Xivchinlilarning ko‘payishi. Yashil evglena faqat jinssiz bo‘yiga ikki bo‘linib
ko‘payadi. Volvoks jinssiz ko‘payganida generativ hujayralar ketma-ket bo‘linib,
yangi yosh koloniyalarni hosil qiladi. Jinsiy ko‘payishda esa generativ hujayralardan
ayrimlari yirik tuxum hujayra-makrogametani, boshqalari ko‘p marta bo‘linib, juda
mayda,
ikki
xivchinli
urug‘
hujayralar
mikrometalarni hosil
qiladi.
Mikrogametalardan biri suv orqali borib, makrogametani urug‘lantiradi. Zigota
qishlab qoladi. Bahorda undan volvoksning yangi koloniyasi hosil bo‘ladi.
Hayvonsimon xivchinlilar – Zoomastigina kenja sinfi.Hayvonsimon
xivchinlilar - yakka yashovchi bir hujayralilar. Ular barcha hayvonlar singari
geterotrof oziqlanadi. Hayvonsimon xivchinlilar orasida chuchuk suv havzalarida
erkin hayot kechiradigan hamda odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladigan
turlari bor.
Bodolar (Bodo) - ikki xivchinli hayvonlar. Chuchuk suv havzalarida uchraydi.
Sitoplazmasining xivchinlari asosida pellikulasi bo‘lmaydi. Bu joy orqali
bakteriyalarni yutib oziqlanadi.
Tripanozomalar. Odam va umurtqali hayvonlar qonida parazit yashaydi.
Hujayrasi bir xivchinli tasmaga o‘xshaydi, o‘lchami 20-70 mkm keladi. Rodeziya
tripanosomasi Afrikaning tropik qismida tarqalgan bo‘lib, mahalliy aholi o‘rtasida
og‘ir uyqu kasalligini paydo qiladi. Bemor odam juda ozib ketadi; ko‘p uxlaydi;
davolanmaganida halok bo‘ladi. Tripanosoma tabiatda antilopalarda uchraydi.
Parazitni odamga se-se pashshasi yuqtiradi.
Trixomonoslar. Trixomonoslar- to‘rt yoki undan ko‘proq xivchinlar yordamida
harakatlanadigan parazit hayvonlar. Ichak trixomonosining kattaligi 7-10 mkm.
Boshqa bir turi odamning siydik - jinsiy yo‘llarida parazitlik qiladi. Jinsiy qin
trixomonasi keng tarqalgan. O’n ikki barmoq va ingichka ichakda
yashaydigan lyambliya sakkizta xivchinli bo‘ladi. Lambliya tez ko‘payib, ichak
faoliyatini buzishi, ba’zan o‘t yo‘llarini yallig‘lantirib, holitsistid paydo qilishi
mumkin.
Leyshmaniyalar. Leyshmaniyalar odam terisi
hujayralari ichida parazitlik qiladi. Ular orasida teri
leyshmaniyasi ko‘proq uchraydi. Bu parazit terining
ochiq joylarida “yomon yara” yoki “sharq kuydirgisi”
deb ataladigan surunkali yara hosil qiladi. Yara
tuzalgach uning o‘rnida chandiq qoladi. Leyshmanioz
Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekiston janubiy
hududlarida uchraydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi -
leyzmaniyalarni
iskabtoparlar
yumronqoziqlardan
odamga yuqtiradi.
Ayrim xivchinlilar chumolilar ichagida simbioz
yashaydi. Ular qiyin hazm bo‘ladigan o‘simlik
sellyulozasini hazm qilishga yordam beradi.