6.2.6. Qorako'l qo'zi terisini shilish
Qo'zi tanasidan qon batamom oqizib chiqarilsa va terisi to'g'ri shilib olinsa, qorako'l teri standart shaklga ega bo'ladi. Qo'zini so'yishdan oldin so'yuvchi uni chalqancha qilib tizzalari orasiga qisib turib, oldingi oyoqlarni gardani orqasiga qayiradi va chalmashtirib qo'yadi, chap qo'li bilan tumshug'idan ushlab, boshini kesiladigan bo'g'zi turtib chiqqunga qadar orqasiga egadi. So'ngra terisini hiqildog'idan boshJab o'rta chiziq bo'ylab toki pastki labining uchigacha o'tkir pichoq bilan tilib chiqadi. Shundan keyin bo'yinning halqum qismidagi terisi shilingan joyni pichoqning o'tkir ucbi bilan teshadi-da, tomog'ini va unga tutash qon tomirlarini zudlik bilan kesib yuboradi. So'ngra so'yilgan qo'zi chetlariga bortchalar qilingan maxsus sto] ustiga o'tqizib qo'yiladi. Stolda qo'zining boshini siqib qo'yish va qon silqishi uchun teshik ham bor,
Tajribaning ko'rsatishicha, qo'zining bo'yin terisini uzunasiga tilish tomog'idan ko'ndalangiga bo'g'izlashga nisbatan katta afzallikka ega, chunki bunda terining bo'yin qismi torayib qolmaydi, bosh terisi uzilib ketmaydi va nuqsonlarning oldi olinadi.
So'yilgan qo'zining qoni oqib bo'lgandan keyin qo'zilarning terisi ostiga kompressor qurilma yordamida havo puflanadi. Buning uchun shlang uchiga 2-3 mm li ichi kovak veterinariya ignasini maxkamlab o'rnatiladi va, uni orqa oyoqlaridan biriga sanchib qo'yiladi, so'ngra kompressorni ulab bo'yinning kesilgan joyida dastlabki pufakchalar paydo bo'iguncha teri ostiga havo yuboriladi. Havo teri ostiga bir tekis tarqalishi uchun qo'zi tanasini qo'l bilan salgina urib turish lozim.
Shundan keyin qo'zi tanasini chalqancha yotqizib, orqa chiqaruv teshigidan boshlab, qorni ko'kragining o'rta chizig'idan tomog'i va pastki labidagi kesikka qadar boradigan to'g'ri chiziq bo'ylab tikkasiga tuyoq ayri qismining sirtqi tomonidan tilinadi-da, tirsaginmg bukilma qismi orqali, ichki o'rta chiziq bo'ylab to'shidagi uzun kesikka qadar davom ettiriladi. Orqa oyoqlarining terisi ham tuyoq ayri qismidan tilinadi va oyoqning orqa tomoni bo'ylab tizza bo'g'imiga qadar va undan ichki o'rta chiziq bo'ylab moyak xaltasiga bir tomondan shunday kesiladi-ki, natijada uning teri qoplami terining qarama qarshi tomonida yaxlitligicha saqlanib qoladi.
Dumining junsiz (taqir) qismi jun qoplami chegarasidan qirqib tashlanadi, dumbasining yaltiroq (silliq) qismi esa nimtasida qoldiriladi.
170
Dum terisi uchiga qadar tik ikkiga tilib chiqiladi. Teridagi hamma kesiklar aniq to'g'ri chiziq bo'ylab qilinadi.
Qo'zi terisi qorinning o'rta chizig'i bo'ylab pichoq va barmoqlar yordamida shilib olina boshlaydi, bunda teri anal teshigidan boshlab yonbosh va ko'krakka qarab ikki tomondan shilinadi. Pichoqni teri osti pardalari teriga yopishib chiqa boshlagan paytlardagina ishlatgan ma'qul.
Qorinning o'ng va chap tomonlaridagi teri qoplami ajralgandan keyin orqa o'ng oyoq shilib chiqiladi, buning uchun tuyoq ayri qismidan qirqiladi. So'ngra boshqa oyoqlarining terisi ham shilinadi. Shundan keyin yonbosh tomonlarning terisi orqaning o'rta chizig'iga qadar ochiq kaft yordamida (panjalar yig'ilgan) shilib olinadi. So'ngra butun nimtani chap oyog'ining payidan ilgakka (so'yuvchining yelkasi balandligiga) ilib qo'yiladi. Dum atrofi va butun teri dumining uchiga qadar pichoq yordamida shilinadi va bunda terida go'sht, pay, ayniqsa, yog' qoldir-maslikka harakat qilinadi.
Teri shilish bosh terisini ajratish bilan tugallanadi. Bosh qismining terisi pay orqali zich yopishib turganligi sababli uni ajratib olish qiyinroq ish. Shu sababli terini shikastlantirib qo'ymaslik uchun pichoqni o'ta ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Bosh terisini shilishga kirishishdan oldin ko'zdan yoki quloq teshiklaridan labining chetlariga qadar tilib chiqiladi, shundan keyin pastki jag' terisi shilinadi, so'ngra ensa qismida quloq supralarining tagidan qirqib qo'yiladi va nihoyat yuz qismga hamda burniga o'tiladi. Quloq tog'aylari quloq suprasining ichki yuzasi terisi bilan birga kesib tashlanadi. Bunda pichoq tig'ini quloqning tashqi tomoniga tegizmaslikka harakat qilinadi, bu yerga, tirik qo'zini so'yishga jo'natishdan oldin raqamli birka osib qo'yilgan bo'ladi.
6.3. YIRIK SHOXLIMOL TERILARINIKONTURLASH VA BICfflSH
Yirik shoxli mol terilari hayvon tanasidan shilib olingandan so'ng murakkab egri-bugri konturga ega bo'ladi. Charm ishlab chiqarish korxonalarida mexanik ishlov berishlar vaqtida terming chekka qismlari (bosh va oyoq qismlari) uziladi va anchagina chiqindilarni hosil qiladi. Bunda kam qimmatli qismlar bilan birgalikda ularga yondosh joylashgan, bichish uchun foydali hisoblangan teri qismlari ham chiqindiga ketadi. Charm ishlab chiqarishda chiqindilarning umumiy miqdori 15 % ga yetadi.
171
Charm xomashyosidan teri konturlarini tekislash-konturlash yo'li bilan samarali foydalanish mumkin. Ushbu jarayon xomashyo korxonalarida yoki charm ishlab chiqarishning tayyorlov jarayonlarida amalga oshiriladi.
Terilarni konturlash xomashyoda uzilishlar sonini va ishlab chiqarishda chiqindi miqdorini kamaytirish, kimyoviy reagentlar sarfini pasaytirish, shuningdek, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va tayyor charm sifatini yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi.
Yirik shoxli mol terilarini konturlashda umurtqa chizig'iga parallel, ichki tizza chashkachasi bo'ylab, oldingi oyoqlar pocha (kaft) do'ngligining o'rtasidan o'tuvchi chiziqdan 14-15 sm masofada orqa oyoqlarning toraygan qismi to'g'ri kesiklar bilan kesib tashlanadi.
Ko'z teshiklari orqali, umurtqa chizig'iga taxminan 45°C burchak ostida peshana qismi, shuningdek, davlat standartida ko'rsatilgan chegaradan chiqib turgan dum qismi to'g'ri kesiklar bilan kesib tashlanadi.
Bunday holatda konturlashda chekka qismlar chiqindisi teri massasidan 6-7 % ni tashkil etadi.
Konturlash jarayoni terilarni ko'tarish va joydan joyga ko'chirish bilan bog'liq, shuning uchun bir vaqtning o'zida bir necha ishchining harakatini talab etadi. Konturlashni ikkita krupon kesuvchi bajaradi. Ish joyida, stol, konturlash uchun olib kelingan xomashyo joylashtirilgan taxmon va ish qurollari (pichoqlar, pichoqlarni charxlash uchun tosh) bo'lishi lozim.
Birinchi krupon kesuvchi oldingi oyoqlar va peshana qismini, ikkinchisi orqa oyoqlarning toraygan qismini va zarurat tug'ilganda dum qismini kesib tashlaydi. So'ngra birgalikda terini ko'tarib taxmonga joylashtiriladi.
Konturlash bilan bir vaqtda terilarni tanlangan variantlar bo'yicha elementlarga bichish maqsadga muvofiqdir. Terilar umurtqa cbizig'i bo'ylab yoki oldingi oyoqlarning pastki chuqurchasidan o'tuvchi chiziq bo'ylab bichiladi. Terilarni uch elementga bo'lib bichishda, avval yoqa kesib olinadi, so'ngra qolgan qismi umurtqa chizig'i bo'ylab kesiladi.
Konturlashda hosil bo'ladigan qiyqimlar qimmatli oqsilli modda hisoblanadi, shuning uchun ular jelatin yoki mol va qushlar uchun quruq yem ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Qiyqimlardan oziq-ovqat maqsadida foydalanilganda terilarni konservalash uchun toksik antiseptiklardan foydalanish mumkin emas.
172
Do'stlaringiz bilan baham: |