ehtirosli sevgisi, ijtimoiy tengsizlik va eski urf-odatlarning
to ‘sqinligi tufayli bu ikki yoshning o'z murodlariga yeta olmay,
taqdirlari fojiali bo'lganligi ta ’sirli ko'rsatilgan. «Halima» 20-
yillarning mashhur pyesalaridan biri bo'lib, u musiqali drama
janrining o'zbek adabiyotidagi dastlabki yaxshi namunalaridan
hisoblanadi.
Ziyo Said va M o'minjon Muhammadjon o'g'lining «Qonli
kun» dram asida o'lkam izda 1916-yilda b o'lib o 'tg an milliy
o zo d lik h a ra k a ti v o q ealari k o 'rs a tilg a n . L ekin a sard a
qo'zg'olonning ijtimoiy ildizlari chuqur ochilmagan.
Bu davrda mumtoz adabiyot va xalq og'zaki ijodida mavjud
b o 'lg an sujetlar asosida ham pyesalar yaratilgan. X urshid
Alisher Navoiy dostoni asosida «Farhod va Shirin», Fuzuliy
asari asosida «Layli va Majnun» musiqali dramalarini yozdi.
C h o 'lp o n esa folklor sujeti asosida «Yorqinoy» dram asini
yaratdi.
2 0 -y illard a
sh e ’riy a td a
va
n a s rd a
b o 'lg a n id e k ,
dramaturgiyada ham mafkuraviy kurash avj oldirildi. Ana shu
k eskin k u ra sh ja ra y o n id a yangi o 'z b e k d ram a tu rg iy a si
sh ak lla n ib , d a stla b k i y u tu q la rn i q o 'lg a k iritd i. Bu
m u v a ffa q iy a tla r m avzu d o irasin in g kengligi, ifo d an in g
ta ’sirchanligidagina emas, balki shakl va janr rang-barangligida
ham namoyon bo'ldi. Darhaqiqat, 20-yillar dramaturgiyasida
dram a, musiqali dram a, komediya, fojia (tragediya) janriga
mansub sahna asarlari yaratildi.
20-yillarda dramaturgiya sohasida, asosan, Hamza, Fitrat,
C h o 'lp o n , G 'u lo m Zafariy, X urshid, A. Avloniy faol ijod
qilgan b o 'lsa la r, 30-yillarda u larning a n ’an alarini Komil
Yashin, Sobir Abdulla, Ziyo Said, Zinnat Fatxullin, Nazir
Safarov, Umarjon Ismoiliy, Ismoil Akram va boshqalar davom
ettirdilar.
30-yillardagi o'zbek dramaturgiyasi taraqqiyotida K. Yashin
yetakchi rol o'ynadi. Bu yillarda K. Yashin turli mavzularda
«G ulsara», «Nomus va m uhabbat», «N urxon», «Hamza»
29
singari g'oyaviy-badiiy pishiq asarlar yaratdi. «Gulsara» va
«Nurxon» pyesalarida xotin-qizlar ozodligi mavzusi yoritilgan.
«Nomus va m uhabbat», «Ham za» d ram a larid a esa yangi
ja m iy a t va yangi inson m uam m osi k o ‘ta rilg an , zamor^a
qahramoni obrazlari yaratilgan.
1
30-yillardagi
0
‘zbek dramaturgiyasi rivojida Ziyo Said va
N. S afaro v n in g «T arix tilg a k ird i» , Z. F a tx u llin n in g
«G ‘unchalar», «Sotqinlar», N . Safarovning «U yg‘onish»,
I. Akramning «Adolat», U. Ismoiliyning «Rustam», «Paxta
shum g'iyalari» kabi pyesalari ham muhim o ‘rin tutdi. Bu
asarla rn in g ak sariy a ti («Tarix tilga kirdi», «S o tq in lar» ,
«G ‘unchalar», «Paxta shumg‘iyalari») zamonaviy mavzularga
bag‘ishlangan.
Masalan, «Tarix tilga kirdi» pyesasida bir-biriga qarama-
qarshi b o 'lg an ikki sinfiy lager o ‘rtasidagi keskin kurash
tasvirlangan. Drama konflikti Temur, Ivan, Rafiq, Qo‘rqmas,
Ahmadshin kabi obrazlar bilan Badriy, G 'afforboy, Oripov,
Anvar kabi timsollarning o ‘zaro to ‘qnashuvlariga qurilgan. Asar
sujeti qiziqarli va ta ’sirli chiqqan. D ram ada personajlarning
o ‘z-o‘zini fosh etishi usulidan o ‘rinli foydalanilgan. Badriy
afandining o ‘z o ‘limi oldidan so‘zlagan monologi bu jihatdan
m uvaffaqiyatli chiqqan. Biroq dram a sxem atizm dan holi
bo ‘lmaganidek, b a ’zi epizodlarda badiiylik me’yor darajasida
emas.
Z in n at F atx u llin n in g « G ‘u n ch alar» dram asid a davlat
idoralarining yetim bolalarni tarbiyalash sohasidagi faoliyati
aks ettirilgan. Bu musiqali dramada asosiy mavzu bilan uzviy
b o g ‘liq h o ld a ta ra q q iy o tg a g ‘ov b o 'lg a n sh ax slarg a
(M irzasharof A hrorxo‘jayev, Jiyanboy va Risolat obrazlari)
qarshi kurash, xotin-qizlar ozodligi mavzulari ham tasvirlangan.
«G‘unchalar» quvnoq yumor bilan sug‘orilgan, ancha ta ’sirli
va qiziqarli yozilgan.
Xalqimizning o ‘tmish hayoti haqida yozilgan «Uyg'onish»,
«Rustam», «Adolat» kabi dramalarda mehnatkash ommaning
zulm va adolatsizlikka qarshi olib borgan kurashi ko'rsatilgan.
Ularda mehnatkashlar ongining o'sishi haqqoniy aks ettirilgan.
«Uyg'onish» dramasida Nazir Safarov o'lkam izda 1916-yilda
30
b o 'lib o ‘tg an m illiy o zo d lik h a ra k a tin i ta sv irla r ekan,
m ehn atk ash xalq ijtim oiy ongining u yg‘onishi va o ‘sishi
mavzusini ochib berishga k atta e’tibor bergan va mavzusini
o ‘sha davr talablariga mos ravishda sinfiy kurash pozitsiyasidan
turib yoritgan.
Umarjon Ismoiliyning «Rustam» pyesasiga ham 1916-yilgi
milliy ozodlik harakati bilan bog‘liq b o ‘Igan keskin voqealar
asos qilib olingan. U nda o ‘zbek yigitlarini m ardikorlikka
olishdagi adolatsizliklar, m ardik o rlarn in g fro n t orqasida
kechirgan mashaqqatli hayoti, sinfiy, milliy tengsizlik va uning
ayanchli oqibatlari obrazli ravishda yaqqol ko‘rsatilgan. Chor
am aldorlari va mahalliy xo‘jayinlarning o ‘z qora niyatlarini
am alg a o sh irish y o ‘lida h a r q an d ay p a s tk a sh lik d a n
qay tm asliklari ochib tash lan g an (pyesadagi fohishaxona
manzarasini eslang).
Dramaning bosh qahramoni — kosib yigit Rustam. Asarda
bu yigit ongining o ‘sa borishi, uning ijtimoiy va milliy zulmga
qarshi kurashdagi jonbozligi haqqoniy aks ettirilgan. Dramaturg
Rustam ning isyonkorlik faoliyati misolida xalqning ozodlik
yo‘lida olib borgan kurash tarixini jonlantirib, ijtimoiy va milliy
tengsizlik asosiga qurilgan tuzumni qattiq qoralaydi. Dramada
Rustamning pul haqidagi mashhur monologi o ‘sha jamiyatni
fosh etuvchi o ‘tkir aybnoma sifatida aks-sado beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |