/
58-rasm. Teriga shakl beruvchi moslamalar turlari: 1 -qiyiqsimon; 2-sanchqisimon; 3-suriluvchan; 4-bo'linuvchan.
Masalan, №5 raqamli moslamaning uzunligi 70 sm, qalinligi 0,5 sm, asosining eni esa 9,5 sm ni tashkil etadi. №1 raqamli qiyiqsimon moslama tulki, pesets, shog'ol terichalariga shakl berishda qo'llanilsa, №2 tulkining kichik o'lchamdagi terichalari, quyonlar, yowoyi mushuklar terichalariga, №3 va №4 tovushqon terichasiga shakl berishda qo'llaniladi.
Sanchqisimon moslamalar - ikkita silliqlab randalangan plankalardan iborat bo'lib, yuqori qismi harakatsiz yelimlangan. Moslamaning pastki uchlari ip bilan tortiladi, bu terichalarning kattaligiga qarab, moslama enini o'zgartirish imkonini beradi. Sanchqisimon shakl beruvchi mosalamalar besh xil o'lchamli bo'lishi mumkin. Masalan, №1 raqamli moslamaning uzunligi 150 sm, eni 2,5 sm, qalinligi 2 sm. №5 raqamli moslama qoidaga muvofiq : 65, 1,5 va 1,5 sm bo'ladi.
Suriluvchan moslamalar - ikkita silliqlab randalangan plankalardan iborat bo'lib, yuqori qismi harakatchan sharnir bilan qotiriladi. Plankalardan birining quyi qismida tirqishli ko'ndalang planka mahkamlanadi. Uning yordamida terichaning kattaligiga qarab, moslamaning eni o'zgartiriladi. Suriluvchan moslamalar uch xil o'lchamli bo'lishi mumkin. №1 moslama - yirik o'lchamli, №2 - o'rta o'lchamli va №3 - kichik o'lchamli terichalarga shakl berish uchun qo'llaniladi. Naysimon shilingan terilarga shakl berish uchun zanglamaydigan metaldan tayyorlangan simli shakl beruvchi moslamalarni ham qo'llash mumkin.
180
59-rasm. Bo'linuvchan shakl beruvchi moslama:
1,2-yon qismlar; 3,4-o'rta qismlar; 5,6-qiyiqlar; 7,8-oldingi oyoqlarga
shakl beruvchi qismlar; 9-dumga shakl beruvchi qism.
Ushbu moslamalarda terichalar yog'ochli moslamalarga nisbatan tezroq quriydi, ammo bunday moslamalarda yog'sizlantirishni olib borishning iloji yo'q.
Bo'linuvchan moslamalar - silliqlab randalangan yupqa taxtachadan iborat bo'lib, bu taxtacha diagonal bo'yicha ikki yarimtalikka arralangan bo'ladi. Har bir yaramtalikning quyi qismida moslamaning oyoqchalari arralab hosil qilinadi (59-rasm). Bo'linuvchan moslamalar to'rt xil o'lchamli bo'ladi. Paypoqsimon shilingan suvsar terilariga shakl berish uchun bo'linuvchan shakl beruvchi moslamalarning quyidagi xili qo'llanadi: moslama tashqi tomondan qavariq va ichki tomondan yassi shaklga ega ikkita asosiy qismlardan, shuningdek, asosiy qismlar orasiga qo'yiladigan qo'shimcha qiyiqlardan tuzilgan. Dum va oyoqchalarga shakl berish uchun moslamaning alohida qismlaridan foydalaniladi.
Terichalarga shakl beruvchi moslamalarning u yoki bu turida shakl berish, standartlarda ko'zda tutilgan teri enini uning uzunligiga bo'lgan ma'lum nisbatga rioya qilgan holda olib boriladi. Masalan, tulki terichasi uchun 1:5, oq rangli shimol tulkisi uchun 1:4, kolonka terisi uchun 1:8, gornostay terisi uchun 1:7 teri enida uning uzunligiga nisbati tavsiya etiladi.
Terichaga hayvonlar tanasiga mos keluvchi o'lchamda shakl berish uchun qo'yidagi asosiy talablarga rioya etish zarar.
181
Shakl beruvchi moslamaga terichaning charm to'qimasini tashqariga qaratib, shunday tarang qilib tortish lozimki, uning umurtqa qismi moslamaning bir tomonini, tag terisi ikkinchi tomonini simmetrik qoplashj kerak. Naysimon shilingan terichalarda oldingi va orqa oyoqlar tag teri tomonida, dumi teri orqa chekkasining o'rtasida joylanishi kerak. Paypoqsimon shilingan terichalarda orqa oyoqlar moslamaning yon tomonlarida, odingi oyoqlar esa tag teri tomonida joylashishi lozim. Terichadagi hamma g'ijimlar tekislanib, quloq, oyoqlar va dum qismi sinchiklab yozilishi zarur.
Qiyiqsimon va sanchqisimon moslamalarda terichaga shakl berish uchun, avvalo, moslamaning tepasiga tericha burunchasi mix bilan mahkamlanadi, so'ngra moslamaning keng qismi tomon tericha bir tekis mahkamlanib boriladi (60-rasm). Bunda tericha qisnilarining simmetrik joylashishiga e'tiborni qaratish lozim. Suriluvchan moslamalardan foylanganda, uni yig'ilgan ko'rinishda charm to'qimasi tashqariga ag'darilgan terichaga kiritib va terichaning burunchasiga tiraladi, so'ngra yon plankalarini teri dumg'aza qismining kerakli enigacha surib,
60-rasm. Sanchqisimon
moslamada quyon terisiga shakl berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |