Mavzu:Sarkodalilar sinfi vakillarining tuzilishi, ovqatlanishi va ko’payishini o’rganish.Oddiy amyobaning tuzilishi bilan tanishish.
Reja:
1.Sarkodalilar sinfi vakillarini tuzilishi.
2.Sarkodaliar sinfi vakillarining ko’payishini o’rganish.
3.Oddiy amyoba tuzilishi.
SARKOMASTIGOFORALAR – SARCOMFSTIGOPHORA TIPI
Bu tipga mansuv hayvonlar soxta oyo‘qlar yoki xivchinlar yordamida
harakatlanadi. Ular dengiz, chuchuk suv havzalari va nam tuproqlarda hayot
kechiradi. Shuningdek, ular orasida turli hayvonlar va odam organizmida parazitlik
qilib, og‘ir kasallik keltirib chiqaradigan turlari ham bor. Bu tipga 18000 ga yaqin
tur kiradi. Sarkomastigoforalar sarkodalilar va xivchinlilar sinflariga bo‘linadi.
Sarkodalilar, ya’ni soxta oyo‘qlilar - Sarcodina sinfi.
Sarkodalilar sinfiga hujayra sirtida qattiq po‘sti bo‘lmaydigan bir hujayrali
hayvonlar kiradi. Qattiq po‘sti bo‘lmasligi sababli ular hujayrasining shakli doimiy
bo‘lmaydi; sitoplazmasi turli o‘simtalar hosil qilib turadi. Bu o‘simtalar
harakatlanish vazifasini bajarishi tufayli soxta oyo‘qlar deb ataladi. Sarkodalilar
vakili oddiy amyoba –Amoeba proteus 0,3-0,5 mm kattalikda, chirindiga boy
ko‘lmak suvlarda va hovuzlarda yashaydi (1-rasm). Hujayrasida qattiq qobiq
bo‘lmaganligi shakli doimo o‘zgarib turadi. Sitoplazmasi rangsiz tiniq va quyuqroq
tashqi- ektoplazma va donador, suyuqroq ichki- endoplazmadan iborat.
Hayot kechirishi. Amyobaning sitoplazmasi doim harakatlanib turishi tufayli
sitoplazma sirtida turli shakldagi soxta oyo‘qlar deb ataladigan o‘simtalar hosil
bo‘lib va yo‘qolib turadi. Soxta oyo‘qlari yordamida amyoba harakatlanadi va
ozig‘ini tutadi. Harakatlanayotgan amyoba duch kelgan turli bir hujayrali suvo‘tlari,
bakteriyalar va boshqa mayda organizmlarni soxta oyo‘qlari yordamida qamrab
oladi. Tutilgan oziq sitoplazmaga o‘tganida unga bir tomchi hazm shirasi ajralishi
bilan hazm vakuoli shakllanadi. Oziq hazm vakuoli bilan birga sitoplazma bo‘ylab
harakatlanadi va hazm bo‘ladi. Hazm bo‘lmay qolgan oziq sitoplazmaning to‘g‘ri
kelgan joyidan chiqarib yuboriladi.
Amyoba sitoplazmasiga hujayra membranasi orqali tashqi muhitdan doim suv
diffuziya orqali o‘tib turadi. Sitoplazmada joylashgan qisqaruvchi vakuol yordamida
amyoba hujayrasidan ortiqcha suv va moddalar almashinuvining zararli mahsulotlari
chiqarib yuboriladi. Qisqaruvchi vakuolaning faoliyati tufayli sitoplazmadagi suv
doim yangilanib turadi. Suv bilan birga sitoplazmaga nafas olish uchun zarur
bo‘lgan kislorod ham kirib turadi. Kislorod ishtirokida sitoplazmadagi murakkab
organik moddalar oddiy moddalarga parchalanadi. Natijada organizmning hayot
faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiya va zararli bo‘lgan karbonat angridrid gazi
yoki boshqa moddalar hosil bo‘ladi. Karbonat angridrid gazi tana yuzasi orqali,
zararli moddalar qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqariladi. Hosil bo‘lgan
energiya amyobaning hayot faoliyati uchun sarflanadi.
Ko‘payishi. Amyoba faqat jinssiz ko‘payadi. Qulay sharoitda amyoba yadrosi
bevosita ikkiga bo‘linadi. Shundan so‘ng sitoplazma ham ikkiga bo‘linadi va ikkita
yosh amyoba hosil bo‘ladi. Ular birmuncha vaqt oziqlanib, o‘sadi. Ana shundan
keyin bo‘linish yana takrorlanadi. Noqulay sharoitda amyoba yumaloqlanadi va
sitoplazmasi atrofiga qalin qobiq hosil qilib, sistaga aylanadi. Sista amyobani
noqulay sharoitdan himoya qilishi bilan birga uni shamol va chang zarralari orqali
tarqalishiga ham imkon beradi. Qulay sharoit kelishi bilan sista yorilib, undan
amyoba chiqadi va uning hayoti davom etadi.
Sarkodalilarning xilma-xilligi. Amyobalar orasida odam va hayvonlar
organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham bor. Dizenteriya amyobasi juda
mayda 0,04 mm bo‘lib, juda kalta to‘mtoq soxta oyo‘qlar hosil qiladi. Amyoba
odamning yo‘g‘on ichagining shilliq pardasiga kirib olib ko‘payadi. O’sib yetishgan
amyobalar sistaga aylanib, ichak bo‘shlig‘iga tushadi. U yerdan axlat bilan
tashqariga chiqib ketadi. Bir kecha-kunduzda kasal odam ichagidan amyobaning 300
mln ga yaqin sistasi chiqishi mumkin.
Parazit amyobalar qoramollar, it, ot, cho‘chqa va boshqa hayvonlarning ichagi
va kasallangan tishlarida, shuningdek asalarilarning ayirish organlari naychalarida
ham topilgan. Hamma parazit amyobalar sistalar orqali yuqadi.
Sarkodalilar ildiz oyo‘qlilar, quyoshsimonlar va nurlilar kenja sinflariga
ajratiladi. Ildizoyo‘qlilarga amyobalar, foraminiferalar va chig‘anoqli amyobalar
turkumlari kiradi. Chig‘anoqli amyobalar chuchuk suvlarda va botqoqliklarda
yashaydi. Ularning tuzilishi amyobalaga o‘xshash, lekin tanasi qum zarrachalari
yoki organik moddalardan iborat chig‘anoq ichida bo‘ladi. Chig‘anoq og‘izchasidan
soxta oyo‘qlar chiqib turadi.
Chuchuk suvlarda kattaligi 1 mm ga yaqin bo‘lgan, quyoshsimonlar ko‘p
uchraydi. Ularning soxta oyo‘qlari endoplazmadan Quyosh nuri singari tarqaladi.
Dengiz planktoni tarkibida hayot kechiradigan nursimonlar keng tarqalgan. Ularning
tanasi sharsimon; soxta oyo‘qlari tanadan nurga o‘xshab taraladi; endoalazmasi or-
ganik moddalardan iborat ko‘pincha
ichida joylashgan. Kapsuladan qumdan
iborat
ninchalari
chiqib
turadi.
Nursimonlar nobud bo‘lgandan so‘ng
skleti dengiz cho‘kib, tog‘ uni (trepel)
deyiladigan cho‘kma hosil qiladi. Trepel
jilvir
qog‘ozlar,
metallarga
ishlov
berishda
foydalaniladi.Forimenferalar
dengiz tubida va planktonda hayot
kechiradi. Ularning bitta yoki birnechta
Oddiy amyoba.
kamerali chig‘anog‘i ohakdan iborat. Fominferalar Orol dnegizi va Qizilqum
quruqliklaridan ham to‘pilgan. Forimenferalar Mezazoy erasi dengizlarida ayniqsa
keng tarqalgan. Ular chig‘anog‘i qoldiqlari dengiz tubida to‘planib, ohaktosh
konlarini hosil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |