6.2. TERINI SHILISH USULLARI
Terini shilish deb, uni hayvon tanasidan ajratish jarayoniga aytiladi. Teri go'sht qoldiqlarisiz, yog', paylar, shox, tuyoqlarsiz, kesiklarsiz to'liq shiUnishi lozim. Terini shilish paytida hamma kesishlar asosiy anatomik qismlarningchegarasi bo'ylab va teridagi tabiiy yoriqlar, ya'ni ko'z, quloq va boshqalar orqali o'tishi zarur.
Teri yuqorida aytilgani kabi shilinganda, undan olingan tayyor terini bichish jarayonida, xossalari bir xil bo'lgan bir necha yirik bo'laklarga osongina bo'lish mumkin. Odatda terini shilish, ikki asosiy jarayon: bichish - oqlash (zabelovka) va butunlay shilishdan iborat.
Bichish-oqlash mol terisini shilishning birinchi bosqichi hisoblanib, bunda bosh, old va orqa oyoqlar, bo'yin, dum terisi pichoq yordamida shilinadi. Qorinning qoq o'rtasi tilinadi va unga qo'shib qorin hamda to'sh terisidan ham bir oz shilinadi. Bu jarayon terini mexanik usulda shilish oldidan bajariladi.
6.2.1. Bir qavatli shilish
Yirik shoxli mol terilari quyidagi tartibda shilinadi: avval bosh qismi, so'ngra orqa oyoqlar, keyin oq chiziq bo'ylab kesiladi va teri qorin, old oyoqlar va bo'yindan shilib olinadi. Orqa eng oxirgi navbatda shilinadi.
Bosh terisini shilish vaqtida o'ng quloq asosidan chap shoxga qarab, so'ngra pastga chapdagi burun kataklari tomon kesiklar qilinadi. Yuz terisi shilingandan so'ng, bo'ynidan pastki jag'ining o'rtasigacha uzunasiga qilingan kesikdan boshning pastki qism terisi shilinadi.
Shu holatda shilingan teri ikkita simmetrik qismga (yuz)ga ega bo'lib, ularning birida peshana birikkan bo'ladi.
Yirik shoxlimollar, ot, eshak, xachir terilari bir qavatli usulda bosh qismi bilan yoki boshsiz shilinishi lozim (46-rasm). Hamma holatlarda ham terming bosh qismi asosiy qism bilan standartda ko'rsatilgan o'lchamda birikkan bo'lishi kerak. Ya'ni asosiy qismning bosh qism bilan
164
birikkan eni upuka uchun 8 sm dan, buzoq terisi uchun 11 sm dan va qolgan yirik shoxli mol terilari uchun 15 sm dan kam bo'lmasligi kerak.
Yirik shoxli mollarning oyoq terisi
kishan bo'g'imining o'rtasigacha,
buzoqlarniki oldingi oyoqlarining bilak
bo'g'imigacha, orqa oyoqlar sakrovchi
bo' g'inlarning- о'rtasigacha shilinishi
kerak. Oldingi oyoqlarning terisi ichki
tomondan mushak osti chuqurchasi orqali
ko'krakka uzunasiga qilingan kesik bilan
kesishguncha kesiladi. Orqa oyoqlardagi
kesik kishan bo'g'imidan sakrovchi 46-rasm. Butunicha shilingan
bo'g'imgacha kelib, so'ngra ichki terini kesish chiziqlari va
tomonga, terining ko'ndalang kesikiga konturlari.
o'tadi.
Dum terisi o'zagidan 8 sm dan oshmagan masofadan boshlab shilinadi.
Mayda xomashyo, qo'y va echki terilari butunicha, quloq va shox chiziqlari bo'ylab bosh atrofi terisini, so'ngra oq chiziq bo'ylab dum o'zagigacha terini kesish yo'li bilan shilinadi. Oyoqlar terisi bilak bo'g'inining o'rtasidan (oldingi oyoqlar), so'ngra sakrovchi bo'g'inlar o'rtasidan (orqa oyoqlar), keym oyoqlarni ichki tomonining o'rtasidan qorin va ko'krakka qilingan ko'ndalang kesikkacha halqali kesish yo'li bilan shilinadi.
Cho'chqa terilari bosh qismisiz, butunicha ikkita kesik qilib shilinadi. Bu kesiklar so'rg'ichlarning tashqi tomonida, ulardan 5-6 sm masofa uzoqlikda o'tadi. Oldingi oyoqlar terisi bilak bo'g'in-larining o'rtasigacha, orqa oyoqlar terisi esa sakrovchi bo'g'inlar o'rtasigacha shilinadi. Jarayonlar ketma-ketligi quyidagicha: so'yilgan tana qonsizlantiriladi va yuvilgandan so'ng, quloqlar ortida pastki jag' asosigacha halqali kesik qilinadi. So'ngra oyoqlarning muvofiq keluvchi bo'g'inlarida va ularni qorindagi ko'ndalang kesiklar bilan birlashtirib, ichki tomondan halqali kesiklar qilinadi. Teri avval ko'krak qismidan, keyin yelka oldi, oyoqlarning ichki tomonidan, bo'yin va kurak qismlaridan, so'ngra tananing boshqa qismlaridan shilinadi.
165
Tuya terilari o'rkachlar bo'ylab kesik qilib shilinadi. Tuya terilarini qorin qismidan kesik qilib shilish, shuningdek, terini uch qismga - ikkita yarimtalik va bo'yin qismlariga bo'lib shilishga ham ruxsat etiladi.
Oqlash-bichishning sifatini yaxshilash, tanadan go'sht va yog' yulishni, shuningdek, terming tana bilan bog'lanishining susayishi oqibatida terining shikastlanishini kamaytirish uchun uni shilishdan oldin teri ostiga pnevmatik to'pponchadan siqilgan havo yuboriladi. Buning uchun yog'li filtrda tozalangan havo qo'llanilib, 0,3-0,4 MPa bosim ostida yuboriladi. Siqilgan havo teri osti yog' qavatlari va muskulli to'qimalarga tegiztirmasdan, teri ostining ma'lum qismlariga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |