Tog'ay, snyaklar va qiyqimlarni bartaraf etish
Terichalarni ustalik bilan shila ola bilmaslik natijasida quloqlarda qoldirilgan tog'aylar, oyoqchalar va dumdagi suyaklar, yog' va go'sht qiyqimlari terichalarning massasini oshiribgina qolmay, ularning keyingi ishlov berishlarini qiyinlashtiradi va ba'zan terichalar buzilishiga olib keladi.
186
Quritib konservalangan terichalardan tog'aylar, suyaklar va qiyqimlar bartaraf etishini faqat muvofiq keluvchi qismlarini namlab yotqizishdan so'ng amalga oshirish mumkin. Namlab yotqizilgan oyoqchalar va dimming teri to'qimasi so'kiladi, so'ngra suyaklar bartaraf etiladi. So'kilgan teri to'qimasi sinchiklab tekislanadi va ushbu qismlar quritiladi.
Yog' va go'sht qiyqimlari pichoq yoki skoba (o'roq) yordamida kesib tashlanadi. Quloqlardagi tog'aylar, ularni quloq suprasining asosidan qirqib tashlangandan so'ng, ombur bilan tortib bartaraf etiladi.
Soch qoplamini tozalash
Soch qoplamining qon, smola, chang va hokazolar bilan ifloslanganligi iliq suvda ho'llangan latta bilan yuviladi, so'ngra ushbu qismlar quritiladi va taraladi.
Smolani yo'qotish uchun benzin yoki skipidarda to'liq erigunga qadar ivitiladi, so'ngra, soch qoplami ehtiyotlik bilan barmoqlar bilan tekislanadi va taraladi. Chang va boshqa iflosliklar teridan qovushqoq xivichlar suqib olinib tozalanadi yoki changyutkich bilan yo'qotiladi, qishda toza quruq qor bilan tozalansa yaxshi bo'ladi.
Terilarni qo'shimcha konservalash
Chala quritilgan yoki chala tuzlangan terilar qabul qilinganda, ularning chirishini oldini olish maqsadida darhol qo'shimcha konservalash zarur. Quritib konservalangan terichalarning charm to'qimasi nam bo'lganda, ularning oichamiga muvofiq keladigan shakl beruvchi moslamalarga joylashtirib to'liq quritiladi. Agar oyoqchalari, dumi chala quritilgan bo'lsa, ularni tekislab teri to'qimasi tomonidan ho'l qog'oz bo'lakchalarini shimdirib qo'yib, quritish kerak. Quritish 20-30 °C haroratda va havoning 40-60 % nisbiy namligida olib boriladi.
Chala tuzlangan terichalar quyidagi belgilarni namoyon etadi: qayishqoqlikning yo'qolishi va teri to'qimasining jiyishi teri va soch orasidagi bog'ning susayishi, ho'l tuzlangan xomashyoda qizil dog'lar, ammiak hidi. Quruq tuzlab konservalangan terichalarni qo'shimcha konservalashda chala tuzlangan joylariga toza tuz ishqab yediriladi, so'ngra soch qoplamini pastga qaratib taxmonga yotqiziladi, so'ng quritish davom ettiriladi. Ho'l tuzlangan terilarning pitra yuzasida qizg'ish
187
rang paydo bo'lsa, ushbu terichalar mezdralanadi, so'ngra toza tuzga paradixlorbenzol yoki naftalin qo'shib konservalanadi. Bundan keyin sochini pastga qaratib yotqizish uchun taxmonlarga joylashtiriladi. Agar omborda hoi tuzlangan xomashyoni saqlash uchun sharoit bo'lmasa, qo'shimcha konservalashdan so'ng uni quritish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |